2. Misr piramidalari haqida ma’lumot bering.
Qadimgi Misrda vafot etgan fir’avnlar uchun avval maxsus «uy» — tobut yasalgan. Bunday «uy» (tobut) sarkofag deb atalgan. Fir’avnning mumiyolangan jasadi unga solingan. Keyin bu sarkofag doimiy turarjoyga — toshdan qurilgan maqbaraga qo‘yilgan. Bu maqbaralar ehromlar deb atalgan. Misr fir’avnlari hayotligi paytidayoq o‘zlariga katta toshlardan piramida shaklida ehromlar qurdirib qo‘yganlar. Kitoblarda yozilishicha, ehromlarning eng ulkanini fir’avn Xufu (yunonlar uni Xeops deb atashgan) qurdirgan. Xufu ehromini qurish uchun 2 million 500 mingta tosh sarflangan. Eng kichik toshning og‘irligi 2,5 tonna bo‘lgan. Ehrom toshlariga shunday ishlov berilganki, birining ustiga ikkinchisi qo‘yilganda ular judayam zich yopishib turgan.
3. Nikolay Kopernikning hayoti va faoliyati.
Nikolay Kopernik (polyakcha — Kopernik, lot. Copernicus – 1473.19.2, Torun, Polsha — 1543.24.5, Frambork, Polsha) – polyak astronomi, geliotsentrik sistema rsoschisi. Kopernik zamonasining yetuk astronomlaridan biri bo‘lgan, U 1543 yilda “Osmon sferalarining aylanishi haqida” asarini nashr ettirgan. Bu asarda Ptolemeynnng fan va dinda hukmron bo‘lib kelgan geotsentrik sistemasini rad qiluvchi geliotsentrik sistemani bavon etgan. Kopernik o‘z sistemasida Yerni oddiy sayyoralardek Quyosh atrofida va o‘z o‘qi atrofida aylanadi degan fikrni ilgari surgan. Geliotsentrik sistemaning to‘g‘riligi tez orada Galiley, Kepler, I. Nyuton kashfivotlari bilan isbotlangan.
17-BILET
1. Qo‘qon xonligining tashkil topishi.
Qoʻqon xonligi - oʻzbek xonliklaridan biri (18–19-asrlar). Poytaxti – Qoʻqon. Oʻzbeklarning minglar urugʻidan boʻlgan Shohruxbiy 1709-yilda asos solgan. Bu davlat tarkibiga dastlab Qoʻqon, Namangan, Margʻilon, Konibodom, Isfara va ularning atrofidagi qishloqlar kirgan. Abdurahimbiy davrida Buxoro xonligiga harbiy yurish qilinib Samarqand egallanadi (1732). Abdulkarimbiy davrida 1746-yil qalmoqlar Fargʻona vodiysiga hujum qilib, Oʻsh, Andijon, Margʻilon shaharlarini egallab, Qoʻqonni qamal qilgan. Qoʻqonliklar yordamga kelgan Oʻratepa hokimi Fozilbiy qoʻshinlari bilan birgalikda ularni Fargʻona vodiysidan quvib chiqarishgan. Norboʻtabiy davrida Chust va Namangan beklarining mustaqillik uchun koʻtargan gʻalayonlari bostirilgan. Mamlakatda sugʻorish inshootlari barpo qilinadi, savdo va hunarmandchilik, qishloq xoʻjaligi birmuncha rivoj topadi va nisbatan arzonchilik boʻladi.
Norboʻtabiyning oʻgʻli Olimbek hukmronligi davrida Qoʻqonning siyosiy mavqei yanada kuchaygan, harbiy islohot oʻtkazilgan, Ohangaron vohasi, Toshkent, Chimkent va Sayram tobe etilgan, tashqi savdoga ham eʼtibor kuchaytirilgan. 1805 yil davlat rasman Qo'qon xonligi deb eʼlon qilinib, Olimbek "xon" unvonini olgan. Olimxonning markazlashgan kuchli davlat tuzish borasida qilayotgan harakatlari ayrim mansabparast zodagonlar guruhida norozilik kayfiyatlarini vujudga keltiradi. Natijada ular Olimxonning safardaligidan foydalanib 1810 yil Qoʻqonda "Olimxon Toshkentda oʻldi", degan mish-mish tarqatishadi va uning ukasi Umarbekka toj kiygizadilar. Olimxon bundan xabar topib, Qoʻqonga yoʻl oladi, biroq u Oltiqush mavzeida otib oʻldirilgan. Umarxon davrida xonlik hokimiyatini mustahkamlash va kengaytirish choralari koʻrilgan. 1815 yil Buxoro xonligiga qarashli Turkiston, 1817 yil esa Oʻratepa bosib olingan. Sirdaryo boʻyida bir qancha harbiy istehkomlar barpo etilgan; sugʻorish inshootlarini kengaytirish, kanallar qazish, masjid va madrasalar qurishga eʼtibor berilgan. Xususan, Qoʻqon, Toshkent, Turkiston, Chimkent, Sayram, Avliyoota (hozirgi Jambul)da masjid va madrasalar qurilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |