1. Birjalar- uyushgan bozor shakli sifatida. Birjalarning faoliyat kilish mexanizmi



Download 83 Kb.
bet3/6
Sana20.04.2022
Hajmi83 Kb.
#566146
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
mustakil ish 7 biznes

Delisting – bu qimmatli qog`ozlarni birjaning yoki kompaniyaning o`z qaroriga binoan ro`yxatdan chiqarilishi, ya`ni listing imtiyozlaridan tamomila mahrum bo`lishidir.
Agar, masalan aksiyalarning o`zi qolmagan bo`lsa; firma qaytarib olsa yoki yangisiga almashtirgan bo`lsa; kompaniya aktivsiz qolsa yoki sinsa; aksiyalarni oshkora joylashtirish maqbul bo`lmagan kichik hajmga ega bo`lsa; kompaniya listing kelishuvini buzsa, bunday hollarda delisting qo`llaniladi.
Fond birjasi to`g`risidagi qonunchilik. O`zbekiston Respublikasida fond birjalarini tashkil etish va ular faoliyatini o`ziga xos jihatlari «qimmatli qog`ozlar va fond birjasi to`g`risida»gi qonun bilan tartibga solinadi.
Qonunda belgilab qo`yilganidek, fond birjasi qimmatli qog`ozlarning, risoladagidek aylanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib beradigan, ularning bozor narxlarini (qimmatli qog`ozlarga talab va taklif o`rtasidagi muvozanatni aks ettiradigan) aniqlab beradigan va bu narlar xususidagi axborotni tarqatadigan, qimmatli qog`ozlar bozori qatnashchilarining yuksak darajadagi (professionalizm)ni qo`llab-quvvatlaydigan tashkilotdir.
Fond birjasi o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasining qonunlariga, birja ustaviga hamda qimmatli qog`ozlar operatsiyalarini amalga oshirishga doir ichki qoidalarga rioya qiladi.
Fond birjasi ro`yxatdan o`tadi va O`zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan qimmatli qog`ozlar bilan birja faoliyatini yuritishga litsenziya oladi.
qimmatli qog`ozlar bilan operatsiyalar yuritish huquqi uchun ijozatnoma (litsenziya) olgan yuridik va jismoniy shaxslar fond birjasining muassislari bo`lishi mumkin.
Yuridik, jismoniy shaxslar, shu jumladan brokerlik o`rnini sotib olgan xorijiy shaxslar fond birjasi (tovar-fond yoki valyuta birjasining fond bo`limi) a`zolari bo`lishi mumkin. Fond birjasi a`zolarining sonini birjani boshqaruvchi organlari, prokuratura va sud organlari, bulardagi mansabdor shaxslar va mutaxassislar fond birjasining a`zosi huquqiga ega emas. Fond birjasi a`zolarining savdoga kirishi uchun ularning qo`lida qimmatli qog`ozlar operatsiyasining litsenziyasi bo`lishi va ular investitsiya muassasasi maqomini olishi kerak.
Brokerlik o`rnini sotib olgan va qimmatli qog`ozlar bilan operatsiyalar o`tkazish beradigan malaka guvohnomasi bor jismoniy shaxs joylardagi davlat hokimiyati idoralarida savdoga kiritilishi mumkin.
qonunda qimmatli qog`ozlar bilan bo`ladigan birja operatsiyalari qoidalariga talablar belgilab qo`yilgan va u birja boshqaruvining oliy organi tomonidan tasdiqlanadi.
qoidalar quyidagilarni nazarda tutadi:

  • mazkur birjada qimmatli qog`ozlar savdosining tartiblari;

  • birja savdorlari qatnashchilarining tarkibi va ularga qo`yilgan talablar;

  • birja yig`ilishi bo`ladigan joy va vaqt haqidagi axborot;

  • birja savdosiga chiqariladigan qimmatli qog`ozlarning navbat tartibi;

  • birja bitimlarining tavsifi;

  • mijozlarning brokerlarga topshiriqlari (buyruqlari)ning turlari;

  • savdoni tashkil etish;

  • bitimlarni ro`yxatga olish va rasmiylashtirish tartibi;

  • qo`llaniladigan qimmatli qog`ozlar operatsiyalarining shartnomalar, hisobotlar, buyurtmalar, xabarnoma va birja hujjatlari shaklining namunalari.

  • qonun bilan fond birjasining quyidagi huquqlari belgilab qo`yilgan:

  • birja a`zoligiga kirish uchun investitsiya muassasalariga qo`yiladigan zarur eng kam majburiy talablarni belgilash;

  • birja yig`ilishlarini chaqirish va tashkil etish;

  • birja ishi uchun zarur ekspert, malaka, kotirovka komissiyalari, maslahat va ma`lumot byurolarini va boshqa muassasalarni ta`sis etish, shuningdek qimmatli qog`ozlar opearsyailari chog`ida paydo bo`ladigan baxslarni hal qilish uchun ekspert komissiyalari tuzish;

  • o`z ustaviga ko`ra, birja a`zolaridan kirish va joriy badallarini belgilab qo`yish va undirish, bitimlarni ro`yxatdan o`tkazish, texnika xizmati, birjani doimiy va birgalik qatnashchilaridan kirishi uchun haq olish, shuningdek, ustavni birja yig`ilishlari qoidalarini buzgani hamda ro`yxatdan o`tish yig`imini o`z vaqtida to`lamagani uchun jarimalar hamda peniyalar undirish;

  • birja buketlari, ma`lumotnomalar, to`plamlar nashr etish;

  • nazorat organlarining huquqiga xilof hatti-harakatlari bo`yicha sudga ariza bilan murojaat etish.

Fond birjasining faoliyati quyidagilar evaziga mablag` bilan ta`minlanishi mumkin:

  • aksiyalar va paylarni sotish, brokerlik o`rnini sotish;

  • fond birjasi a`zolarining muntazam tushib turadigan a`zolik badallari;

  • birja bitimlarini ro`yxatdan o`tkazish yig`imlari;

  • qimmatli qog`ozlar operatsiyalaridagi vositachilik haqi;

  • birja ustavida ko`zda tutilgan axborot va boshqa xizmatlardan tushadigan daromad.

  • quyidagi holda fond birjasi faoliyati to`xtatiladi:

  • muassislar umumiy yig`ilishining qarori bilan yoki sud organlarining qarori asosida.




Download 83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish