O‘simlik yoki daraxt ko‘chatini bir joydan boshqa joyga ko‘chirib o‘tqazishda nima uchun yaxshilab sug‘oriladi va ko‘chat tuprog‘i bilan ko‘chiriladi.
17-BILET
Mevalarning tabiatdagi va odamlar hayotidagi ahamiyati.
Mevalarning tabiatdagi va odamlar hayotidagi ahamiyati. Mevalar, birinchi navbatda, o‘simliklaming ko‘payishi, tarqalishi va nasi qoldirishi uchun kerak. Yowoyi holda o‘sadigan o‘simliklaming mevasidan tabiatdagi barcha tirik mavjudotlar oziqlanadi. Ayrim mevalar yerga to‘- kilib, chirib, yemi organik moddalarga boyitadi. Odamlar hayotini esa mevasiz tasawur etib bo‘lmaydi. Mevalar bevosita tabiiyligicha iste’mol qilinadi. Ulardan oziq-ovqat va qandolatchilik sanoatida har xil mahsulotlar tayyorlanadi. Mevalardan olinadigan moylardan xalq xo‘jaligining turli sohalari (oziq-ovqat, texnika, og‘ir sanoat, atir-upa)da foydalaniladi. Darhaqiqat, juda qadim zamonlardan odamlar 0‘simliklaming yowoyi, keyinchalik esa madaniy navlarini ekib, har xil maqsadlarda foydalanib kelishgan. Masalan, mevasidan oziq-ovqat sifatida (olma, yong‘oq, o‘rik, uzum, bug‘doy, mosh, loviya, tariq, qo‘noq, no‘xat) va dori-darmon tayyorlashda (marmarak, zubturum, na’matak) foydalanishgan. Kundalik turmushimizda iste’mol qiladigan nonimiz bug‘doy unidan tayyorlanishi, yog‘imiz g‘o‘za chigiti, kun57 don meva (bug‘doy)gaboqar pistasi va zaytun mag‘zidan olinishi hammamizga ша’1шп. Shuning uchun ham ulami asrab-avaylash lozim. Har qanday taomni tayyorlashda, albatta, ziravor o‘simliklaming mevasi ishlatiladi. 0 ‘zbekistonda eng ko‘p tarqalgan ziravorlarga zira, alqor, kashnich, sedana va murch kiradi.
Yerbag‘ir tugmachagulning hayotiy shakli, poyasi, bargi, ildizi, guli, mevasiva dorivorlik xususiyatlari haqida ma’lumot bering?
Gulxayridoshlaming ko‘p tarqalgan vakillaridan biri yerbag‘ir tugmachaguldir. U bo‘yi 10-40 sm keladigan, bir yillik begona o‘t. Uni barcha sug‘oriladigan yerlarda, ariqlar bo‘yida va ekinlar orasida uchratish mumkin. Poyasi sershox, yer bag‘irlab yoki yonboshlab o‘sadi. Barglari uzun bandli, yaprog‘i deyarli yumaloq, cheti 5-7 ga bo‘lingan. Gullari barg qo‘ltig‘ida o‘mashgan. Gultojbarglari 5 ta, erkin, gulkosachabarglarga nisbatan 2 marta uzun. Changchilari ko‘p, iplari birikkan, urug4chini o‘rab turadi. Yerbag'ir tugmachagul apreldan sentabrgacha gullaydi. Mevasi quruq meva, 12-16 ta mevachadan tashkil topgan yig‘ma meva. Tugmachagulning quritilgan bargi, guli va urug4 i xalq tabobatida ichni yumshatuvchi dori sifatida ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |