2-bob.Bolalarni rasmga qarab hikoya tuzishga o‘rgatish.
2.1. Turli yosh guruhlarda rasmga qarab hikoya tuzishga o‘rgatishning vazifalari va uslubiyoti. Maktabgacha ta’lim muassa- salarining katta guruhlarida bolalaming nutqi qay darajada shakllan- ganligi aniqlanib, maxsus topshiriqlar ro‘yxatini ishlab chiqiladi, har bir bola bilan yakka tartibda mashg‘ulot olib boriladi. I-topshiriq bo aga tavsiya etilgan ertak yoki hikoyani qayta hikoya qilib bera olishi ii aniqlash. «Zumrad va Qimmat», «Bo‘g‘irsoq», «Ikki echki», «U‘, to‘qmoq», «Echki bolalari», «Toshbaqa bilan cha- yon» kabi ertak va hikoyalardan uchtasini taklif etiladi. Bola ertakni eslay olmasa, un^a shu ertaklarga ishlangan rasmlar havola qilinadi. Bolalar hikoy.isi quyidagi ko‘rsatkichlar asosida tahlil qilinadi: - hikoyani mustaqil bayon qilish (kattalaming yordamisiz). - matn mazmunining to‘liqligi; - matnni bayon qilishda izchillik; - ifoda vositalaridan foydalanish ko‘nikmasi; - nutqning ravonligi. Tevarak-atrofdagi narsa-predmetlarga oid matnni qayta hikoya qilib berishda bolalar nutqida quyidagi kamchiliklar uchrashi mumkin: - bolalar ertakni yordamchi savollar bermasdan turib mustaqil hikoya qila olmaydi; - matndagi so‘zlarga taqlid qilib so‘zlaydi; - ba’zi muhim voqealami tushirib qoldiradi; - bir oz to‘xtab-to‘xtab hikoya qiladi, nutqda uzilish bo‘ladi; - nutqda ifodalilik yetishmaydi: - bir xil tezlikda, bir xil tovushda hikoya qiladi;
- o‘zicha ba’zi so‘zlami qo‘shib, ma’nosiz hikoya qiladi; - kattalar yordami vositasida hikoya qiladi; - hikoya qilish jarayonida matn ma’nosini o‘zgartirib yuboradi; - mantiqiy izchillikka rioya qilmaydi. Bolalarga «Mehmonda», «Uycha», «Maktabga yo‘l» mavzulari va ularga ishlangan rasmlar tavsiya etiladi. Hikoya qilish jarayonida yo‘l qo‘ygan xatolari va yutuqlari aniqlanadi. Mazkur bog‘chalarda bolalaming nutqini kuzatganda quyidagilar asosiy mezon sifatida olinadi: - tavsiya etilgan matnni hikoya qilishda voqeani kattalaming yor- damisiz, mustaqil bayon eta olishi; - matn mazmunini to‘liq ifodalay olishi; - matn mazmunini bayon qilishda izchillikka rioya qilishi; - ifoda vositalaridan foydalana olishi; - nutqning ravonligi, tezligi; - jumlalaming grammatik jihatdan to‘g‘ri tuzilganligi; - nutq madaniyatiga rioya etisbi. Bolalar nutqini o‘rganishning sng qulay usuli, shubhasiz, suhbat metodi hisoblanadi. Shuningdek, bolalaming tevarak-atrofda mavjud bo‘lgan narsalami kuzatish va ulami tahlil etish, ular haqida sayrlarda uyushtirilgan savol-javoblar ham muhimdir. Shu bilan birga, bolalaming bog‘lanishli nutqini o‘rganishda ulaming tarjimai holi yuzasidan olib boriladigan kuzatishlar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Mavzu: « Navro‘z bayrami» surati asosida hikoya tuzish Maqsad: Surat bo‘yicha mazmunli hikoya tuzishga, suratdagi tas- virdan oldingi voqealami mustaqil o‘ylab to‘qishga o‘rgatish. Vazifalar: • Tarbiyachining rejasi asosida shaxsiy hayotda bo‘lgan voqealami hikoya qilib, so‘zlab berishga o‘rgatish. • Grammatik jihatdan to‘g‘ri jumlalar bilan savol berish va ja- vob berish malakalarini faollashtirish. • Sumalak, halim, palov, ko‘k somsani tayyorlash mavzulari bilan bolalar lug‘atini faollashtirish. • Nutqning ifodaliligini tarbiyalash.
Kutilayotgan natijalar:
• Bolalaming bog‘langan nutqi va tovush madaniyati rivojlanadi.
• «Navro‘z bayrami» mavzusida hikoya tuza oladilar.
• Navro‘z taomlari haqida tushunchaga ega bo‘ladilar.
• Hikoya to‘qishga qiziqish uyg‘onadi. Kerakli jihozlar: «Navro‘z bayrami» surati. Mashg‘ulotning borishi: «Navro‘z bayrami» surati ilib qo‘yiladi va mazmuni bo‘yicha suhbat o‘tkaziladi. Tarbiyachi: Bolalar, qanday bayram bo‘lib o‘tdi? Biz awal Navro‘z bayramini bog‘chada o‘tkazdik. Navro‘z ertaligi juda qiziqarli bo‘ldi. Sa- xiy, quvnoq bahoroy bizga sovg‘a-salomlar berdi. Hammangiz Navo‘z bayramini uyingizda davom ettirdingiz. Mana bu suratga qarang.
• Suratda qaysi bayram tasvirlangan?
• Navro‘z bayrami qachon nishonlanadi? '
• Navro‘z bayramini odamlar qanday nishonlaydilar? >
• Suratda qanday urf-odatlar tasvirlangan? (Doshqozonda sumalak pishirilyapti, kishilar o‘z yaqinlari, mahalla- оду, : qo‘ni-qo‘shnilar bilan hamjihatlikdabayramni kutib olyaptilar, bolalar varak . uchiryaptilar, kamay-sumay navolari chalinyapti, bolalar raqs tushyapti-ar)
• Navro‘zda tabiatda qanday o‘zgarishlami ko‘ryapsiz?
• Sumalakni kimlar pishiryaptilar?
• Sumalak pishirishda kimlar yordam berishyapti? Hozir biz «Navro‘z bayrami» mavzusidagi surat asosida hikoya tuzishni o‘rganamiz. Hikoya tuzishda hozir ishlatgan so‘zlardan foy- dalanishingiz mumkin. Tarbiyachining namunasi. Biz Navro‘z bayramini mahallamiz bilan birgalikda kutib oldik. Bog‘da katta dasturxon yozildi. Qo‘shnilar dasturxonga turli xil pishiriq- lar qo‘ydilar. Qo‘shni qiz Feruza uyidan lola terib chiqdi. Biz lolalar- ni idishga solib dasturxonga qo‘ydik. Buvimning juda shirin sumalak pishirishlarini hamma biladi. Bu yil ham buvim sumalak pishirdilar. Buvimga qo‘shni ayollar yordam berdilar. Biz o‘tin, suv tashib keldik. Mahallamiz qariyalariga akam choy damlab berdilar. Kamay-sumaylar
chalindi. Nodir bilan Shahzoda raqsga tushdilar. Biz kattalarga yordam- lashib bo‘lgach, varrak uchirdik. Mening varragim eng balandda uchdi. Unga hamma o‘rtoqlarimning havasi keldi. Buvim sumalak pishgach qo‘shnilarga tarqatdilar. Biz hammamiz mazza qilib sumalak yedik. (So‘ngra 5-6 ta bolalar hikoyalari tinglanadi va baholanadi). Tetiklashtiruvchi mashq: So‘z va harakatni uyg‘unlashtiruvchi mashqlar: «Chuchvara» Yakshanba kun ertalab, Chuchvara qilmoqchiydik. Tog‘oraga un solib, Ketidan suvni quydik. Tuxum chaqib xamirga, Yaxshilab mushtlab oldik. Koptokcha qilib uni, 0 ‘qlovda yoyib oldik. Go‘shtni qiyma qilamiz, Unga piyoz qo‘shamiz. Xamimi kes-b olib, Qiyma qo‘yib tugamiz. Tuzli suvni qaynatib, Chuchvaran; solamiz. Do‘stlar kelgach biz uni, Dasturxonga tortamiz. Barcha do‘stlar kelishdi, Chuchvarani yeyishdi. Bizga rahmat deyishib, Uylariga ketishdi Bolalaming bilgan tez aytishlarini takrorlash bilan mashg‘ulotni tugatish mumkin. Tez aytishni awal sekin sur’atda, keyin tez sur’atda aytadilar: Uy yasatasizmi, osh oshatasizmi? Mashg‘ulotga faol qatnashgan bolalar rag‘batlantiriladi. Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:.
• Navro‘z bayrami qachon nishonlanadi?
• Navro‘z bayramini odamlar qanday nishonlaydilar?
• Qanday navro‘z urf-odatlarini bilasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |