5. Iqtisodiyot sohasida:
- mamlakatda amalga oshirilayotgan bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish;
- iqtisodiyotning turli sohalarini erkinlashtirish;
- bozor iqtisodiyoti sharoitida hozirgacha o’tmishdan mеros sifatida saqlanib qolayotgan ma’muriy-taqsimot tizimi mеzonlaridan butunlay voz kеchish;
- xususiy sеktorning yanada jadal rivojlantirilishini ta’minlash;
- davlat tuzilmalarining xususiy tadbirkorlik faoliyatiga aralashuvini yanada ko’proq chеklash;
- kichik biznеs va fеrmеrlikni rivojlantirishga e’tiborni qaratish;
- xususiy tadbirkorlik va kichik biznеs bilan shug’ullanuvchilar faoliyat ko’rsatishlari uchun kеng imkoniyatlar yaratish hamda ularni rag’batlantirib borishni tashkil etish;
- soliq tizimini yanada takomillashtirish;
- soliqqa tortish borasida qo’shimcha imtiyozlar va pеrеfеrеntsiyalar bеrilishini ta’minlash va boshqalar.
Bozor munosabatlariga o'tish jarayonida strategik vazifalarining
amalga oshirilishi Respublikada bozor iqtisodiyotiga o'tish davrida, iqtisodi-yotni rivojlantirish borasida bir qator vazifalar turadi. Bular xususiylashtirish va raqobatchilik muhitini shakllantirish jarayonlarini chuqurlashtirish; makroiqtisodiy barqarorlikka erishish; milliy valyutani mustahkamlash; iqtisodiyot tarkibiytuzilishini tubdan o'zgartirish; ijtimoiy kafolatlari kuchli bo'lgan demokratik davlatni shakllantirish vazifalaridir. Bu vazifalarni amalga oshirishning nazariyva amaliy asoslari hamda ustivor yo'nalishlari Prezidentimiz I.A. Karimovning «O'zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo'lida» kitobida ifodalab berilgan. Bozor munosabatlariga o'tish davrida davlat mulkini xususiylashtirish natijasida ikkita asosiy vazifa hal qilinadi:
Birinchidan, davlat ixtiyorida bo'lgan mulk o'zining haqiqiy xo'jayinlari qo'liga topshiriladi. Ikkinchidan, ko'p ukladli iqtisodiyot va rag'batlantiruvchi raqobatchilik muhiti vujudga keltiriladi. Mulkni haqiqiy xo'jayinlari qo'liga topshirish tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun keng imkoniyatlar yaratilishini bildiradi. Raqobatchilik muhitini vujudga keltirish esa, eng avvalo, mulkning davlat monopoliyasi ekanligiga barham berish va bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi (xizmat ko'rsatuvchi), ammo mulkchilikning turli shakllariga-davlat, jamoa, xususiy va boshqa shakllariga asoslangan ko'pdan-ko'p korxonalar tashkil qilishdan iborat.
Xususiylashtirish jarayonida mulkchilik shakllari o'zgarishi bilan birga,yagona xalq xo'jalik kompleksi sharoitida tarkib topgan tor ixtisoslashgan tarmoq mo-nopoliya tuzilmalariga barham berish imkoniyati ham tug'iladi.
Monopoliyalashtirilgan tuzilmalarni xususiylashtirishda ishlab chiqarishning o'zini nisbatan ixchamlashtirish, korxonalarni texnikaviy, texnologik va tashkiliy-iqtisodiy jihatdan qayta o'zgartirish loyihalarini ishlab chiqish zarur bo'ladi. Tashabbuskorlikka asoslangan, shuningdek, turli xil kooperativlar, shirkatlar, ma'suliyati cheklangan jamiyatlar ko'rinishidagi yangi kichik va o'rta korxonalarni tashkil qilish iqtisodiyotning davlatga qarashli bo'lmagan qismini shakllanti-rishning ikkinchi qudratli jarayonidir. O'z-o'zidan aniqki, bozor iqtisodiyoti sharoitida ham davlat korxonalari saqlanib qolib iqtisodiyotda sezilarli rol o'ynayveradi. Shu sababli, bunday korxbnalar uchun ularning bozor sharoitlariga moslashuviga imkon beradigan xo'jalik yurit-ish mexanizmini ishlab chiqish talab qilinadi, ular tijoratlashtiriladi, ya'ni foyda uchun ishlaydigan korxonalargaaylantiriladi. Iqtisodiyotni barqarorlashtirish bozormunosabatlarini shakllantirish yo'lidagi muqarrar jarayondir. U eng awalo tanglik holatlariga barham berishga qaratiladi. Tanglik holati inqirozga uchrashningoldini olish uchun ishlab chiqarish, chiqarilayotgan tovar va xizmatlarning sifati va turini o'zgartirish yuzasidan chora-tadbirlar ko'rishga undaydi, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga, mahsulotning sifati va iste'mol xossalarini yaxshilashga, uning raqobatga bardosh-ligini oshirishga majbur qiladi. Bularning barchasi pirovard natijada bozorda talab va taklif o'rtasida qulay muvozanatni ta'minlashga olib keladi. Kengroq ma'noda barqarorlashtirish bu eng awalo makroiqtisodiyotda muvozanatni saqlash ishlab chiqarishning keskin pasayishiga va ommaviy ishsizlikka yo'l qo'ymaslikdi Shuningdek, u pul qadrsizlanishining oldini olish, to'lov balansini bir me'yorda saqlash sohasida aniq maqsadni ko'zlab olib boriladigan davlat siyosatidir.
Jahon tajribasida barqarorlashtirish siyosatini amalga oshirishda bir necha xil yondashuvlar tarkib topgan. Bulardan birinchisi monetar yondashuv deb ataladi. U pulning qadrsizlanish darajasini pasaytirib turishga, pul massasini hamda to'lovga qodir bo'lgan jami talabni keskin kamaytirish hisobigapul muomalasini barqarorlashtirishga asoslanadi. Bu yondashuvning kamchiligi shuki, u ishlab chiqarishning jismoniy hajmi kamayishiga va investisiyafaoliyatining to'xtab qolishiga olib keladi.
Ikkinchisi ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyatini rag'batlantirishga, tarkibiy o'zgartirisharni amalga oshirishga yordamlashish, iqtisodiyotda nomutanosibliklarga barham berishga asoslangan yondashuv. Bunda bir me'yordagi qattiq moliyaviy va pul-kredit siyosati tovar bilan qoplashning iloji bo'lmagan ortiqcha talablarni cheklash bo'yicha tadbirlar bilan uzviy bog'lab olib boriladi.
Respublikada o'tish davrida makroiqtisodiy barqarorlikka erishishda ikkinchi yondashuvga ustunlik beriladi. Bu ishlab chiqarishning ilg'or tuzilmasiga erishish uchun ustunlikka, istiqbolga ega bo'lgan tarmoqlar va ishlab chiqarishlarnihar tomonlama rag'batlantirish, eng muhim bo'g'inlarni aniqlash (neftn, energetika, don, paxtani qayta ishlash sanoati va h.k.) va shu orqali iqtisodiyotni tarkiban qayta tashkil qilish bo'yicha amalga oshiriladigan yondashuvdir.Boshqalardan ustunhisoblangan yetakchi tarmoqlar belgilab olinishi bilan birga, ularning ichki tuzilishini qayta o'zgartirish ham hisobga olinadi.
Barqarorlashtirish dasturini ishlab chiqishda, muvozanatga keltirilgan monetar siyosat asosiy tarmoqlar va ishlab chiqarishlarni tarkiban qayta tashkil qilishniqo'llab-quwatlash siyo-sati bilan birga qo'shib olib borilishi zarur.
Ana shu yondashuvlar negizida iqtisodiy barqarorlikka erishishning asosiy me zonlari quyidagilardan iborat bo'ladi:
1) ishlab chiqarish hajmining qisqarishiga yo'l qo'ymaslik;
2) boshqalardan ustun bo'lgan tarmoqlarda ishlab chiqar-ishni
yuksaltirish uchun qulay sharoitlarni vujudga keltirish va rag'batlantirish;
3) davlat byudjeti va korxonalar moliyaviy ahvolining
barqarorligini ta'minlash;
4) pulning qadrsizlanishini to'xtatish;
5) to'lov balansi va davlat valyuta rezervlarining hola-tini yaxshilash;
6) muvozanatlashtirilgan ijtimoiy siyosat asosida aholi tur-mush
darajasini yaxshilash.
Byudjet intizomiga rioya qilish va uning kamomadini cheklash barqarorlashti rishning hal qiluvchi omillaridan biridir. Bunda soliq tizimini takomillashtirishmuhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi bosqichda iqtisodiyotni barqarorlashti-rishda kredit-bank tizimini, pul muomalasini mustahkamlash, valyuta munosabatlarini tartibga solish ham alohidao'rin tutadi. Bozor munosabatlariga o'tish davrida milliy valyutani mustahkamlash umummilliy vazifa hisoblanadi. Shu sababli, milliy valyutaning barqarorligi, uning ichki bozorda erkin almashinuvini ta'minlash uchun respublikada bir qator dastur-larni amalga oshirish ko'zda tutiladi.
Birinchidan, milliy valyutaning tovar (xizmat) lar bilan barqaror ta'minlanishigaerishish. Bunda bozorni iste'mol mollari bilan to'ldirish va ularning umumiy hajmida respublikada ishlab chiqariladigan mahsulotlar hissasini oshirib borish halqiluvchi o'ringa ega bo'ladi.
Ikkinchidan, yetarli barqaror valyuta zaxiralariga ega bo'lish. Bunga respublikaeksport imkoniyatini kengaytirish, korxonalarni eksport uchun mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalarga aylantirish va ulaming jahon bozoridagi mavqeini oshirish orqali erishiladi.
Uchinchidan, ishlab topilgan har bir so'mni qadrlash va xalq xo'jaligiga sarflangan har bir so'mning foyda bilan qaytishiga erishish. Buning uchun qat'iy moliya-kredit siyosatini izchillik bilan o'tkazish zarur.
To'rtinchidan, pul qadrsizlanishiga, inflyasiyaga qarshi puxta o'ylangan siyosat o'tkazish. Bunda ichki bozorni mollar bilan to'ldirish, naqd pul va kredit emissiyasining o'sishiga, aholi qo'lida pulning harakatsiz turib qolishiga yo'l qo'ymaslik bi rinchi darajali ahamiyatgaega. Respublikaning bozor iqtisodiyotiga o'tishida iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini o'zgartirish vazifasi butunlay yangi xalq xo'jalik kompleksini bunyod etishga qaratiladi. Bu esa iqtisodiyotning tarmoq va hududiy tuzilishini, ishlab chiqarilayotan mahsulot, eksport va import tarkibini qayta qurish, shuning-dek, eng muhim makroiqtisodiy va takror ishlab chiqarish nis-batlarini tartibga solishni talab qiladi. Respublikada bozor munosabatlariga o'tish jarayonida:
«Iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlarida erkirilashtirish jarayonini izchillik bilan amalga oshirish va olib borilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning mustaqilligini yanada oshirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yo'lidagi mavjud to'siqlarni bartarafetish - bu sohadagi o'zgarishlarning asosiy yo'nalishlaridir»
Bozor iqtisodiyotiga o'tishning hozirgi bosqichida mamlakatni modernizasiyalashva isloh etish asosiy strategik vazifaga aylandi, Bu borada amalga oshirilishi lozimbo'lgan quyidagi ustuvor vazifalar mamlakatimiz Prezidenti I.Karimovning Oliymajlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo'shma majlisidagi ma'ruzasida belgilab berildi:
- birinchidan, bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqti-sodiyotni
yanada erkinlashtirish;
- ikkinchidan, xususiy tarmoqning jadal rivojlanishini, un-ing
mamlakat iqtisodiyotidagi ulushi ko'payishini ta'minlash;
- uchinchidan, kichik biznes va fermerlikni rivojlantirish borasidagi
ishlarni chuqurlashtirish va ko'lamini kengaytirish;
- to'rtinchidan, bank va moliya tizimlaridagi islohotlarni
chuqurlashtirish;
- beshinchidan, uy-joy kommunal xo'jaligini isloh qilish;
- oltinchidan, soliq siyosatini yanada takomillashtirish.
Shunday qilib, Respublikadaiqtisodiy islohotlarni amalga oshirish iqtisodiyotda yangi bozor munosabatlariga asos soladi, iqtisodiy faoliyat erkinligi va tadbirkorlikni namoyon etish uchun sharoit yaratib beradi, ijtimoiy-ma'naviy sohadagi ijtimoiy kafolatlarni mustahkamlaydi.
Yuqoridagilardan ko’rinadiki, modеrnizatsiyalash jarayonlari mamlakatimiz hayotining dеyarli barcha jabhalarini qamrab oladi. Ayniqsa, mazkur yo’nalishlar orasida iqtisodiyotni modеrnizatsiyalash muhim o’rin tutadi. Zеro, milliy iqtisodiyotning barqaror va samarali amal qilishini ta’minlash, uni jahonning rivojlangan mamlakatlari taraqqiyoti darajasiga olib chiqish, turli siyosiy va iqtisodiy o’zgarishlar, jahon bozori kon’nkturasidagi tеbranishlar, inqiroz holatlariga nisbatan «chidamliligi», mustaqil rivojlana olish imkoniyat va salohiyatlari aynan iqtisodiyotdagi tub islohotlar va ularning natijalariga bog’liqdir. Biroq, shu bilan birga iqtisodiyotni modеrnizatsiyalash ijtimoiy hayotning boshqa sohalaridagi o’zgarishlarga chambarchas bog’liq. Ya’ni, barcha soha va jabhalar o’rtasida jadal isloh etish va modеrnizatsiyalash jarayonlarining amalga oshirilishida izchillik va mantiqiy muvozanatni ta’minlashga harakat qilish lozim.
Prezidentimiz O'zbekistonda bozor munosabatlarini shakllantirish ilmiy konsepsiyasini mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar natijalari asosida yangi-yangi qoidalar bilan boyitib borayotir.
U yuqorida qayd qilingan asarida o'z konsepsiyasi ro'yobga chiqishining vositalarini ham aniqlashtirib berdi. Bular quyidagilardir: birinchidan. inson manfaatlarini ro'yobga chiqaruvchi shart-sharoit yaratish orqaligina islohotlar amalga
oshadi; hozirgi sharoitda «har bir oila boy bo'lsa, davlat boy bo'ladi» degan qoidaga rioya qilinsa, islohotlar tezroq samara beradi; ikkinchidan. «mamlakatda chinakam o'rta mulkdorlar sinfi shakllangan taqdirdagina
islohotlar sezilarli samara beradi, mulkchilik masalalari hal bo'ladi»;
uchinchidan. «biz ko'p ukladli iqtisodiyotni vujudga keltirish vazifasini qo'ymoqdamiz. Bunda ustuvorlik xususiy mulkka —kichik va o'rta biznesga beriladi»; to'rtinchidan.qimmatbaho qog'ozlar bozorini rivojlantirish, pul mablag'larini qimmatbaho qog'ozlar bozoriga jalb etish, aksiya lashtirish, fond bozorida faol qatnashish; beshinchidan. «Ishlab chiqarishni, iqtisodiyotda vujudga keltirilayotgan huquqiy doirada o'zgartirib borish». Asosiysi, «bunday o'zgarishlar islohotlarning o'ziga kafolat beradi»; oltinchidan.nodavlat sektordagi o'zgarislilarga doimo katta ahamiyat berib borish, qishloqda bozor mexanizmlarini rivojlantirish, dehqonda sohibkorlik hissini uyg'otish; yettinchidan. iqtisodiyotning hududiy tuzilishini takomillashtirib borish, hududiy imkoniyatlardan samarali foydalanish; sakkizinchidan. respublikani hayotiy muhim tovarlar bilan o'z milliy imkoniyati hisobiga ta'minlashga ustuvorlik berib borish va boshqalar. Perezidentimiz tomonidan ishlab chiqarilgan bu besh tamoyil hayot sinovidan o'tdi. Amaliy islohotlar jarayonida, xususan, XXI asr arafasi vauning dastlabki yillarida mamlakatimizning rivojlanishi strategiyasi, islohotlarni chuqurlashtirish va jamiyatni yangilash borasidagi faoliyatimizni jadallashtirish maqsadida bu tamoyillar Oliy Majlisning 1-chaqiriq XIV sessiyasida quyidagi oltita ustuvor yo'nalish bilan to'ldirildi:
1. Mamlakat siyosati, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini
yanada erkinlashtirish.
2. Jamiyat ma'naviyatini yanada yuksaltirish.
3. Kadrlar masalasini muvaffaqiyatli hal qilish.
4. Xalq turmush darajasining izchil va barqaror o'sishi, aholini yanada
kuchli ijtimoiy himoya qilish.
5. Iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlarni ta'minlash.
6. Jamiyatdagi barqarorlik, tinchlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikni,
sarhadlarimiz daxlsizligini, mamlakatimiz hududiy yaxlitligini ta'minlash.
XULOSA.
Bozor iqtisodiyotiga o'tish davrining umumiy mazmuni iqtisodiy
munosabatlarning alohida unsurlarini isloh qilish yoki iqtisodiy siyosatga
tuzatishlar kiritish emas, balki butun iqtisodiy munosabatlar tizimini
o'zgartirishdan iboratdir. O'tish davri quyidagi me'zonlar bilan tavsiflanadi:
sikllilik (jamiyatda u yoki bu tarkibiy o'zgarishlarni qaytarilib turishligi),
beqarorlik (turli xil jamiyat kuchlarining kurashi va o'zaro ta'siri), muqobillik
(islohotlar va rivojlanish yo'llarining tanlash imkoniyati), tarixiylik (eski
tizimning yo'qolib ketishi, o'rniga boshqa tizimning vujudga kelishi, uning
rivojlanishi). Iqtisodiy islohotlar iqtisodiyotda tub o'zgarishlarni amalga oshirishga qaratilgan tadbirlar majmui.
Iqtisodiy uklad - turli mulkchilikka asoslangan xo'jalik yu-ritishning
shakllari va turlari.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish - nima va qancha ishlab chiqarishni,
qayerga, qanday narx sotishni tadbirkorning o'zi belgilashi uchun imkon
berish. Iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarini erkinlashtirish, xo'jalik
yurituvchi sub'ektlarning erkinligi va mustaqilligini ta'minlash, tadbirkor-lik
faoliyatini rivojlantirish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish demakdir.
Islohotlar konsepsiyasi -- ijtimoiy—iqtisodiy islohot-larning asosiy
maqsad va yo'nalishlari, uni amalga oshirishning vazifa-lari va strategik
yo'llarining umumiy g'oyasidir.
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish - tanglik holatlariga bar-ham berish
asosida makroiqtisodiy muvozanatlikni saqlash va ishlab chiqarishni
yuksaltirish uchun shart-sharoitlarni vujudga keltirishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |