Bog'liq BINO VA INSHOATLARDA ENERGIYA TALABI VA ISSIQLIK TA\'MINOTINI SAQLASH
BINO VA INSHOATLARDA ENERGIYA TALABI VA ISSIQLIK TA'MINOTINI SAQLASH Bino va inshootlarda energiya talabi va issiqlik ta’minotini saqlash. Arxitektura va qurilish amaliyotida bino va inshootlarni issiqlik bilan ta’minlashga sarflanadigan issiqlikenergiya resurslarini iqtisod qilish muammosiga juda katta e’tibor qaratilmoqda. Ko‘pchilik iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda bino va inshootlarning energiya samaradorligini oshirishga katta imkoniyat mavjud. Bino va inshootlar uchun energiya resurslari xarajatlarining o‘sayotgan ta’riflari jiddiy iqtisodiy yuk bo‘lib yuzaga kelmoqda. 79 Aynan shuning uchun ko‘pgina davlatlarning rivojlanish dasturida bino va inshootlarda energiya talabi va issiqlik ta’minotini saqlash muhim mavzu bo‘lib qoldi18 . Zamonaviy bino va inshootlar issiqlik samaradorligini oshirish bo‘yicha juda katta zaxiralarga ega bo‘lmoqda. O‘tgan zamonlarda bino va inshootlarning energiya talabi aniqlovchi ko‘rsatkich bo‘lmagan bo‘lib, loyiha sifatining ustun mezoni bo‘lgan. O‘tgan vaqt oralig‘ida bino va inshootlarda energiyadan foydalanish samaradorligini o‘rganish o‘zgartirildi va kengaytirildi. 1990 yillar boshlanishiga qadar, energiya samarador bino va inshootlarni qurilishi boshidan boshlanishida energiyani iqtisod qilish bo‘yicha tadbirlarni o‘rganish asosiy qiziqishga ega bo‘lgan. 1990 yillarning o‘rtalarida esa mikroiqlim sifatini bir vaqtning o‘zida oshirishga yordam bergan energiya tejamkor qarorlarga muhimlik darajasi berilgan. Qurilishda energiya samarador va ekologik toza texnologiyalarning turli konsepsiyalari asosida loyihalashtirilgan va qurilgan mikro tumanlar, hattoki arxitektura qurilish maydonlari hamda katta miqdorda bino va inshootlar paydo bo‘ldi. Ushbu konsepsiyalar o‘zining nomlanishi belgilangan. Ulardan eng ko‘p taniqli bo‘lgani quyidagilar hisoblanadi:
energiya samarador bino va inshootlar;
energiya talabi past bo‘lgan bino va inshootlar;
energiya talabi ultra (o‘ta) past bo‘lgan bino va inshootlar;
energiyadan foydalanish nol bo‘lgan bino va inshootlar;
sust bino va inshootlar;
bioiqlimiy arxitektura;
baquvvat bino va inshootlar;
“aqliy” bino va inshootlar;
zakovatli bino va inshootlar;
yuqori texnologiyali bino va inshootlar;
ekologik xolis bino va inshootlar.
Adabiyotlarda ushbu konsepsiyalarning har biriga aniqlik kiritishga harakat qilingan. Qiyinligi shundaki, bitta qurilish ob’ektida qoidaga muvofiq, bir vaqtning o‘zida bir necha har xil konsepsiyalarni amalga oshirilayotganini ko‘rsatish mumkin. Bu yerda, adabiyotlardagi ma’lumotlarga asoslangan holda yuqorida qayd etilgan konsepsiyalar bo‘yicha energiya samarador va ekologik toza bino va inshootlarni aniqlashga urinib ko‘ramiz. Energiya samarador bino va inshootlar. Bino va inshootlarda energiya resurslarini samarali ishlatilishi texnik amalga oshadigan, iqtisodiy asoslangan, ijtimoiy va ekologik nuqtai nazardan maqbul hamda dastlabki hayot ko‘rinishini o‘zgartirmaydigan innovatsiya qarorlarini qo‘llanilishi hisobidan erishiladi. Energiya samarador bino va inshootlarga past energiya talab qiladigan va nol energiya talab qiladigan bino va inshootlar tegishli bo‘lishi mumkin. Energiya talabi past bo‘lgan bino va inshootlar. Ushbu bino va inshootlarda an’anaviy manbalardan energiya talabini pasayishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadigan noan’anaviy (qayta tiklanadigan) energiya manbalarini qo‘llanilishi bo‘yicha maxsus tadbirlar ko‘zda tutilgan. Energiya talabi past bo‘lgan bino va inshootlarning qoidalari: noan’anaviy (quyosh, grunt va sh.k.) energiya manbalarini ishlatilishi, to‘siq konstruksiyalarni super izolyatsiyasi, so‘rib olinadigan havoning issiqligini va kanalizatsiyadan oqib tushadigan issiqlikni foydalanishga tiklash, umumiy maydonning energiya talabi ko‘pi bilan 15 Vt/m2 . Bioiqlimiy arxitektura. Arxitekturaning yo‘nalishlaridan biri yorqin ifodalangan oynali mufassallik ishlatilganlik hisoblanadi. Bioiqlimiy arxitektura – qurilishda nisbatan ko‘rinishi yoshdir. Bioiqlimiy arxitekturaning asosiy qoidasi – tabiat bilan o‘zaro mosligi va uy-joy binolarini tabiatga yaqinlashtirishga intilishdir.
Baquvvat bino va inshootlar. Ushbu bino va inshootlarning muhimlilik darajasiga energiya tejamkor texnologiyalarni tanlashda texnik qarorlar, ya’ni bir vaqtning o‘zida ekologik toza qurilish materiallari qo‘llanilganligi bilan qurilgan binolarni mikroiqlimini yaxshilashga va atrof-muhitini muhofazalashga yordam berish hisoblanadi. Aqliy bino va inshootlar. Ushbu bino va inshootlarning muhimlilik darajasiga kompyuter texnologiyalarini qo‘llash asosida xonalarda va to‘siq konstruksiyalarda issiqlik va massa oqimlarini optimallashtirib, issiqlik ta’minoti va iqlim yaratilganligi hisoblanadi. Yuqori texnologiyali bino va inshootlar. Ushbu bino va inshootlarda energiya iqtisodiga, mikroiqlim sifatiga va ekologik xavfsizligiga kuchli fikrlash qoidalari va nou-xauga asoslangan texnik qarorlarning ishlatilishi hisobidan erishiladi. Yashovchan bino va inshootlar. Ushbu bino va inshootlar atrof-muhit va inson bilan ekologik muvozanatda joylashgan bo‘ladi. Yashovchan bino va inshootlarning ta’riflari 1-, 2- va 3-chizmalarda ko‘rsatilgan. Yashovchan bino va inshootlar ekologik toza qayta tiklanadigan energiya manbalarini ishlatilishi imkoniyatini, talab etiladigan energiyani eng maqbul ishlatilishini, suv resurslarini saqlanishini, takroran ishlatiladigan qurilish materiallarini qo‘llanilishini, insonni o‘rab turgan atrof-muhit sifatini yaxshilashni o‘rganishni o‘z ichiga oladi.
3) Xolis qurilish materiallari: ishlab chiqarilishi atrof-muhit holatini sezilarli buzilishini keltirib chiqarmaydi; xonaning mikroiqlim nisbatiga ta’siri ekologik toza hisoblanadi; takroran ishlatilishi mumkin. Biroq, ushbu muammolarning alohida jihatlarini o‘rganish yetarlicha emas bo‘lib ko‘rinadi. Jumladan: binoni va atrof-muhitni hamda ularning ekologik va energetik holatini to‘liq majmuada o‘rganish zarur. Bu esa qurilishning nazariy va amaliy bosh maqsadi hisoblanadi. Ushbu o‘rganishning natijasida har qanday sharoitda qurilish tarmog‘ini buzadigan ba’zi bir “chegaraviy holat” aniqlanishi mumkin. Bu “chegaraviy holat” suv resurslarining talabi va ifloslanishi, “issiqxona samarasi”ga keltiradigan gazlarni chiqarilishi, qurilish va maishiy chiqindilar va h.k.larni o‘z ichiga oladi. Mazkur ko‘rsatkichlar turar joy tumani loyihalarining ekologik va energetik samarasini baholashda aniqlovchi bo‘ladi. Zamonaviy bino va inshootlarni loyihalash konsepsiyasining asosiga insonning hayoti sifatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan atrof-muhit insonni o‘rab turgan sifatga uy kabi va xuddi shu kabi insonning ish o‘rniga yoki umumiy foydalanadigan joylarga shahar va tumanlarning asosini tashkil etuvchi g‘oyasi sifatida yotadi. Bunday ijtimoiy jihatlarni ajratilishi insonlarning ma’naviy va moddiy talablari asosida arxitektura va qurilish rivojlanayotganining e’tirof qilingani hisoblanadi. XXI asr arxitekturasi va qurilishi uchun eng asosiy g‘oya – inson faoliyatida tabiat passiv muhit emasligini tushunishdir. Buning natijasida qurilish uchun eng yuqori shinam ko‘rsatkichlarga ega yangi tabiiy atrof-muhit yaratilishi mumkin va xuddi shu vaqtda bino va inshootlarning iqlimiy tizimi uchun energetik manba bo‘ladi