Kanalimiz
-@ImtihonJavoblari2022Uz
Admin
-@Imtihon_01
Kanalimiz
-@ImtihonJavoblari2022Uz
Admin
-@Imtihon_01
Fransiya ham, Prussiya ham umshga intilmoqda, buning uchun bahona qidirmoqda
edi. Urush harakatlarining borishi va Sedan jangi Fransiya va Prussiya hukumatlari
o'r-tasida Ispaniya qirolligining bo'shab qolgan taxtiga kimni qirol qilib qo'yish
masalasida janjal chiqdi. Muzokaralar davomida Bismark Prussiya qiroli xatiga
o'zgartirishlar kiritib, Fransiya hukumatini atay-lab haqorat qildi (Bu tarixda "Ems
depeshasi" deyiladi). Uning maqsadi shunday ig'vo bilan Fransiyani urush
boshlashga majbur qilish edi. Bismark muddaosiga erishdi. 1870- yil 19- iyulda
Fransiya Prussiyaga qarshi urush e'lon qildi. Bismark urushni shunday ustalik bilan
boshlab yubordiki, german xalqi nazarida Fransiya hujum qilgan davlat bo'lib qoldi.
Germaniyaning Fransiyaga qarshi urushi dastlabki kunlarda nemislar uchun
milliyozodlik urushi edi. Fransiya hukumati urush boshlaganida o'z kuchlarini yetarli
hisobga olmagan edi. Armiyada yagona rahbarlik yo'q edi. Qo'shin kerakli harbiy
anjomlar bilan ta'minlanmagan, hatto urush harakatlarining xaritalari ham yetishmas
edi. Urushning birinchi kunlaridanoq Prussiya armiyasining ustunligi ma'lum bo'ldi.
Prusslar o'z qo'shinlarini fransuz-larga qaraganda tezroq safarbar qilib, chegaraga
oldinroq keltirib qo'ygandilar. Fransuz qo'shinlari mag'lubiyatga uchray boshladi.
Prusslar 160 ming kishilik qo'shin bilan fransuz armiyalaridan birini (100 ming kishi)
Mes qal'asida, 140 ming kishilik armiya bilan Fransiya imperatorining o'zi ham
bo'lgan 90 ming kishilik ikkinchi qo'shinni esa Sedan qal'asi yoni-da qurshab oldilar.
1870- yil 2- sentabrdagi jangda Mak-Ma-gon rahbarligidagi fransuz armiyasi
mag'lub bo'lib, Sedan qal'asi qamalda qoldi. Garchi Mes qal'asi hali taslim
bo'lmasada, Napoleon III vahimaga tushib, Sedan qal'asidagi markaziy minora ustida
oq bayroq ko'tarishni buyurdi. Fransiya armiyasi 3 ming kishini talafot berib,
imperator boshliq 82 ming askar, ofitser va generallari bilan nemislarga taslim bo'ldi.
Bu sharmandali holat amalda Ikkinchi imperiya hokimiyatining tugatilishi edi.
1870yil 4- sentabr -davlat to'ntarishi Sedan halokati to'g'risidagi xabar Parijning
hukumat va parlament doiralari ga 2- sentabr kechqurun yetib bordi.Lekin yuz
bergan mudhish haqiqatnieshitgan Parij xalqi 3- sentabrda g'alayon ko'tardi.
Ko'chalarda namoyishlar boshlanib ketdi, xalq harakatining tashabbuskorlari
blankichilat* bo'ldilar. 4- sentabr ertalabdan boshlab poytaxt mehnatkashlari
ko'chalarga chiqib, Respublika tuzishni talab qildilar. Namoyishchilar qonun
chiqaruvchi korpusning majlislar zali-ga bostirib kirdilar. General Troshyu
boshchiligida yangi hukumat tuzilib, L. Gambetta Ichki ishlar vaziri, J. Favr Tashqi
ishlar vaziri lavozimini egalladi.
Do'stlaringiz bilan baham: