2. Zamonaviy axborot tashuvchi qurilmalar va ularning
tarixi
Texnologiyalar juda tez rivojlanib, yaqindagina g‘aroyib voqelik
bo‘lib tuyulgan narsalar bugungi kunning tabiiy holatiga
aylanmoqda. Aslida, bugun bilan ertaning oraliq masofasi juda
yaqin bo‘lsada, go‘yo “Uyning gapi ko‘chaga to‘g‘ri kelmas”
maqoliga o‘xshash: “Bugunning gapi ertaga to‘g‘ri kelmay”
bormoqda. Shunisi qiziqki, ilgari biror kasb egasi bo‘lish uchun
fan asoslaridan bilim olishning o‘zi yetarli bo‘lgan bo‘lsa,
davrimizning zamon bilan hamnafas mutaxassisi fan
yangiliklarini o‘zlashtirishga ba’zan ulgurmay ham qolyapti.
Bugungi kunda katta imkoniyatlar taqdim etgan fan yangiliklari
go‘yo ertangi kungacha yanada yangi qirralarini ochib, boyib
bormoqda. Kechagi yangiliklar esa asta tarix zarvaraqlaridan joy
olib, o‘tmishga aylanmoqda. Axborot tashuvchi qurilmalar
avlodlari va ularning tarixi bilan tanishish maqsadida “Aloqa
tarixi muzeyi” bo‘ylab sayohatimizni davom ettiramiz. Shunday
qilib, navbatdagi sahifamiz zamonaviy axborot tashuvchi
qurilmalarga bag‘ishlanadi. Tarix taraqqiyoti mobaynida
axborotlarni saqlashga turlicha yondashilgan. Bunda axborotni
qancha vaqt va qanday saqlashga alohida e’tibor qaratilgan.
Agar axborot oz bo‘lsa, uni yodda saqlash, kitoblarda bitish
bilan cheklanish mumkin edi, biroq davrimiz axborotlari
sonining keskin o‘sishi sharoitlarida ularni saqlash va uzatish
masalasi alohida ahamiyatga molik. Axborotni saqlash — bu
axborotni makon va zamonda tarqatish usulidir. Axborotning
saqlanishi uni saqlovchi, tashuvchi qurilmalarga ham bog‘liq.
Hozirgi davrda ko‘plab axborotni ixcham holda saqlash va
tezkor ulanib, o‘qishga mo‘ljallangan qurilmalar mavjud.
Axborot tashuvchi vositalar — ma’lum bir axborot hajmini
saqlash yoki uzatishga xizmat qiladi. Magnit yozuvlari orqali
axborotlarni saqlash va uzatish mazkur sohadagi yanada
ishonchli imkoniyat hisoblanadi. Bu borada fikr yuritilganda,
avvalo po‘lat simga yozilgan magnit yozuvlarini eslab o‘tish
lozim. Bunday usuldagi yozuvlarni amalga oshiruvchi qurilmani
ilk bor 1878-yilda Edison laboratoriyasiga tashrif buyurganidan
ta’sirlangan Oberlayn Smit (Oberlin Smith) 1888-yilda
ishlabchiqqan. Biroq dastlabki po‘lat simli magnit yozuvlarini
amalga oshiruvchi qurilma daniyalik muhandis Valdemar
Poulsen (1869–1942) tomonidan faqatgina 1895-yilga kelib,
ishlab chiqilgan. Ixtirochi qurilmani «telegrafon» deb atagan.
Magnit lentalari. Ma’lumki, axborot tashuvchi vositalar qatorida
magnit lentalaridan ham keng foydalaniladi. Magnit lentalari
o‘tgan asrda ishlab chiqilgan axborot saqlovchi qurilma bo‘lib,
magnit yozuvlarini saqlovchi, yupqa egiluvchan magnit qatlamli
lentalardan iborat. Magnit lentasi, magnit tasma — sirtiga
magnit qatlami surtilgan yupqa lenta bo‘lib, tovush (nutq,
musiqa)ni yozib olish va qayta eshittirish uchun foydalaniladi.
Magnit lentasining ishchi magnit qatlami temir gamma-oksid,
xrom (II) oksid va kobalt qo‘shilgan temir gamma-oksidning
magnit jihatdan qattiq kukunidan iborat bo‘ladi. Magnit lentasi
asosi sifatida polietilenteleftalat, polivinilxlorid, diasetat va
triasetat plyonka ishlatiladi. Kompakt-kasseta. Kompakt-kasseta
(ingliz tilidan, Compact Cassette), audiokasseta (ingliz tilidan,
Music Cassette, MC) yoki shunchaki kasseta — axborotni
magnit lentasida tashuvchi qurilmadir. Birinchi navbatda,
tovush, nutqlarni, shuningdek, raqamli axborotni yozish va
saqlashda keng qo‘llaniladi. Yozuvlar kengligi 3,81 mm va
qalinligi odatda, 9 dan 27 mkmgacha bo‘ladi, ikki(mono) yoki
to‘rt (stereo) yo‘lakchalariga ega magnit lentasiga yoziladi va
saqlanadi. Odatda, kassete lentasi harakat tezligi 4,76 sm/s.ni
tashkil etgan. Ko‘pgina ikki kassetali qurilmalarda tezlik 9,53
sm/s.ni, diktofonlarda esa 2,38 sm/s.ni tashkil etadi. Dastlabki
kompakt-kassetalar 1963-yilda Philips korporatsiyasi tomonidan
ishlab chiqarilgan. Kompakt-kassetalarning foydalanishda
nisbatan arzon va qulay va eng ommabop (o‘tgan asr 70-
yillaridan 90-yillarining oxirigacha bo‘lgan davr mobaynida)
audiotashuvchi (axborot yozishda eng ommabop hisoblanadi),
biroq XXI asrda ular kompakt-disklar (jimladan, CD-R va CD-
RW) bilan siqib chiqarildi. Kompakt-disk («CD», «Shape CD»,
«CD-ROM», «KD PZU»)lar — optik axborot tashuvchi disk
shaklidagi, markazida teshikchali, axborotlar lazer yordamida
o‘qiladigan qurilmalardir. Kompakt-disklar boshidanoq audioni
raqamli o‘qishga moslashtirilgan (Audio-CD), biroq hozirgi
vaqtda katta hajmli axborotlarni saqlash qurilmasi sifatida
qo‘llaniladi (CD-ROM). Audio-kompakt-diski formati bo‘yicha
ma’lumotlar uchun kompakt-disklardan farq qiladi va CD-
pleyerlarda o‘qiladi. CD disklar — bu kompakt disk so‘zlarining
bosh harflaridan olib, nomlangan disklar bo‘lib, axborotlarni
saqlash uchun optik yuzadan iborat, disk ko‘rinishidagi axborot
tashuvchi hisoblanadi. Kompakt disklar 700 Mbayt hajmga ega
bo‘lib, ma’lumot qurilmaning lazer nuri yordamida yoziladi va
o‘qiladi. DVD-disklar — bu dijital video disk so‘zlarining bosh
harfidan iborat qisqartma bilan nomlangan disklar hisoblanadi.
Bu disklar 4,5 Gbayt hajmga ega bo‘lib, CD disklarga nisbatan 7
barobar ko‘p axborot sig‘dirishi mumkin. Har ikkala turdagi
disklar ham optik rejimda ma’lumotlarni yozish, o‘qish va
saqlash xususiyatiga ega bo‘lib, ixtiyoriy turdagi ma’lumotlarni
tashish imkoniyatiga ega. Hozirgi davrda ushbu disklarning
yangi avlodlari ishlab chiqarilmoqda, ular CD-RW va DVD-RW
ko‘rinishida belgilanadi. Bunday turdagi disklarga axborotlarni
yozish, o‘chirish va qayta yozish mumkin. Optik disklarga
yozish jarayoni lazer yordamida amalga oshirilganligi sababli
yozuvlar zichligi magnitli usulda yozuvlarni amalga oshirishdan
ham yuqori darajada bo‘ladi. Optik diskning axborot sig‘imi
(disk diametri 130 mm. bo‘lganida) 1 Gbayt va (disk diametri
300 mm. bo‘lganida) 2–4 Gbaytni tashkil etishga mo‘ljallangan.
O‘tgan asr 90-yillarining oxirida yangi, hujjatlarni saqlash
uchun yanada istiqbolli, raqamli-universal DVD-ROM turidagi
DVD (Digital Versatile Disk), DVD-RAM, katta sig‘imli (17
Gbayt) DVD-R videodisklari paydo bo‘ldi. Optik, magnitooptik
va raqamli kompakt-disklar texnologiyasi bo‘yicha 3 asosiy
turda qo‘llaniladi: 1. Axborot o‘chirilmaydigan disklar (CD-
ROM). CD-ROM odatda raqamli, ovozli dasturlar hamda
dasturiy ta’minotni saqlash va uzatish uchun qo‘llaniladigan 650
Mbayt sig‘imga ega bo‘lgan. 2. Bir marta yozish va ko‘p
martalik o‘qishga mo‘ljallangan, biroq o‘chirish imkonini
bermaydigan disklar (CD-R; CD-WORM — Write-Once, Read-
Many — bir marta yozib, ko‘p marta o‘qish mumkin). Ulardan
elektron arxivlar va bank ma’lumotlarini saqlashda
foydalaniladi. 3. Ko‘p marta qayta yozish/o‘chirish imkonini
beruvchi reversiv optik disklar (CDRW; CD-E). Bunday
disklarni ishlab chiqish texnologiyasi murakkab bo‘lganligi bois,
ularning narxi ancha yuqori. Hozirgi davrda raqamli usulda
yozilgan optik (lazerli) disklar hujjatli axborotlarni saqlashda
eng ishonchli vosita hisoblanadi. Shu bilan bir vaqtda, axborotni
saqlashda nanotexnologiyalardan foydalanib, yanada ixcham
axborotni saqlash, uzatish qurilmalarini yaratish ustida ishlar
olib borilmoqda. Nanotexnologiyalar bo‘yicha tadqiqot olib
borayotgan jahon olimlari kelajakda shunday qurilmalar ishlab
chiqilib, ular minglab lazer disklari o‘rnini bosishi mumkinligi
haqida xabar bermoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |