1.Baholovchilarga toifalar berish tartibi haqidama’lumot bering. Talabgor baholovchi toifasini olish uchun vakolatli organga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza bilan murojaat qiladi:
a) baholash tashkiloti tomonidan tasdiqlangan mehnat daftarchasidan ko‘chirma yoki “Elektron mehnat daftarchasi” tizimidan ko‘chirma;
b) talabgor ishlaydigan baholash tashkiloti tomonidan tasdiqlangan, mazkur Ma’muriy reglamentga muvofiq shakldagi baholash to‘g‘risidagi hisobotlar reyestri;
v) talabgor ishlaydigan baholash tashkiloti tomonidan tasdiqlangan, mazkur Ma’muriy reglamentga muvofiq shakldagi baholash to‘g‘risidagi hisobotlar bo‘yicha ekspert xulosalari reyestri;
g) baholovchi malaka sertifikatining nusxasi;
d) Baholovchi toifasini olish to‘g‘risidagi hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida to‘lov to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.
Vakolatli organ baholash faoliyati sohasidagi professional jamoat tashkilotidan talabgorga tavsifnomani mustaqil so‘rab oladi.Talabgor o‘z xohishiga ko‘ra o‘zining professional faoliyati haqida qo‘shimcha ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan quyidagi hujjatlarni taqdim etishi mumkin:
a) baholash faoliyati sohasidagi professional jamoat tashkilotiga a’zoligi haqidagi guvohnomaning nusxasini;
b) mulkni baholash standartlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha tashabbuskorlik tartibida takliflar ishlab chiqilganligi haqidagi axborotni;
g) ommaviy axborot vositalaridagi baholash faoliyati masalalari bo‘yicha maqolalar nusxalari, veb-saytlardan skrinshotlar va boshqalarni;
e) xorijiy o‘quv markazlarida baholash faoliyati sohasida malaka oshirish kurslaridan o‘tganligi haqida sertifikatlar nusxalari;
j) xorijda baholash faoliyati bo‘yicha konferensiyalardagi ishtiroki haqida sertifikatlar nusxalari;
i) baholash faoliyati sohasidagi xalqaro sertifikatlar (RICS, TEGoVA, Appraisal Institute, ISO 17024, NAMA, CCIM Institute va h.k.) hamda ariza berilgan sanada sertifikatning amal qilishini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari (sertifikatni bergan tashkilot tomonidan yoki uning saytidan skrinshot bilan tasdiqlangan);
k) baholash faoliyati bo‘yicha fanlar o‘tilganligi haqida ta’lim muassasalaridan ma’lumotnoma.
Talabgor, o‘z xohishiga ko‘ra, o‘zining professional faoliyatini tavsiflovchi boshqa hujjatlarni ham taqdim etishi mumkin.