Yarim sfera bilan uchburchakli to‘g‘ri prizmaning o‘zaro kesishishi.
Sfera bilan prizma sirti fazoda siniq egri chiziq bo’yicha kesishadi. 7.6rasmda yarim sfera va qirralari H tekislikka perpendikulyar bo’lgan uchburchakli prizma tasvirlangan. Yordamchi kesuvchi tekisliklar frontal tekisliklardan iborat bo’ladi. Bu tekisliklar sferani parallellari bo’yicha, prizmani esa yon qirralariga parallel to’g’ri chiziqlar bo’yicha kesadi.
Rasmdan ko’rinib turibdiki, prizma sirti sharni to’la kesadi va uchta aylanalar hosil bo’ladi. Ularning V dagi proyeksiyalari ellipslar va aylana bo’lib proyeksiyalanadi. Shar va prizma sirti o’zaro kesishish chizig’ining xarakterli 1,4,5,6 va 3 nuqtalari frontal V1(V1H), V4(V4H) va V3(V3H) tekisliklar yordamida yasaladi. 1,4,5 nuqtalar kesishish chizig’ining sinish nuqtalari bo’lib, prizma qirrasining sfera bilan kesishgan nuqtalaridir. V3 tekislik sharning simmetriya tekisligidir, undagi 3 va 6 nuqtalar frontal proyeksiyada kesishish chizig’ining ko’rinadigan qismini ajratib turuvchi nuqtalardir. Qolgan yasashlar rasmdan ko’rinib turibdi. Yordamchi parallel kesuvchi tekisliklarni gorizontal tekislik qilib olsa ham bo’ladi.
7.6-rasm.
№ O’zbekcha nomi va uning ta‘rifi Ruscha nomi Inglizcha nomi
Kesishish chizig‘i – sirtlar uchun Линия Line of the umumiy bo’lgan nuqtalarning пересечения intersection geometrik o’rni
kesuvchi tekislik usuli- ikki sirtni Метод секущих Method kesib o’tuvchi o‘zaro parallel плоскостей secanting kesuvchi tekisliklar o’tkazish planes
Xulosa
Insoniyat o’zining amaliy faoliyatida konus, silindr, shar, ko’pyoqliklar yoki boshqa ko’rinishdagi sirtlar va ularning o’zaro kesishishidan turli xil ko’rinishdagi arkalar, gumbazlar va muhandislik inshootlari qurilishida foydalanib kelgan.
Kesishuvchi sirtlar asosida o’zaro kesishgan trubalar, keng oraliqli binolarning ustunsiz tomlari, neft va gaz saqlanadigan sisternalar, rezervuarlar, meditsina asboblari, mashinasozlik detallari, qurilish inshootlari elementlari va hokazolar tayyorlanadi. Shu bois muhandislardan sirtlarning o’zaro kesishish chiziqlarini aniq yasash va ularni sirt yoyilmasida aniq tasvirlay bilish bilimi talab qilinadi.
Shu maqsadda ushbu bobda turlicha shakldagi sirtlarning o’zaro kesishish chiziqlarini yasash usullari bayon qilinadi. Koʻpyoqlik — tekis koʻpburchaklar bilan chegaralangan geometrik jism. Bu tekis koʻpburchaklar K.ning yoklari, koʻpburchak tomonlari K.ning qirralari, koʻpburchak uchlari esa K.ning uchlari deyiladi. K.ning yoklari koʻpyoqli sirt hosil qiladi Odatda, tasvirlangan jismlarga oʻxshash jismlar K. qatoridan chiqarib tashlanadi. Shuning uchun K.ni taʼriflashda koʻpyoqli sirtga (yoqqa) quyidagicha cheklash qoʻyiladi:1) har bir qirra ikki va faqat ikki yoq uchun umumiy boʻlsin (bunday yoklar qoʻshni deb ataladi); 2) har bir ikki yoqni ketma-ket qoʻshni yoqlar zanjiri bilan tutashtirish mumkin boʻlsin; 3) har bir uch uchun yoklarning shu uchga tegishli burchaklari biror bir koʻp yokli burchakni chegaralasin.
Do'stlaringiz bilan baham: |