Sudralib (yer bag’irrlab) o’suvchilar. Bu guruhga kiruvchi o’sim-liklarning poyasi yer yuzasida yotib o’sadi. Palakdagi bo’g’imlaridan ildiz chiqarish xususiyatiga ega.
O’rmalovchi ayiqtovon - Ranunculuc repens L. Кo’p yillik ildizpoyali o’t. Ildizpoyasi juda kalta, undan popuksimon ildizchalar chiqadi. Bo’yi 15-70 sm. Poyasi yer bag’irlab yoki yerdan bir oz ko’tarilib o’sadi. Barglari bandli, 1-2 marta 3 bo’lak qismlarga bo’lingan. Gullari oltin-sariq rangli. Aprel-iyun oylarida gullab urug’laydi. Urug’idan va ildiz otadigan poyasidan ko’payadi. Ariq va soy bo’ylarida, botqoqli yerlarda, sholipoyalarda, tomorqalarda, o’tloqlarda o’sadi. Ayiqtovon hayvonlar uchun zaharli.
Do'stlaringiz bilan baham: |