Yunonlarning dengizdagi sayohatlari haqida ma’lumot bering.
Egey dengizidagi ko‘p sonli katta-kichik orollar, qulay dengiz qirg‘oqlari va qo‘ltig‘lari yunonlar orasida dengizchilik rivoj topishiga imkon yaratib berdi. Biroq yunonlarda katta kemalar bo‘lmagan, kichik eshkakli qayiqlarda esa sohildan yiroqqa suzib borish ancha xatarli bo‘lgan. Yunonlar adashib qolishdan xavfsirab, ko‘z ilg‘aydigan qisqa masofalarga – oroldan orolga yoki sohil yaqinida suzishgan. Tajribali dengizchilar esa yelkanlardan foydalanib, olis sayohatlarga – Misrga hamda O‘rtayer va Qora dengiz sohillaridagi shaharlarga suzib borishgan. Yunonlar odamlar yashaydigan hududlarni Oykumena deb atashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |