3.Qoraqalpog’iston Respublikasi davlat gerbining qabul qilinishi
Qoraqalpog`iston Respublikasi davlat gerbi -1993 yil 9 aprelda qabul qilingan.
Fan o’qituvchi: F.E. To’yev
Kafedra mudiri: A.Z. Sharipov
5-Bilet
Qoraqalpog’iston Respublikasi davlat madhiyasining qabul qilinishi
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi Nizom 24 dekabr, 1993 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining XIV sessiyasida qabul qilingan
Davlat mustaqilligi soslari to’g’risidagi qonunning qabul qilinishi
O‘zbekiston Respublikasining 1991 yil 31 avgustdagi 336-XII-sonli Qonuni "O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida"
Mustaqillik yillarida ijtimoiy soxaning rivojlantirilishiga qaratilgan e’tibor
Мustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda ulkan muvaffaqiyatlarga erishdi. Hattoki, 2008-2009 yillarda ro‘y bergan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoilida ham O‘zbekiston milliy iqtisodiyotining o‘sish sur'atlari bo'yicha dunyo mamlakatlari ichida eng yuqorilaridan biri bo'ldi. 2010-yildan buyon O‘zbekiston YIMning yillik o‘sish sur’atlari 8 foizdan past bo'lmagan darajada qayd etilmoqda. Jahon hamjamiyati ekspertlari tomonidan tan olingan bu ijobiy natijalar zamirida respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ulkan salohiyati hamda mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning "o‘zbek modeli” asosida bosqichma-bosqich ravishda amalga oshirilayotgan aniq maqsadlarga yo‘naltirilgan islohotlar yotadi.
0‘zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo doirasida tranzit imkoniyatlari qulay iqtisodiy-geografik o‘ringa ega bo'lib, subregion davlatlarining o'zaro integratsiyalashuvida juda muhim rol o'ynaydi. Shu bilan birga, respublikamiz ko'p tarmoqli milliy iqtisodiyotning shakllanishi va rivojlanishi uchun ulkan imkoniyatlami yaratadigan tabiiy boyliklariga ega. Eng avvalo, davlatimizning mineral-resurs salohiyati alohida e’tiborga sazovor. O‘zbekiston hududida jami 120 ga yaqin turdagi foydali qazilmalarning 2700 ta коnlari topilgan. Jumladan, O‘zbekiston jahon mamlakatlari orasida oltin zaxiralari bo‘yicha 4-o‘rin, uran bo'yieha 7-o‘rin, molibden bo'yieha 8-o‘rin, mis bo'yieha esa 10-o‘rinda turadi. Yoqilg'i-energetika resurslari ichida tabiiy gaz eng katta ahamiyatga ega bo'lib, uning zaxiralari bo'yicha O‘zbekiston dunyoda 14-o‘rin egallavdi. Noruda qazilma boyliklar bo'yieha kaliy tuzlari va fosforitlar qazishda dunyoda yetakchi o'rinlaridan birida turadi. Turli foydali qazilmalarning yirik konlariga, asosan, Navoiy, Toshkent, Qashqadaryo, Buxoro viloyatlari va Qoraqalpog'iston Respublikasi boy hisoblanadi. Demak, mineral resurslaming ulkan zaxiralari yurtimizda rangli metallurgiya, yoqilg'i, kimyo va qurilish materiallari sanoatini rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratadi.
Mamlakatimiz qishloq xo'jalikni rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratuvchi agroiqlim resurslariga ega. Vegetasiya davrning davomiyligi, issiq va quyoshli kunlarning ko'pligi tufayli O'zbekistonda paxtaehilik, bog'dorchilik. uzumchilik, sabzavotchilik, polizchilik kabi yuqori daromadli dehqonchilik tarmoqlari intensiv ravishda rivojlanmoqda. Lekin, qishloq xo‘jaligi asosan sun'iy sug‘orish yordamida rivojlanayotganligi sababli, respublikamiz qishloq xo‘jaligi qat'iy darajada suv resurslariga bog‘liq. Tabiiy boyliklarning bu turi bilan Toshkent, Andijon va Surxondaryo va Samarqand viloyatlari nisbatan yaxshi darajada ta’minlangan. Shuningdek, davlatimiz g‘arbida joylashgan, kalta qismini cho‘llar egallagan Navoiy, Buxoro, Qoraqalpog‘iston Respublikasida bu jihatdan ancha murakkab vaziyat shakllangan. Ammo hududlarimizda suv resurslarning yetishmoviligiga qaramay, O‘zbekiston jahon mamlakatlari ichida sug‘oriladigan yerlar maydoni bo‘yicha 11-o‘rinda turadi.
Fan o’qituvchi: F.E. To’yev
Kafedra mudiri: A.Z. Sharipov
6-Bilet
Do'stlaringiz bilan baham: |