1. Auditorlik faoliyatini tartibga solish Auditorlik faoliyatiga oid me’yoriym hujjatlarning mazmuni va


Auditorlik faoliyatiga oid me’yoriym hujjatlarning mazmuni va ahamiyati



Download 23,29 Kb.
bet2/2
Sana11.12.2022
Hajmi23,29 Kb.
#883578
1   2
Bog'liq
1. Auditorlik faoliyatini tartibga solish Auditorlik faoliyatiga

2. Auditorlik faoliyatiga oid me’yoriym hujjatlarning mazmuni va ahamiyati
O’zbekiston Respublikasida mulkchilik shaklidan qat'iy nazar yuridik shaxslar (auditorlik tashkilotlar) auditorlik faoliyati bilan shug’ullanish huquqiga ega. Auditorlik tashkilotlari ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati ko’rinishidan tashqari, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan istalgan tashkiliy-huquqiy shaklda tuzilishi va o’z faoliyatini quyidagi majburiy shartlarga rioya etgan holda amalga oshirishi mumkin:
1 O’z.R. Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 22 sentyabr, 365-son “Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshiruvlarining ahamiyatini oshirish to’g’risida”gi qaroriga 2-ilova “Majburiy auditorlik tekshiruvi o’tkazilishidan bo’yin tovlaganligi uchun xo’jalik yurituvchi sub'ektlardan jarima undirish tartibi to’g’risida” Nizom -auditorlik tashkiloti ustav kapitalining kamida 51 foizi bir yoki bir
necha auditorga tegishli bo’lishi kerak (chet el auditorlik tashkilotining filiali yoki sho’ba korxonasi tuzilgan holat bundan mustasno);
-auditorlik tashkilotining shtat birligi kamida ikki auditordan iborat bo’lishi kerak; -auditorlik tashkilotining raxbari faqat auditor bo’lishi kerak;
-auditor tashkilotining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ustav kapitali mavjud bo’lishi kerak.
Auditorlik tashkilotlari O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro’yxatidan o’tkazilishi kerak. Adliya vazirligi auditorlik tashkilotlarining davlat reestrini yuritadi. Auditorlik tashkilotlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish va auditorlik tashkilotlarining davlat reestrini yuritish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyatini o’zining fuqarolik javobgarligi xususidagi sug’urta polisi mavjud bo’lgan taqdirda auditorlik xizmati ko’rsatish to’g’risidagi tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun maxsus litsenziyaga ega bo’lish talab etiladi. Auditorlik tashkilotlari tomonidan maxsus litsenziya olish tartibi “Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun auditorlik tashkilotlariga litsenziya berish tartibi to’g’risida”gi Nizomda belgilab berilgan. Unda, jumladan quyidagilar belgilangan, “Mazkur Nizom “Auditorlik faoliyati to’g’risida” va “Faoliyatining ayrim turlarini litsenziyalash to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan va O’zbekiston Respublikasi hududida auditorlik faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilab beradi. Auditorlik faoliyati auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya) mavjud bo’lgan taqdirdagina amalga oshiriladi, auditorlik tashkilotlarining kasb xizmatlari ko’rsatishlari bundan mustasno. Auditorlik faoliyatini litsenziyalash O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (keyingi o’rinlarda-litsenziyalovchi organ deb ataladi) amalga oshiradi. Auditorlik tashkilotining arizasiga ko’ra litsenziya auditorlik tekshiruvlarining quyidagi turlarini amalga oshirish uchun beriladi (O’zR VM 17.05.2007 y. 99-son qarori taxriridagi xat boshi):
-faqat o’z tashabbusiga ko’ra auditorlik tekshiruvlarini amalga oshirishga (O’zR VM

  1. y. 99-son qarori taxriridagi xat boshi);

-xo’jalik sub'ektlarini o’z tashabbusiga ko’ra va majburiy auditorlik tekshiruvlarini amalga oshirishga, ustav kapitali 500 mln so’mdan ortiq bo’lgan ochiq aksiyadorlik jamiyatlari, banklar va sug’urta tashkilotlari bundan mustasno (O’zR VM

  1. y. 99-son qarori taxriridagi xat boshi);

-barcha xo’jalik yurituvchi sub'ektlarni auditorlik tekshiruvlarini amalga oshirishga (O’zR VM 17.05.2007 y. 99-son qarori taxriridagi xat boshi). Litsenziyalovchi organning auditorlik faoliyatini amalga oshirishga litsenziya berish, berishni rad etish, uning amal qilishini to’xtatish, uni bekor qilish, amal qilishini o’n ish kunidan ortiq bo’lmagan muddatga to’xtatib turish yoki litsenziyaning amal qilishini tiklash to’g’risidagi qarori O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirining buyrug’i bilan rasmiylashtiriladi (O’zR VM 10.11.2006 y. 235-son qarori taxriridagi band). Litsenziya olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar. O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazilgan auditorlik tashkiloti auditorlik faoliyatini amalga oshirish litsenziya olish uchun litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza taqdim etadi:
-ta'sis hujjatlarining notarial tasdiqlangan nusxalari va O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risida guvohnoma; - shtatdagi auditorlarning, shu jumladan buxgalterlik xalqaro sertifikatiga ega bo’lgan auditorlarning, ularning ushbu Nizomda belgilangan eng kam soniga muvofiq bo’lgan shtatdagi auditor malaka sertifikatlari hamda buxgalter xalqaro sertifikatlarining tasdiqlangan nusxalari (O’zR VM 17.05.2007 y. 99-son qarori taxriridagi xat boshi) ;
-mehnat daftarchalarining notarial tasdiqlangan nusxalari va asosiy ish joyi bo’yicha shtatdagi auditorlarni ushbu Nizomda nazarda tutilgan shtatdagi auditorlarning eng kam soniga to’g’ri keladigan miqdorda ishga qabul qilish to’g’risidagi buyruqlarning tasdiqlangan nusxalari (O’zR Prezidentining 02.07.2008 y. PQ- 907son qarori taxriridagi xat boshi);
-auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaning tegishli turi uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan miqdordagi ustav kapitalining to’liq shakllantirilganligini tasdiqlaydigan hujjat nusxasi (O’zR VM 17.05.2007 y. 99-son qarori taxriridagi xat boshi);
-arizani ko’rib chiqish uchun yig’im to’langanligini tasdiqlovchi bankning to’lov hujjati. Ko’rsatib o’tilgan hujjatlar bir nusxada taqdim etiladi. Auditorlik tashkilotidan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yo’l qo’yilmaydi. Litsenziya olish uchun ariza barcha zarur hujjatlar bilan birga litsenziyalovchi organ tomonidan ko’rib chiqiladi. Auditorlik tashkiloti hujjatlarni ko’rib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to’g’risida qaror qabul qilish muddati litsenziya olish uchun ariza va zarur hujjatlar kelib tushgan kundan boshlab 15 kalendar kunni tashkil etadi.
Hujjatlar litsenziyalovchi organ tomonidan ko’rib chiqilganligi uchun (to’lov kunidagi) eng kam ish haqining ikki barobari miqdorida yig’im to’lanadi. Arizani ko’rib chiqqanlik uchun yig’im summasi litsenziyalovchi
organning maxsus hisob raqamiga o’tkaziladi. Auditorlik tashkiloti hujjatlarni ko’rib chiqish davrida bergan arizasini qaytarib olingan holda yig’im qaytarib berilmaydi. Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya amal qilish muddati cheklanmasdan beriladi. Litsenziya belgilangan namunadagi maxsus blankada rasmiylashtiriladi (O’zR VM 22.05.2006 y. 92-son qarori taxriridagi band). Litsenziyalovchi organ litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to’g’risida qaror qabul qilinganligi haqida auditorlik tashkilotiga qaror qabul qilingandan so’ng uch kun mobaynida bildirish xati yuborishi kerak.
Litsenziya berish to’g’risidagi bildirish xati litsenziya bitimi loyihasi ilova qil ingan holda yozma shaklda auditorlik tashkilotiga yuboriladi (topshiriladi), unda davlat boji to’lanadigan bank hisob raqami rekvizitlari va davlat bojini to’lash muddati ko’rsatib o’tiladi.
Auditorlik tashkiloti tomonidan davlat boji to’langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgan taqdirda va litsenziya bitimi imzolangandan so’ng litsenziya beriladi. Litsenziya berganlik uchun eng kam ish haqining to’rt baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
Download 23,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish