3Tijorat banklarida buxgalteriya xisobining xisobvaraqalar rejasi, uning tuzilishi va asosiy bo‘limlari tavsifi. Ҳисобварақлар режаси банк операцияларининг ҳисобини юритиш, таҳлил қилиш, гуруҳлаш ва уларга доир ҳисоботларни тузишда қўлланадиган Бош китоб ҳисобварақларини рўйхатидан иборатдир.
Хатоларни тўғрилаш ва ҳисоб сиёсатидаги ўзгаришлар бўйича тузатишлар киритишда, ҳисобварақларнинг таърифларида кўзда тутилмаган бўлса ҳам ҳисобварақларнинг дебет ва кредитлари бўйича тузатиш ўтказмалари беришга рухсат берилади.
Тижорат банкларининг ҳисобварақлар режаси бухгалтерия ҳисобининг кўп валютали тизимига асосланган бўлиб, чет эл валютасидаги операцияларнинг ҳисоби юритилиши мумкин бўлган барча ҳисобварақларда хорижий валютадаги операциялар ҳисобини акс эттириш имконини беради. Ҳар бир валюта тури бўйича синтетик ҳисобни юритиш учун-алоҳида Бош китоб, аналитик ҳисобни юритиш учун эса Ёрдамчи китоблар очилади. Ҳисобварақларни кодлаштириш қуйидаги мақсадлар учун ишлаб чиқилган:
-ҳисобварақларнинг Бош ва Ёрдамчи китобларда жойланишини енгиллаштириш;
-ҳисобварақларни бир тизимда таснифлаш ва гуруҳлашга ёрдам бериш;
-ҳисоб жараёнларини автоматлаштиришни енгиллаштириш;
-операциялар ёзувини тезлаштириш.
4 Bank balansi va uning tuzilishi. Bank xisobi haqida tushuncha. Bankning buxgalteriya balansi – bank moliyaviy faoliyati natijalarini ko‘rsatuvchi buxgalteriya hisobotining asosiy shaklidir. Balans yordamida bank faoliyati tahlil qilinadi va nazorat olib boriladi. Banklarda balans har bir ish kuni bo‘yicha kunlik balans tuziladi. Balansning birinchi bo‘limi “AKTIVLAR” bo‘limi bo‘lib, o‘z ichiga bir qator asosiy hisobvaraqlarni birlashtiradi. Bank aktivlari naqd pullardan boshlab hisobga olinadi. Naqd pullarni hisobga olish uchun 10100 hisob raqami ajratilgan. II bo‘lim «MAJBURIYATLAR» bo‘limi bo‘lib, bank balansining majburiyatlar bo‘limi depozitlardan boshlanadi. Depozit majburiyatlari muddati va uni qo‘ygan mijozning mulkchilik shakliga taalluqligicha tasniflanadi. 18 Barcha depozitlar talab qilib olinguncha saqlanadigan, jamg‘armali va muddatsiz depozit turlariga bo‘linadi. Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar 20200 asosiy hisob raqamda hisobga olib boriladi. Bank balansining III bo‘limi «XUSUSIY KAPITAL» bo‘limidir. Ushbu bo‘lim o‘z ichiga 30300 – «Ustav kapitali», 30600 – «Qo‘shimcha kapital» va 30900 – «Zaxira kapitali» deb nomlangan asosiy hisob raqamlarini oladi. Bank daromadlarini hisobga olish uchun IV bo‘lim, ya’ni “DAROMADLAR” bo‘limi ajratilgan. “Daromadlar” bo‘limi o‘z ichiga bankning hisobot davridagi barcha daromadlarini oladi. Barcha foizli daromadlar 40200- 44900 hisob raqamlarda aks ettiriladi. Bank balansining V bo‘limi bu «XARAJATLAR» bo‘limidir. Bu bo‘limda hisobot davrida bankning barcha xarajatlari aks ettiriladigan hisob raqamlar ochilgan. Bankning depozit majburiyatlari bo‘yicha foizli xarajatlarining hisobi 19 50101-54902 balans hisob raqamlarida yuritiladi. Barcha xarajatlar majburiyatlarning turlari bo‘yicha tasniflangan.
VI bo‘lim «KO‘ZDA TUTILMAGAN HOLATLAR BO‘YICHA HISOB RAQAMLAR» bo‘limidagi balansdan tashqari hisob raqamlar ham xuddi balans ichidagi hisob raqamlar kabi ikkiyoqlama yozuv asosida olib boriladi. banklarda yuqorida keltirilgan hisobvaraqlarni o‘z ichiga olgan balans tuziladi, bank boshqaruvchisi va bosh buxgalter unga imzo qo‘yishlari lozim. Shundan so‘ng, bank ish kuni to‘liq yakunlangan hisoblanadi.
3-mavzu. Bank operatsiyalarini xujjatlashtirish va xujjatlar aylanishi.