2-MAShG’ULOT.
1. O’tgan materiallarni qaytarish;
2. Polyar usuli bilan koordinatalar kiritish;
3. Koordinatalar va kesmalar uzunligini kiritishning boshqa usullari;
4. Masshtablash tugmasi;
5. Masshtabni avtomatik sozlash;
6. AutoCAD-2004RUda ob'ektlarni formatlash (ob'ektlarning turi, qalinligi va rangini berish);
7. «Okrujnost»(Aylana) funktsiyasi.
4.2. KOORDINATALAR KIRITISHNING POLYAR USULI
Koordinatalar kiritishning polyar usuli kesmaning uzunligi va XY tekisligida uning burchagini kiritishdan iborat. Burchakni kiritishda nolik yo’nalish sharqda (East), musbat yo’nalish esa, soat miliga teskari bo’ladi. Umumiy ko’rinishda koordinatalar kiritish qo’yidagicha: @l<α.Bu yozuv quyidagini bildiradi:
@ simvoli- oxirgi kiritilgan koordinatani 0 ga tashlashni bildiradi;
l –kesma uzunligi:
α –kesmani XY tekisligidagi burchagi.
Polyar sistemasidagi koordinatalarni AutoCAD – 2004RU muxitida ishni quyidagi misolda ko’rib chiqish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |