1. Bob 1- topshirig'i bo'yicha ''Bozor iqtisodiyotiga o'tish davri,uning xususiyatlari va davomiyligi.''mavzusiga oid bo'lgan to'liq nazariy ma'lumotlar berilgan. Bob


O’zbеkistonda bozor iqtisodiyotiga o’tishning tamoyillari va xususiyatlari



Download 85,06 Kb.
bet4/11
Sana06.06.2022
Hajmi85,06 Kb.
#642553
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kurs ishi Munis

1.2 O’zbеkistonda bozor iqtisodiyotiga o’tishning tamoyillari va xususiyatlari
Ma'muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o'tish davri deganda ma'muriybuyruqbozlik tizimini bartaraf etish yoki tubdan o'zgar tirish  hamd bozor tizimining asoslarini shakllantirish jarayonlari amalga oshiriluvchi tarixiy davr  tushuniladi. 1980va1990 yillarga kelib dunyoda ro'y bergan muhim o'zgarishlar iqtisodiy taraqqiyot istiqbollari to'g'risidagi nazariyalarni qaytadan ko'rib chiqish va ularga jiddiy o'zgartirishlar kiritishni zarur qilib qo'ydi. Chunki bu vaqtga kelib G'arbiy mamlakatlarda uzoq vaqtdan beri (A.Smit davridan boshlab) hukm surib kelgan erkin iqtisodiy tartibga solish, ya'ni iqtisodiyotning o'zinio'zi tartibgasolish g'oyasi ham, iqtisodiyotni markazlashtirilgan tarz da tartibga solish va boshqaris g'oyasi ham inqirozga uchradi. Bunday sharoitda iqtisodiy taraqqiyotning sifat jihatdan yangi yo'llarini qidirib topish zarur bo'lib qoldi.
Bu vaqtga kelib ko'pgina rivojlangan mamlakatlarning tajribalari umumlashtirilib, iqtisodiyotning yangi taraqqiyot yo'li ongli ravishda boshqariladigan va tartibga solinadigan bozor iqtisodiyoti deb tan  olindi va aksariyat davlatlar   shu yo'lni tanladilar. Lekin bunday bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'llari (modellari) xilma-xil bo'lib, ularning umumiy va xususiy tomonlari farqlanadi. 
Jahon tajribasi ko'rsatishicha, bozor iqtisodiyotiga revolyusion yo'l bilan, ya'ni jadal usulda yoki evolyusion yo'l bilan bosqichmabosqich o'tish mumkin. Birinchi holda, tub islohotlarni o'tkazish, awalgi tizimni va tarkib topgan iqtisodiy munosabatlarni birdaniga va batamom sindirish talab etiladi. Bu «karaxt qilib davolash» usuli («shokovaya terapiya») deb ataladi. Eski iqtisodiy munosabatlarni bosqichmabosqich yangi bozor munosabatlariga aylantira borib, samara li bozor iqtisodiyotini shikastsiz vujudga keltirish mumkin. Tslohotlar tajribasi shuni ko'rsatadiki, evolyusio yo'l kamroq ijtimoiy larzalargaolib keladi, ancha izchil vamuqarrardir. Tartibga solinadigan bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'llarigina emas, balki uning andozalari ham xilmaxildir. Eng awalo, ular shunday bozor iqtisodiyoti vujudga keltirilayotgan va amal qilib turgan mamlakatlarning milliy xususiyatlari va an'analari bilan farq qiladi. Shu boisdan bozor iqtisodiyotining ma'lum andozalari ularni amalga oshiruvchi muayyanmamlakatga mansubligiga qarab ajratiladi. Masalan, Germaniya, Janubiy"" Koreya, Turkiya, ArgentinaPolshandozalari va hokazo.

' Ma'muriybuyruqbozlik iqtisodiyotidan hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga o'tish ning zarurligi   iqtisodiy o'sish ekstensiv omillaridan foydalanish imkoniyatlarining tugab borishi bilan notdvar iqtisodiyotning amal qilish layoqatining pasayishi orqali ifodalanadi. Ma'muriy-buyruqbozlik tizimi ikkita ahamiyatli kam-chilikka ega. Birinchisi bu uning moslashuvchan emasligi. ro'y berayotgan o'zgarishlarga juda sekinlik bilan moslashib borishi. Markazdan turib boshqarishning moddiy va moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash bo'yicha qarori ko'rinishida gi moslashtiruvchi mexanizmi vujudga kelgan nomutanosiblik o'zining qaltis nuqtasiga yetgan vaqtdagina ishga tushadi. Ikkinchi kamchilik bu xo'jalik yuritish tashabbuskorligini «yo'qotib yuborish» oqibatida samaradorlikning nihoyat darajada pasayib ketganligidir. Ma'muriybuyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyo tiga o'tish turli mamlakatlarda umumiy tendensiyaga ega. Bu jarayon iqtisodiyotni erkinlashtirish, chuqur institusional (eng awalo, mulkchilik munosabatlarida) o'zgarishlarni o'z ichiga oladi, biroq, bir vaqtning o'zida moliyaviy barqarorlashti rish chora-tadbirlarini amalga oshirilishini taqozo etadi. 


Ma'muriybuyruqbozlik tizimini o'zgartirish mazkur tizim asosining o'zgarishini hamda uni sifat jihatidan farq qiluvchi bozor tizimiga almashtirilishini angla tar ekan, bun- day turdagi o'zgarishlarni tizimiy islohotlar deb atash maqsadga muvofiq bo'ladi. 
Bozor iqtisodiyotiga o'tishning besh tamoyili. 
Konsepsiya muallifi Islom Karimov qayd etgan ediki, «O'zbekistonda bozor munosabatlariga o'tishning o'ziga xos yo'lini varatish uchun zamin vo'q emas. Sharqda odamlar azaldan savdo-sotiq bilan shug'ullanganlar. Shu boisdan. bu verda bozor sharoitida rivojla- nishning o'z tarixiv tairibasi mavjud'». Muallif xalqimizning o'z milliy tarixiy tajribasiga asoslanib, o'zining besh tamoyilini yaratdi. Su tamoyillar iqtisodiyot ta'limotlar tarixiga haqiqatdan ham yangilik bo'lib kirdi. 
Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi tamoyili. 
Sobiq sotsialistik jamiyatda butun ijtimoiy hayot, xo'jalik faoliyati ham «Siyosat iqtisodiyotidan ustun bo'ladi, ustun bo'lmasligi ham mumkin emas» degan qoidaga asoslangan edi. Mamlakat iqtisodiyotining tuzilishi, milliy daromadning taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi, iqtisodiy siyosat ana shu shiorning talablariga bo'ysundirilgan edi. Bu siyosat qanday oqibatlarga olib kelganligi hammaga ayon. Ana shu holatni chuqur tahlil etib, undan kerakli xulosa chiqargan Predizentimiz iqtisodiyot va siyosat alohida-alohida ijtimoiy 
munosabatlar ekani, ularning har bin o'z qonunlari bilan rivojlanishi, bular o'rtasidagi nisbatda iqtisodiyotning ustuvorlik qilishi kerakligi haqidagi xulosaga keldi. Bu qoida iqtisodiyot hayotning asosi ekanligi to'g'risidagi umumbashariy qonuniyatga asoslanadi. Zero, kuchli zamonaviy tarkibiy tuzilishga, moddiy, ilmiy va ijtimoiy asosga suyangan iqtisodiyot bo'lmasa, mamlakat xalqining farovonligi ham, milliy xavfsizligi va tinchligi, xalqaro nufuzi ham bo'lishi mumkin emas. Shuning uchun ham mustaqil milliy iqtisodiyotni barpo etish, uning tarkibiy tuzilishini tubdan o'zgartirish uchun harakat boshlandi. Albatta, amalda iqtisodiyotning ustuvorligini ta'minlash oson kechmaydi, bu juda chuqur o'ylangan iqtisodiy siyosat o'tkazishni taqozo etadi. I. Karimov bu siyosatni izohlab quyidagilarni yozgan edi: «Biz esa yengil vo'lni qidirmadik. Isloh qilishning dastlabki bosqichlarida iste'mol bozorini bir qadar cheklashga majbur bo'ldik. Ayni chog'da. mablag' va zaxiralarni iqtisodivotdagi tarkibiv o'zgarish larga sarflab. xorijga mahsulot tayyorlavdigan. ilg'or texnologiva bazasi bilan iihozlangan zamonaviy korxonalar barpo etib. ichki bozorni o'z mollarimiz bilan to'ldirish vo'lidan bordik. Shu maqsadlardan kelib chiqib, o'z mablag'larimi va olgan qarzlarimizning asosiv qismi investitsiyalarga. respublikaea vangi texno logiva va texnika keltirishga sarflanmoqda. Iste'molni emas. balki investitsiva larni ko'pavtirdik. Bugunsa kelib bu sivosat o'z samarasini bermoqda..». 
Xalqimiz va butun dunyo ko'z oldida milliy iqtisodiyotimizning moddiy tayanchi bo'lgan ulkan korxonalar qurildi va qurilmoqda, hatto ilgari bo'lmagan iqtisodiyot sohalari qad ko'tarmoqda. Bu O'zbekiston dunyoga tanilishi, hamkorlik va jahon iqtisodiga qo'shilishi uchun zamin yaratish demakdir, bu iqtisodiyot haqiqatan ham siyosatga nisbatan ustuvor munosabat ekanini amalda isbotlanishi demakdir. Davlat bosh islohotchi bo'lishligj tamovili. Bu tamoyil, awalo, umumbashariy qadriyatlardan kelib chiqadi. Zero, I. Karimov «O'zbekiston bozor munosabatlariga o'tishning o'ziga xos yo'li» nomli risolasida yozganidek, jahon tajribasi iqtisodiyotni davlat yo'li bilan tartibga solib turish zarurh'gini ko'rsat di; buning ustiga torn ma'noda o'zini o'zi tartibga solib turadigan bozor yo'q, hamma davrlarda davlat o'z mavqeyiga ko'ra iqtisodiyotga ta'sir etib kelgan. Ammo bozor iqtisodiyotiga o'tish barcha mamlakatlarda bir xil kechmaganid davlatning yetakchilik roli ham har xil kechadi. O'zbekiston ijtimoiy jihatdan yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini quradi, bunda davlat tartibga solib turuvchi rol o'ynashi muqarrardir. Xo'sh, davlatning bosh islohotchi va iqtisodiyotni tartiblashtirib turuvchi bo'lishini nimalar taqozo etadi? 

Bu savolga Prezidentimizning bir qator asarlari va chiqishlarida aniq javoblar mavjud. Birinchidan, eski tuzum parchalangan, yangi jamiyat hali to'la qurilmagan bir sharoitda «iqtisodiyotni boshqarishni qo'ldan chiqarib yuborish, uning taraqqiyotini o'z holiga tashlab qo'yish mumkin emas»; ikkinchidan, bozor iqtisodiyotiga o'tish boshlangan davrda respublikamiz aholisining turmush darajasi nisbatan past, u o'zini o'zi himoya qila olmaydi. Bunday sharoitida davlat kerak,u o'tish davrida aholi manfaatlarini himoya qilish uchun milliy daromadni qayta taqsimlash vositasida unga tayanch bo'ladi; uchinchidan, bozor iqtisodiyotini qurish g'oyat qiyin vazifa, ayniqsa, iqtisodiyoti nochor vatarkibiy tuzilmasi biryoqlamabo'lgan mamlakatda. Bozor munosabatlarining qaror topishi davrida «davla islohotlar jarayonida faol ishtirok etishi, uning tashabbuskori bo'lishi, islohotni iz chillik va qat'iylik bilan amalga oshirish shart». Davlatning bu boradagi yetakchili gi shundaki, u yangi iqtisodiyotga tezroq va katta qiyinchiliklarsiz o'tishga yordam beradi, islohotlarning asosiy yo'nalishlarini ishlab chiqadi, islohotlarni amalga oshirish dasturini tuzadi va ularni amalga oshirishning iqtisodiy, ijtimoiy,siyosiy vositalarini belgilaydi. Islohotlar konsepsiyasi muallifi Islom Karimov bu masalada shunday qat'iy fikrni aytadi: «. . davlat islohot jarayonining bar cha bosqichlarida yetakchi o'rinda turishi, bu jarayonning markazida bo'lishi shart». Darvoqe, bugun bu tamoyilning naqadar to'g'ri ekani MDH davlatlarida gina emas, butun dunyo miqyosida e'tirof etilmoqda. 


Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o'tish tamoyili. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o'tish tamoyili taraqqiyotning evolyutsion yo'li, zarurat bo'lib u bir qancha sabablar bilan bog'liq ekanligini konsepsiya muallifi I. Karimov bir qancha dalillar bilan asoslab beradi. Birinchidan. O'zbekistonning eng yaqin tarixi sobiq sotsialistik tuzumi, uning istiqboldagi tuzumi bilan-«bir-biri bilan mutlaqo kelisha olmaydigan ikki xo'jalik tizimidir». Bunda eski iqtisodiyotni takomillashtirish emas, balki tamomila yangi xo'jalik yuritish tizimini barpo etish talab etiladi. «Bu bir sifat holatidan ikkinchisiga o'tishdir». Shuning uchun o'tish vazifalarini birdaniga amalga oshirib bo'lmaydi, u bir qancha bosqichlarni o'z ichiga oluvchi nisbatan uzoq davr doirasida amalga oshadi; ikkinchidan. yangi iqtisodiy tizimni farmonlar va qonunlar chiqarish bilan qurib bo'lmaydi, bunday iqtisodiyot tegishli infrastruk-turani va huquqiy bazani yaratishni talab etadi. 
Qonunning ustuvorligi., hamma uchun tengligi tamoyili. 

Prczidcntimiz o'zining Oliy Majlisning ikkinchi chaqiriq oltinchi 


sessiyasidagi «Adolat-qonun ustuvorligida» nomli ma'ruzasida uqtiradiki, «biz tanlagan taraqqiyot modeli bozor iqtisodiyotiga tayangan ochiq demokratik davlat qurish, fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantiradigan yangi hayot barpo etish harakatidamiz», «bir tomondan, ko'p asrlik tarix, buyuk madaniyat, yuksak milliy an'analar, muqaddas qadriyatlarga, ikkinchi tomondan esajahon xalqlarining eng ilg'or tajribasiga» asoslanishi bilan birga qonunlar ustuvorligiga ham suyanadi
Qonunlarning ustuvorligi tamoyili shuni bildiradiki, qabul qilingan Konstitutsiyamiz, barcha boshqa qonunlar hech istisnosiz hamma tomondan hurmat qilinishi va ularga rioya qilinishi kerak. Har bir fuqaro nafaqat qonunlar talabini bilishi, ularga so'zsiz amal qilishi, balki boshqalarning ham qonunlarga rioya qilishlarini nazorat qilmog'i demokratik jamiyat qurishning talabigaaylanadi. Qonunlarning ustuvorligini ta'minlash tamoyilining mohiyatini I. Karimov yana quyidagicha izohlaydi: «Qonun ustuvorligini ta'minlash, shaxs, oila, jamiyat va davlatning huquq va manfaatlari muhofazasini kuchaytirish, aholining huquqiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish, fuqarolarni qonunga bo'ysunish va hurmat ruhida tarbiyalashbu rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan chinakam demokratik, huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyati quri shning nafaqat maqsadi, balki uning vositasi, eng muhim sharti hisoblanadi'». 
Kuchli ijtimoiy siyosat. Bu tamoyil Islom Karimov asarlarida nihoyatda mu kammal va atroflicha ishlab chiqildi.
«Aholining muhtoi tabaqalarini ijtimoiy himoyalash kechiktirib bo'lmaydigan. eng ustuvorvazifa. amaliy harakatlarning eng asosiy qoidasi bo'lib qoldi va shunday bo'lib qoladi» deganda uning ijtimoiy himova tamoyili o'z ifodasini topgan edi. 
I. Karirnovning ijtimoiy siyosat konsepsiyasida keng qamrovli himoya mexanizmi ishlab chiqilgan. Bu mexanizm bo'g'inlari asosan quyidagilardir: ijtimoiy himoyaning huquqiy bazasini yaratish, aholining nogiron, nafaqador, ko'p bolali va kambag'al oilalari, o'quvchi yoshlarga yordam berish, ish bilan vaqtincha ta'minlanmagan kishilarga nafaqa to'lash va ish joylari yaratish, ma'lum davrda narxlarning erkinlashuvini to'xtatib turish va asta-sekin bozor qonunlariga moslashib borishiga yo'l ochish, boqimandalik va tekis taqsimlash illatlarini batamom tugatish, pulning qadrsizlanishini to'xtatish, iqti sodiy islohotlarni chuqurlashtirib borish asosida iqtisodiyotning tarkibiy tuzili shini tubdan o'zgartirish (bevosita iste'mol buyumlari ishlab chiqishga yo'naltirilgan iqtisodiyot barpo etish) va boshqalardir, 

Kuchli ijtimoiy himoyalash konsepsiyasi ilmiy jihatdan muallifning boshqa sohalardagi iqtisodiy ta'limotlari bilan chambarchas bog'liqdir. Bu bog'liqlikni, ya'ni bozor munosabatlarini O'zbekistonda barpo etish-saqlash ta'limotini shunday ta'riflaydi:i «Samarali ijtimoiv siyosatni iqtisodiyotni barqarorlashtirish. tarkibiy o'zgarishlar. bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich joriy etish chora-tadbirlari bilan uyg'unlashtirib amalga oshirib borgan taqdirdagina ijtimoiv soaga yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo etish mumkin». Doimiy rivojlanib va boyib boruvchi ta'limot. 


O'zbekiston Prezidenti yaratgan bozor iqtisodiyotiga o'tish ilmiy ta'limoti boshqa iqtisodiy qarashlar, g'oyalar, ta'limotlardan tubdan farq qiladi. Bu haqda muallifshunday dedi: «Mustaqil rivojlanishning o'tgan davrini umumlashtirish va tahli etish isloh qilishning O'zbekiston model! asosli va to'g'ri bo'lib chiqdi. deb aytish uchun to'la asos beradi. bugun uni obro'li xalqaro iqtisodiv tashkilotlar. iahonning ko'pgina mamlakatlari tan olmoqda. Eng asosiysi-hayotning o'zi uni tasdiqlamoqda'» Prezidentimiz O'zbekistonda bozor munosabatlarini shakllantirish ilmiy konsepsiyasini mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar natijalari asosida yangi-yangi qoidalar bilan boyitib borayotir. U yuqorida qayd qilingan asarida o'z konsepsiyasi ro'yobga chiqishining vositalarini ham aniqlashtirib berdi. Bular quyi dagilardir: birinchidan. inson manfaatlarini ro'yobga chiqaruvchi shart-sharoit yaratish orqaligina islohotlar amalga oshadi; hozirgi sharoitda «har bir oila boy bo'lsa, davlat boy bo'ladi» degan qoidaga rioya qilinsa, islohotlar tezroq samara beradi; ikkinchidan. «mamlakatda chinakam o'rta mulkdorlar sinfi shakllangan taqdirdagina islohotlar sezilarli samara beradi, mulkchilik masalalari hal bo'ladi»; uchinchidan. «biz ko'p ukladli iqtisodiyotni vujudga keltirish vazifasini qo'ymoqdamiz. Bunda ustuvorlik xususiy mulkka —kichik va o'rta biznesga beriladi»; to'rtinchidan. qimmatbaho qog'ozlar bozorinirivojlantirish, pul mablag'larini qimmatbaho qog'ozlar bozoriga jalb etish, aksiya lashtirish, fond bozorida faol qatnashish; beshinchidan. «Ishlab chiqarishni, iqtisodiyotda vujudga keltirilayotgan huquqiy doirada o'zgartirib borish». Asosiysi«bunday o'zgarishlar islohotlarning o'ziga kafolat beradi»; oltinchidan. nodavlatsektordagi o'zgarislilarga doimo katta ahamiyat berib borish, qishloqda bozor mexanizmlarini rivojlantirish, dehqonda sohibkorlik hissini 
uyg'otish; yettinchidan. iqtisodiyotning hududiy tuzilishini takomillashtirib borishhududiy imkoniyatlardan samarali foydalanish; sakkizinchidan. respublikani hayotiy muhim tovarlar bilan o'z milliy imkoniyati hisobiga ta'minlashga ustuvorlik berib borish va boshqalar. 
Perezidentimiz tomonidan ishlab chiqarilgan bu besh tamoyil hayot sinovidan o'tdi. Amaliy islohotlar jarayonida, xususan, XXI asr arafasi va uning dastlabki yillarida mamlakatimizning rivojlanishi strategiyasi, islohotlarni chuqurlashti rish va jamiyatni yangilash borasidagi faoliyatimizni jadallashtirish maqsadida bu tamoyillar Oliy Majlisning 1-chaqiriq XIV sessiyasida quyidagi oltita ustuvor yo'nalish bilan to'ldirildi: 
1. Mamlakat siyosati, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini 
yanada erkinlashtirish. 
2. Jamiyat ma'naviyatini yanada yuksaltirish. 
3. Kadrlar masalasini muvaffaqiyatli hal qilish. 
4. Xalq turmush darajasining izchil va barqaror o'sishi, aholini yanada 
kuchli ijtimoiy himoya qilish. 
5. Iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlarni ta'minlash. 
6. Jamiyatdagi barqarorlik, tinchlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikni, 
sarhadlarimiz daxlsizligini, mamlakatimiz hududiy yaxlitligini ta'minlash. 


Download 85,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish