66. Gametogenez: spermatogenez, erkak jinsiy hujayralarining tuzilishi, vazifalari. Erkaklar jinsiy xujayrasi - spermatozoidlar urug’donning egri-bugri kanalchalarida paydo bo’ladi. Sper-matogenez balog’at yoshidan boshlanib, 4 davrga bo’linadi: 1) ko’payish; 2) o’sish; 3) yetilish; 4) shakllanish. Ko’payish davrida spermatogoniy hujayralari son jihatidan ortib boradi. O`sish davriga o’tgan hujayralarning o’lchamlari osha boshlaydi. Bu davr yirik birinchi tartibli spermatotcitlar hosil bo’lishi bilan xarakterlanadi. Yetilish davrining boshlanishi bilan birinchi tartibli spermatotcit ikkinchi tartbli spermatotcit(prespermatidlar)ga bo’linadi. Yetilish davrining o’ziga xos xususiyatlaridan biri hosil bo’lgan prespermatidlar interkinez davrini o’tamasdan qayta ikkiga bo’linadi. Bunday bo’linishi redaktcion bo’linish yoki meyoz deb ataladi. Xromosomalar sonining kamayishi (reduktciyasi) bo’linishning ketma-ket - interkinez davrisiz qaytalanishi orqasida ro’y beradi. Yetilish davrining oxirida boshlang’ich 1 ta spermatogen epiteliydan gaploid xromosoma tutgan 4 ta spermatid hosil bo’ladi. Shakllanish yoki spermogenez. Spermatidlarning qayta tuzilish jarayoni plastinkasimon kompleks zonasida yadro yuzasiga tegib turgan zichlashgan granula(akroblast) paydo bo’lishidan boshlanadi. Akroblast o’lchamlari kattalashib, g’ilof sifatida yadroni qoplaydi, o’rtasidan zichlashgan tanacha - akrosoma rivojlanadi. Shakllanayotgan spermatid o’z akrosomasi bilan, tayanch Sertoli hujayrasining apikal yuzasiga qarab turadi. Bunda spermatidning qarama-qarshi chetiga, urug’ kanali ichiga qaragan tomonga ikki tcentrioladan iborat sentrosoma suriladi. Sentrosomaning sentrodesmozi yadro yuzasiga perpendikulyar holda joylashadi. Proksimal sentriola yadro qobig’iga tegib yotadi, distal joylashgani esa ikkiga bo’linadi. Distal sentriolaning old qismidan xivich shakllanadi, so’ngra u spermatozoid dumining o’q ipiga aylanadi. Distal sentriola orqa yarmi aylana hosil qiladi. Bu halqacha xivichi bo’ylab surilib, spermatozoidning o’rta qismining orqa chegarasini hosil qiladi. Spermatidning yadrosi asta-sekin zichlashadi va xromatin gomogen zich massa ko’rinishini oladi. Dum qismining o’sishi bilan spermatidning sitoplazmasi yadro atrofidan sirg’alib spermatozoidning o’rta qismiga suriladi.
Spermatozoid 3 qismdan iborat: 1) Bosh ( akrosoma va yadro joylashgan ); 2) Bo`yin ( Mitoxondriya joylashgan ); 3) Tana ( Dum qismi joylashgan ).