2. Labihovuz ansambli haqida ma’lumot bering.
Buxorodagi me’moriy yodgorlik (17-a.). Dastlab bozor maydoni bo‘lgan. Maydon o‘rtasida katta qovuz qazilib (1620 y.) atroflari sinchlar b-n mustahkamlangan, xarsanglardan zinapoyalar, marmardan tarnovlar ishlangan. Shag‘al va tuproq b-n to‘ldirilib shibbalangan. Hovuz eni 36 m., bo‘yi 45,5 m., chuq. 5 m. Uning g‘arbida Nodir Devonbegi xonaqohi, sharqida Nodir Devonbegi madrasasi, shim.da Ko‘kaldosh madrasasi va Ernazar elchi madrasasi (saqlanmagan) qad ko‘targan. Hozirda hovuz atrofiga chinorlar ekilib, choyxona qurilgan. Yodgorliklar ta’mirlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |