Техникавий мосламалар, иншоотлар
Эскидан юзага келган биоценозлар
Хомашё, материал
Организм
Biozararlanish vaziyati shakllanishida biotsenotik munosabatlar - faktor sifatida.
Biozararlanishni paydo bо‘lishida antropogen faktorning ahamiyatini tushinish uchun biozararlanish jarayonini boshqaruvchi, uning kuchini о‘zgartiruvchi, tezlashtiruvchi yoki sekinlashtiruvchi va xatto vaqtinchalik tо‘xtashgacha olib keluvchi funksiyalar muhim ahamiyatga ega va e’tiborga loyiq.
Biozararlanish - bu bir vaqtning о‘zida ham ekologik, ham antropogen-texnologik kо‘rinishidir.
Ekologik va texnologik komponentlarning murakkab о‘zaro ta’siri dinamikasida biozararlanishning kо‘rinishi deb ta’riflaydi. Dinamikaning harakati va yо‘nalishi shu о‘zaro ta’sir bilan aniqlanadi. Buning ustiga inson va uning ish faoliyati natijalari bu о‘zaro ta’sirda atrof muhitning bir qismi bо‘lib ishtirok etadi, vaholanki muhitning о‘zi, biozararlanish uchun muhim ekologik faktorlar orqali bevosita ifodalanib, biozararlanish jarayoning ishtirokchisi bо‘lib qoladi.
Ekologik va antropogen-texnologik komponentlar buning ustiga bir-biriga о‘zaro kirishib va bir-biri bilan shunchalik о‘zaro tig‘iz ta’sir qiladiki biozararlanishni vujudga keltirishning alternativ sababi sifatida ularni alohida qarash mumkin emas. Sababi bu komponentlarning о‘zaro ta’siri va aynan uning biozararlanish tо‘g‘risidagi bizning ekologik va bir vaqtning о‘zida antropogen tabiati kо‘rinishidagi murakkab hodisa sifatida tushunchamizning butunligini ta’minlaydi.
Biozararlanishning ikki yoqlama tabiatini e’tiborga olib ekologo-texnologik konsepsiya ta’kidlashicha e’tiborni quyidagi, ularning vujudga kelishi va о‘tish jarayonida sodir bо‘lgan, muhim hodisalarga qaratadi.
1. Zararlovchi turlarning rо‘yxati kabi zararlanuvchi obyektlarning tarkibi ham xar doim о‘zgarib turadi.
2. Yuzaga kelgan vaziyat faktorlar har bir daqiqada biozrarlanish xususiyatini faqat ma’lum bir turning populyatsiyasida namoyon qilsa, va holanki boshqalari indifferent bо‘lishi mumkin. Boshqa bir holatda kо‘rinish о‘zgarishi mumkin, о‘shanda birinchilari biozararlanishning yashirin agentlariga о‘tadi, ikkinchilari esa shubhasiz zararkunadalar rolini о‘ynaydi.
3. Biozararlantirish xususiyatlarini о‘tishida atrof-muhit kо‘p qirrali tabiiy-mintaqaviy va iqlimiy faktorlardan boshlab va tirik organizmlarning mavsumiy va sutkalik bioritmlarigacha bо‘lgan muhim ekologik sharoitlar faollik kо‘rsatadi.
Xulosa
Bugungi kunda biozararlanishga qarshi asosiy kurash sterategiyasi material va buyumlarni lokal himoya qilishdir. Shunga kо‘ra dastlabki etaplarda muammo alohida tor yо‘nalishlarda rivojlanib, deyarli bir-biri bilan bog‘lanmagan edi. Hozirgi davrda alohida yо‘nalishlar orasida aloqa bir muncha yо‘lga qо‘yildi. Biologik, kimyoviy va texnik kabi partnerlar (raqiblar) orasidagi aloqa biozararlanish muammolarini yechishda alohida ahamiyat kasb etadi. Ular biozararlanishni inventarizatsiya va boshqa masalalarni hal qilishda faol ishtirok etadilar.
Material va buyumlarning biozararlovchi agentlarini inventrizatsiya qilish katta ahamiyatga ega. Tirik organizmlar, zararlanish obyektlari hamda himoya usullari kiritilgan biozararlanish katalogini tuzish yangi biotsidli materiallar ishlab chiqarishda istiqbolli bashorat va tadbirlar dasturlarini yaratish uchun nihoyatda zarurdir.
Biozararlanishni aniqlash va katalogizatsiya qilish, nafaqat material va buyumlarga hujum qiluvchi tirik organizmlarning turli-tumanligi vaholanki biozararlash agentlar doirasining kengayib borishi bilan ham murakkablashadi. Yangi materiallar va biosfera yangi himoya vosita va formalaridan foydalanadi.
Bugungi kunda biozararlanishlar tо‘g‘risidagi bilimlar tirik organizmlar, materiallar va mahsulotlar tuproq, suv va yer usti muhitlari sharoitidagi “tо‘qnashuvli” о‘zaro munosabatlarining murakkab mozaikasini eslatadi. Biozararlanishlar bilan bog‘liq bо‘lgan xо‘jalik vaziyatlarining bahosi va analizi mozaika barcha yacheykalarini saralash yо‘li bilan amalga oshira olmaydi. Bu masalani, hech bо‘lmaganda kо‘zga kо‘rinadigan vaqtda, bajarilmaydigan qiladi. Jonivorlar, о‘simliklar va mikroorganizmlarni turli xil guruhlarda, materiallar va mahsulotlarning turli darajalarida, ularning bir biri bilan о‘zaro munosabatlarida biozararlanish xususiyatlari namoyon bо‘lishiga о‘xshash, parallel xosiyatlarni izlash kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |