1. Biz kundalik hayotimizda hozir qadim zamonlarda odamlar yaratgan qaysi narsalardan foydalanib kelmoqdamiz?
1. mehnat qurollari; 2. g’ildirak; 3. sopol buyumlar; 4. sopol suv quvurlar;
5. gazlamalar; 6. yozuv
A) 1, 2, 3, 5 B) 2, 4, 6
C) 1, 2, 3, 4, 5, 6 D) 1, 3, 4, 5
2. Olimlar qadimgi shaharlarni topib tekshirish jarayonida qanday buyumlarga bitilgan yozuvlarni o’qishga muyassar bo’ldilar?
1.charm; 2.sopol taxtachalar; 3.papirus; 4.toshga; 5.tangalar; 6.ipak
A) 1, 2, 3, 5 B) 1, 2, 4, 5
C) 2, 3, 4, 5 D) 1, 3, 4, 5
3. Qadimgi bitiklarni o’rganish bilan tarixning qaysi fani shug’ullanadi?
A) arxeologiya B) epigrafika
C) numizmatika D) etnografiya
4. Tarixning qaysi fani qadimgi tanga, pul munosabatlarini o’rganadi?
A) arxeologiya B) epigrafika
C) numizmatika D) etnografiya
5. Eng qadimgi shaharlar, yozuv, davlatlar tashkil topishi va rivojlanishi davrini olimlar nima deb ataydilar?
A) arxeologiya B) sivilizatsiya
C) numizmatika D) antropologiya
6. Dastlabki sivilizatsiyalar tarixi qayerda boshlangan edi?
A) Yevropada, so’ngra Dajla daryosi bo’yida
B) Qadimgi Sharqda, so‘ngra Yunonistondagi Krit orolida
C) Qadimgi Sharqda, so‘ngra Yunonistondagi Itaka orolida
D) Yevropada, so’ngra Frot daryosi bo’yida
7. Qadimgi dunyo tarixi atamasi qaysi davr oralig’iga nisbatan ishlatiladi?
A) Yer yuzida odam paydo bo’lgandan to milodiy 395-yilda Rim imperiyasi ikki qismga bo’lingunga qadar bo’lgan davr
B) Yer yuzida odam paydo bo’lgandan to milodiy 476-yilda G’arbiy Rim imperiyasi qulagunga qadar bo’lgan davr
C) Yer yuzida odam paydo bo’lgandan to mil.avv 776-yilda birinchi olimpiada o’yinlari o’tkazilgunga qadar bo’lgan davr
D) Yer yuzida odam paydo bo’lgandan to milodiy 313-yilda Konstantin xristian dinini qabul qilgunga qadar bo’lgan davr
8. Qadimgi dunyo tarixi qanday manbalar asosida o’rganiladi?
A) arxeologik va yozma
B) etnografik va antropologik
C) lingvistik va folklor
D) arxeologik va antropologik
9. Qadimgi dunyo tarixi qanday yozma manbalarda o'z aksini topgan?
A) Qadimgi Sharq, Yunoniston va Rim saroy ayonlari va podsholarining turli yilnomalari, qonunlar majmui, biografiyalarida
B) Qadimgi Sharq saroy ayonlari va podsholarining turli yilnomalari, qonunlar majmui, biografiyalarida
C) Yunoniston saroy ayonlari va podsholarining turli yilnomalari, qonunlar majmui, biografiyalarida
D) Rim saroy ayonlari va podsholarining turli yilnomalari, qonunlar majmui, biografiyalarida
10. Qadimgi dunyo tarixining yozma manbalarida nimalar haqida hikoya qilinadi?
A) yurishlar va janglar haqida hikoya qilinadi
B) ibodatxonalar, saroylar va qal'alar qurilishi haqida hikoya qilinadi
C) qadimgi fanlar va san'at haqida hikoya qilinadi
D) yurishlar va janglar, ibodatxonalar, saroylar va qal'alar qurilishi, hunarmandchilik va dehqonchilik, qadimgi fanlar va san'at haqida hikoya qilinadi
11. “Marhumlar kitobi” va “Piramidalar matnlari” qaysi xalq tarixi haqida hikoya qiladi?
A) yahudiylar B) hindlar
C) O'rta Osiyo xalqlari
D) misrliklar
12. Quyida ko'rsatilgan manbalardan qaysi biri yahudiylar tarixi haqida ma'lumot beradi?
A) «Avesto»
B)
«Bibliya»
C) «Rigveda»
D) «Marhumlar kitobi»
13. “Rigveda” - bu ...
A) hindlar tarixidan hikoya qiluvchi yozma manba.
B) misrliklar tarixidan hikoya qiluvchi yozma manba.
C) yunonlar tarixidan hikoya qiluvchi yozma manba.
D) yahudiylar tarixidan hikoya qiluvchi yozma manba.
14. O’rta Osoiyo xalqlari tarixi haqida hikoya qiluvchi manbani toping?
A) «Bibliya» B) «Rigveda»
C) «Marhumlar kitobi»
D) «Avesto»
15. Yilnomalar - bu ...
A) urushlarni qayd etib borilishi
B) voqealarni yilma-yil qayd etib borilishi
C) hukmdorlarni ketma-ket qayd etib borilishi
D) sulolalarni qayd etib borilishi
Butun jahonga mashhur arxeologik yodgorliklarni aniqlang.