14-bilet
1. Muhammad Rahimxon I islohotlari.
Muhammad Rahimxon I o‘z hukmdorligi davrida davlat boshqaruvi tizimida islohot o‘tkazgan. Unga ko‘ra xon huzurida yuqori ma’muriy organ - Oliy Kengash ta ’sis etilgan. Oliy Kengash davlatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati vazifasini bajargan. Oliy Kengashga xonning o‘zi rahbarlik qilgan. Oliy Kengash ishida xonning yaqin qarindoshlari, mehtar, qo‘shbegi, devonbegi, naqib, shayxulislom, bosh qozi, inoq, otaliq va biylar qatnashganlar. Oliy Kengash majlisi haftada bir marta o‘tkazilgan va unda davlatning ichki va tashqi siyosatiga oid eng muhim masalalar muhokama etilgan.Ayni paytda, xonlik hayotiga oid kundalik masalalami hal etish uchun Kichik Kengash ham ta’sis etilgan. Bu kengash ishida xondan tashqari mehtar, qo‘shbegi, devonbegi, naqib va shayxulislom qatnashganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |