Kanalimiz
-@ImtihonJavoblari2022Uz
Admin
-@Imtihon_01
Kanalimiz
-@ImtihonJavoblari2022Uz
Admin
-@Imtihon_01
imzolandi. Unga ko'ra, mustaqil Polsha davlati tugatildi va bo'lib olindi. Ayni paytda
G'arbiy Ukraina va G'arbiy Belorussiya Sovet davlatiga berildi.
Polshaning
Germaniya bilan chegaradosh bo'lgan yerlari Germaniya-ga o'tdi. U yerda nemis
general-gubernatorligi tuzildi. 1939-yilning 2S-sentabrida imzolangan sovetgerman
shartnomasiga ko'ra, sovet hukumati Boltiqbo'yi respublikalaridan Sovetlar
armiyasini bu respublikalarda joy-lashtirish va o'zaro yordam to'g'risida shartnoma
imzolashni talab eidi. Boltiqbo'yi respublikalarining bu talabga bo'ysunmaslikka
ilojlari y«'^ edi.
Kanalimiz
-@ImtihonJavoblari2022Uz
Admin
-@Imtihon_01
30-noyabr kuni sovet armiyasi Finlandiyaga hujum qildi. Bu qilmishi uchun Sovet
davlati Millatlar Ligasidan chiqarildi. (Millatlar Ligasiga 1934-vitda qabul qilingan
edi.)
Buyuk Britaniya va Fransiya Germaniyaga qarshi urush e'lon qilgan bo'lsalar-da,
biroq faol harbiy harakatlar boshlamadilar. Germaniya armiyasining asosiy kuchlari
Polsha bilan band bo'lib qolgan paytda bunday imkoniyat bor edi. Buyuk Britaniya
va Fransiyaning bu pozitsiyasi 1940-yilnmg bahorigacha davom etdi. Ularning
faolsizligi urush tarixiga «g'alati urush* nomi bilan kirdi. Buyuk Britaniya va
Fransiya o'zlarining qudratli harbiy-dengiz flotlari kuchi bilan Germaniyani blokada
iskanjasiga olishni rejalashtirgan edilar. Ayni paytda ular Fransiya —
Germaniya
chegarasida Fransiya bunyod etgan kuchli mudotaa
inshootlari Germaniyaning
g'arbga hujumga o'tishiga yo'l qo'ymaydi, bordi-yu hujumga o'tganda ham, uni yorib
o'ta olmaydi, deb ishondilar.
Bu orada Sovet qo'shinlari Finlandiya armiyasini mag'lubiyatga uchratdi. 1940-yil
12-martda sovet-fin tinchlik shartnomasi imzolandi. Unga ko'ra, Kareliya bo'g'ozi
Viborg shahri bilan birgalikda Sovet davlatiga o'tdi. Ap-rel oyida Germaniya
armiyasi G'arbiy frontda hujumga o'tdi. 9-aprel kuni Daniya va Norvegiya bosib
olindi. 14-may kuni Gollandiya, 28-may kuni esy Belgiya taslim bo'ldi.
Shimoliy
Fransiyada joylashgan ingliz-fransuz harbiy qismlari qurshovga tushib qoldi. Biroq
ularning katta qismi ko'p talafotlar bilan Buyuk Britaniyaga o'tib ketishga muvaffaq
bo'ldi. O'z ittifoqchisi Germaniyaning birin-ketin zafarli g'alabalaridan ruhlangan
Italiya 10-iyun kuni Fransiya va Buyuk Britaniyaga qarshi urushga kirdi. Qisqa
muddat ichida Fransiya qo'shinining katta qismi tor-mor etildi. 14-iyunda nemislar
Parijni egalladi. 22 iyun kuni Kompen o'rmonida Germaniya va Fransiya o'rtasida
yarash bitimi imzolandi. 25-iyun kuni shunday yarash bitimi Italiya bilan Fransiya
o'rtasida ham imzolandi. Bu bitimlarga, ko'ra Fransiya harbiy harakatlarni to'xtatdi.
Armiya va flotni qurolsizlantirdi. Pol Reyno hukumati iste'fo berdi. Germaniya
Fransiya hududining uchdan ikki qismini okkupatsiya qildi. Parij shahri ham
okkupatsiya hududi tarkibida edi. Okkupatsiya qilinmagan liududda marshal Peten
boshchiligida qo'g'irchoq hukumat tuzildi va uncha katta bo'lmagan Vishi shahrida
joylashdi hamda Peten hukumati Germaniya bilan hamkorlik qilish majburiyatini
oldi.
Dastlab Fransiyaning barcha yirik siyosiy arboblari va mustamJakalar-dagi
ma'muriyatlar Peten hukumatini tan olishdi. Faqat u davrda hali mashhur bo'lmagan
general de Goll yarash bitimini ham, Peten hukumatini ham tan olmadi. U Buyuk
Britaniyaga jo'nab ketdi. U yerda «Erkin Fransiya*
harakatini tuzdi va barcha
vatanparvar kuchlarni Germaniyaga qarshi kurashga chaqirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: