3. Abulg‘ozi Bahodirxon faoliyati.
Abulgʻoziy Bahodirxon (1603.23.8, Urganch-1663. 4, Xiva) – Xiva xoni (1643–1664), shayboniylar sulolasidan, tarixchi va tabib. Abulgʼoziy Bahodirxon yirik tarixchi olim sifatida ham eʼtiborga sazovor. Uning "Shajarayi tarokima" va "Shajarayi turk" asarlari O‘zbekiston, umuman O‘rta Osiyo tarixiga oid qimmatli manbalardan hisoblanadi. Abulgʼoziy Bahodirxon tibbiyot ilmiga oid "Manofiʼul inson" ("Insonga foydali narsalar") nomli asar ham yozgan. Mashhur adib , tarixchi olim va davlat arbobi, turkiy xalqlar shajarasining yaratuvchilaridan. Abulgʻozi Bahodirxon Xiva xoni Arabmuhammad oilasida (1603)-tugʻildi. Oʻn uch yoshligidan (1616)-boshlab, toj-taxt uchun kurashlarda ishtirok etgan. Abulgʻozi 1644-yilda Xorazm taxtini egallaydi, 20 yil hukmronlik qiladi, 1644-yil aprelda vafot etadi. Abulgʻozining «Shajarayi tarokima» va «Shajarayi turk» nomli tarixiy asari hamda «Manofeʼul-inson» nomli tibbiyotga oid risolasi yetib kelgan. «Manofeʼul inson»da 120 dan ortiq xastalik, uni davolash haqida maʼlumot berilgan. «Shajarayi tarokima» (1661) turkman xalqi ajdodlari, «Shajarayi turk» (1663 -64) oʻzbek urugʻlari haqida. «Shajarai turk» toʻqqiz bobdan iborat. Tarixiy voqealar badiiy boʻyoqlar, hayotiy lavhalar orqali tasvirlangan.
16-BILET
1. “Loy jangi” haqida ma’lumot bering.
Loy jangi — Amir Temur va amir Husayn ibn Musallabning Jeta (Moʻgʻuliston) xoni Ilyosxoʻjaga qarshi jangi (Nizomiddin Shomiyning "Zafarnoma"siga koʻra 1360 y. 16 iyunda, Sharafiddin Ali Yazdiynit "Zafarnoma"siga binoan esa 1365 y. 22 mayda boʻlib oʻtgan). 1361 y. Amir Temur va amir Husayn moʻgʻullar istilosiga qarshi bosh koʻtarib, 3 yil davom etgan janglardan soʻng , nihoyat 1364 y. oxirida ularni Movarounnahr hududidan quvib chiqarishga muvaffaq boʻlishadi. Biroq, 1364 y. bahorida Ilyosxoʻja Movarounnahrga katta qoʻshin bilan yurish qiladi. Shunda Amir Temur va amir Husayn Toshkent bilan Chinos oraligʻida, Chirchiq daryosi boʻyida unga qarshi lashkar toʻplaydi. Ilyosxoʻja Konibodom tomonidan ularga yaqinlashib kelgach, ikki taraf lashkarlari qaramaqarshi saf tortadi. Amir Husayn qoʻshinning barangʻarshta, uning qunbuliga esa arlot qabilasidan Tilonchi, hirovuliga Oʻljaytu qoʻmondonlik qiladi. Juvangʻarta Amir Temur, uning qunbuliga qipchoq qavmidan Sori Bugʻo, hirovuliga Temir Xoʻja Oʻgʻlon bosh boʻladi. Gʻulyaa Joku, Sayfuddin, Murod, Abbos Bahodir kabi atoqli amir va beklar jangga hozir turadi. Amir Temur va amir Husaynning birlashgan bu qoʻshini son jihatdan dushman lashkaridan ancha koʻp
edi. Sharafiddin Ali Yazdiyning yozishicha, shunda Ilyosxoʻja halol jangda gʻolib kelolmasligini payqab, bir hiyla ishlatadi: yadachi yada toshi yordamida kuchli jala
yogʻdiradi. Natijada jang maydoni loylanib, Amir Temur va amir Husayn qoʻshini mushkul ahvolda qoladi, kiyim-kechak, qurol-yarogʻlar shu darajada namiqib ketadiki, otliqning ham, piyodaning ham qimirlashga majoli yetmaydi (shu bois bu jang tarixda J. l. nomi bilan mashhur).
Do'stlaringiz bilan baham: |