1.13-rasm. Betonqoruvchi moslamalarning vertikal o‘rnashtirish sxemasi
a – birpog‘onali; b – ikki pog‘onali(parter; 1 – ombordagi to‘ldiruvchilarni eltib beruvchi konveyer; 2 – to‘ldiruvchilarni beton qoruvchi moslamaning iste'molchi bunkeriga yeltuvchi konveyer; 3 – harakatlanuvchi voronk; 4 – iste'molchi bunkerla; 5 – sement uzatuvchi elevato; 6 – sochiluvchan materiallar uchun dozato, 7 – dozalangan (miqdorlarga ajratilgan) sochiluvchan materiallarning voronkasi; 8 – sementtashuvchi; 9 – suv dozatori, 10 – betonqoruvchi; 11 - tayyor qorishmani taqsimlovchi bunke;, 12 – avtobetontashuvch, 13 – betonqorishtiruvchilarga dozalangan materiallarni uzatuvchi konveyer
Ikki pog‘onali sxema bo‘yicha uncha baland bo‘lmasada, katta o‘lchovli bino talab qilinadi. Bu esa asboblar yig‘ishga qulaylik yaratsada, ko‘taruvchi moslamalar sonini qo‘llashroq talab qiladi va texnologik sikl muddatini oshiradi. Ikki pog‘onali sxema moslamalari asosan harakatchandir. Gorizontal yuzalikda joylashtirilgan zavod va sexlarda beton qorish moslamalari tizim bo‘yicha yoki to‘p-to‘p xolida joylashtirishi bilan xarakterlanadi (1.14 - rasm). Tizimli sxemada har bir qoruvchini tushuruvchi tuynugi bo‘ladi, to‘p-to‘p joylashtiriladigan sxemada 1 ta umumiy bunkerdan qorishma tushuriladi. Beton qoruvchi moslamalarni qanday joylashtirish, miqdorlab beruvchi moslamaning turiga bog‘liq. To‘p-to‘p qilib joylashtiriladigan sxemada beton qoruvchi moslamalar miqdorlab beruvchi moslamalar bilan ta'minlanadi, avtomatik ravishda boshqariladi. To‘p-to‘p joylashadigan sxema bo‘yicha joylashtirishda transport vositalari katta hajimda yuk ortishi mumkin, qurilishga bo‘ladigan sarf va zavodni ekspluatatsiya sarfi kamayadi. Biroq, bu usul bilan yig‘ilgan aralashtirgichlar bir vaqtning o‘zida bir necha tur beton markalarini tayorlash zarurati bo‘lganda to‘g‘ri kelmaydi va temir-beton zavodlarida bu usul qo‘llanilmaydi.
1.14 – rasm. Beton qorish mashinalarini joylashtirish sxemalari
a – bir qatorli; b – ikki qatorli; v – to‘p-to‘p xolida
Beton qoruvchi qurilmalarni joyida va masofadan turib avtomatik boshqarish mumkin. Joyida boshqarilganda miqdorlovchi teshiklari qo‘l bilan ochib, yopiladi, yuklovchi asbobning xolati o‘zgartiriladi, ya'ni suriladi. Turli turdagi asboblarda barcha elektrodvigatellar alohida boshqarish pultiga ega. Masofadan avtomatik boshqarish, elektrodvigatellarni ishga tushurish va ishdan to‘xtatish, shuningdek texnologik jarayonni reja asosida moslash pul't bilan olib boriladi. Beton qoruvchi sexlar yoki beton zavodlari tarkibiga sement va to‘ldiruvchilar omborxonasi, qo‘shimcha tayyorlovchi moslamalar, materiallarning operativ zaxirasini hosil qiladigan sarflovchi bunkerlar, transport vositalari, tarkibiy qism (komponent)larni miqdorlab beruvchi apparatlar, qoruvchi moslamalar, beton qorishmasini uzatuvchi moslamalar, avtomatik boshqarish va nazorat qilish moslamalari, yordamchi moslamalar (energetik xo‘jaligi, isitish sistemalari va boshqalar) kiradi. Kam quvvatli temir-beton zavodlarining beton qoruvchi sexlari yillik ishlab chiqarishi 50 ming m3 beton, o‘rtacha va katta quvvatda -100 va 250 ming m 3 betonga egadir. Tovar beton zavodlari 250 ming m 3 va undan ortiq quvvatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |