1. Auditning mohiyati Auditorlik faoliyatining mohiyati, maqsadi va vazifalari. "Tayanch" iboralar



Download 80,5 Kb.
bet1/4
Sana28.03.2022
Hajmi80,5 Kb.
#514108
  1   2   3   4
Bog'liq
2 mavzu Audit. lotin (1)


2-MAVZU. Auditning mohiyati, uning maqsadi va vazifalari.
REJA:
1. Auditning mohiyati
2. Auditorlik faoliyatining mohiyati, maqsadi va vazifalari.


"Tayanch" iboralar:
Audit, auditor, auditor yordamchisi, auditorlik faoliyati, auditorlik tashkiloti, auditor malaka sertifikati, auditorlik tashkilotlarining professional xizmatlari, auditorlik tekshiruvi, auditorlik faoliyatini lisenziyalash, auditorlik hisoboti, auditorlik xulosasi, auditorlik faoliyatining milliy standartlari.


1. Auditning mohiyati
Audit - bunga vakolati bo’lgan shaxslar - auditor (auditorlik tashkilot)lar tomonidan, xo’jalik yurituvchi sub'yektlarning moliyaviy hisobotining ishonchliligi hamda moliya-xo’jalik opyeratsiyalari O’zbyekiston Ryespublikasi amaldagi qonunchiligi va boshqa mye'yoriy hujjatlarga muvofiq, ekanligini aniqlash maqsadida mustaqil ekspertiza va tahlil qilish, buxgalteriya hisobi va boshqa moliyaviy hisobotlarga qo’yiladigan talablarga muvofiqligini, ularning to’liqligi va aniqliligining tyekshirish dyemakdir. Shuningdyek, audit tarkibiga konsalting, ya'ni mijozlarga shartnomaga asosan xizmatlar ko’rsatish ham kiradi.
Har qanday tushuncha, ayniqsa ilmiy atama o’zining mohiyatini ifodalovchi ta'rifga ega bo’lishi kyerak.
Audit - bu iqtisodiy jarayon bo’lib, unda yyetarli bilimga ega bo’lgan va maxsus malaka syertifikatiga ega bo’lgan jismoniy shaxs xo’jalik yurituvchi sub'yektning moliyaviy hisoboti va boshqa moliyaviy axboroti to’g’riligi va qonun hujjatlariga mosligini aniqlab, o’z fikrini bildirishidir.
Agar G’arb mamlakatlarida audit 150 yildan buyon ma'lum bo’lsa, O’zbyekistonda esa, mustaqil faoliyat sohasi sifatida xo’jalik yuritishda davlat monopoliyasidan voz kyechish va bozor iqtisodiga o’tish natijasida mustaqilligimizning dastlabki yillaridan shakllana boshladi. Shuning uchun auditorlik faoliyati rivojlangan mamlakatlar tajribasini o’rganish zarurdir. Ta'kidlash joizki, oldin ham mamlakatimizdagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda xo’jalik faoliyatini nazorat va taftish qilish amalga oshirilgan. Ammo, nazorat va taftish bilan audit tushunchalari bir – birlariga yaqin bo’lsa ham, ularni bitta narsa dyeb tushunish to’g’ri emas.
Auditorlik faoliyatining ta'rifi o’zining tarixiy taraqqiyot yo’lida turli manbalarda turlicha bayon qilingan. Masalan, ―audit-bu mustaqil malakali mutaxassislar tomonidan korxonaning moliyaviy hisobotini yoki u bilan bog’liq moliyaviy axborotni ushbu hisobot yoki axborotning qonun va boshqa normativ hujjatlarga muvofiqlik darajasi to’g’risida xulosa chiqarish maqsadida tadqiq etilishidir.
Prof. H.N. Musayevning yozishicha, ―Iqtisodiy adabiyotlarda ―audit‖ so’zining mazmuni turlicha talqin qilingan. Ayrimlar ―audit so’zining mazmuni lotin tilidan olingan bo’lib, ―u eshitadi‖ ma'nosini bildiradi dyesalar, boshqalar esa ushbu so’z ingliz tilidan olingan bo’lib, ―u yordam byeradi‖ dyegan ma'noga ega dyeb ta'kidlaydilar. Audit – bu ―tyekshirish‖, ―tyergov qilish‖ dyegan fikrlar ham bor. AQSH ning nufuzli iqtisodiy univyersityetlarida o’qitiladigan ―Audit (auditing) – daxlsiz hodim tomonidan axborotlarning byelgilangan myezonlarga mosligini aniqlash va xolisona xulosa byerish maqsadida xo’jalik tizimi to’g’risidagi ma'lumotlarni to’plash va baholash jarayonidir. Bizning fikrimizcha, audit – bu muayyan vakolatlar byerilgan shaxslar, ya'ni auditorlar tomonidan xo’jalik yuritayotgan sub'yektlar faoliyatlarining ryespublikada qabul qilingan qonun-qoidalarga muvofiqligini tyekshirish yo’li bilan baholash va xolisona xulosalar byerishdir.
Auditning maqsadi - amaldagi qonunchilik, auditorlik faoliyatini mye'yoriy tartibga soluvchi tizim, auditor va mijoz o’rtasidagi o’zaro shartnoma majburiyatlari bilan byelgilanadigan aniq masalani yechishdan iboratdir. Auditorlik faoliyatining maqsadi - xo’jalik yurituvchi sub'yektlarning buxgaltyeriya (moliyaviy) hisobotini ishonchliligini hamda amalga oshirilgan moliyaviy va xo’jalik opyeratsiyalarning mye'yoriy hujjatlarga muvofiqligini aniqlashdan iborat.
Auditorlik nazoratini o’tkazishdan asosiy maqsad – xo’jalik yurituvchi sub'yektlar faoliyatini to’g’ri va xolis baholashdir, shu bilan birga xo’jalik yurituvchi sub'yektlar faoliyatida yo’l qo’yilgan kamchiliklarni bartaraf qilishda ularga yo’l-yo’riqlarni ko’rsatishdir
Auditning asosiy vazifasi - quyidagi maqsadlarga erishish uchun moliyaviy hisobotlarni tyekshirishdir:
-hisobotlarning ishonchliligini tasdiqlash yoki ishonchsizliligini qayd etish;
-tyekshirilayotgan davrda korxona faoliyati natijasida hisob va hisobotda xarajatlar, daromadlar va moliyaviy natijalar to’liq, ishonchli va aniq aks etilganligini tyekshirish;
-hisobni yuritish va hisobotni tuzish, aktivlar, majburiyatlar va xususiy kapitalni baholash uslubiga oid qoidalarini tartibga soluvchi amaldagi qonunchilikka va mye'yoriy hujjatlarga rioya qilinishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish;
-xususiy va aylanma mablag’lar, moliyaviy zahiralar va zayom manbalaridan oqilona foydalanish imkoniyatlarini aniqlash.
Moliyaviy hisobot auditining asosiy maqsadi - bu ma'lum bir vaqtda korxona faoliyati natijasi bo’yicha hisobotda aktivlar, majburiyatlar, xususiy mablag’lar va moliyaviy natijalar to’liq, ishonchli va aniq aks etilganligiga haqqoniy baho byerish, korxonada qabul qilingan hisob siyosati amaldagi qonunchilikka va mye'yoriy hujjatlarga muvofiqligini tyekshirish.
Auditorlik tyekshiruvi davomida balans, moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot to’g’ri tuzilganligi, tushuntirish xati ma'lumotlarining ishonchliligi tyekshiriladi. Bunda quyidagilar aniqlanadi:
-hisobotda barcha aktivlar va passivlar aks etilganligi;
-hisobot tuzishda barcha hujjatlardan foylanilganligi;
-amaldagi mol-mulkni baholash uslubi korxona hisob siyosatida qabul qilingandan qay darajada farq qilishligi;
-foyda solig’i va boshqa soliqlar bo’yicha soliqqa tortiladigan baza to’g’ri hisoblanganligi.
Auditor quyidagilarni tyekshirishi lozim:
-korxona mulkdorlari tomonidan Nizom kapitali hajmining o’zgartirganligi to’g’risidagi qarorlari to’liq bajarilganligi;
-balansning aktiv va passiv hisobvaraqlari bo’yicha sintyetik va tahliliy hisob ma'lumotlarining bir biriga mos kyelishligi;
-hisobotda dyebitorlik va kryeditorlik qarzlar to’liq aks etilganligi.
Auditorlik xulosasini tayyorlash jarayonida quyidagilar tyekshirilishi lozim:
-korxonada amalga oshirilgan alohida xo’jalik opyeratsiyalari qabul qilingan hisob siyosatiga muvofiq aks etilishi va mol-mulkni baholash tartibiga rioya qilinishi;
-daromadlar va xarajatlar hisobot davrlari bo’yicha to’g’ri aks etilishi;
-hisobda ishlab chiqarish bo’yicha joriy xarajatlar (aylanish chiqimlari) va kapital qo’yilmalar ajratilgan holda aks etilishi;
-har oyning 1-sanasiga tahliliy hisob ma'lumotlari aylanma va tahliliy hisob hisobvaraqlari qoldiqlari bir biriga mos kyelishligining ta'minlanishi.
Asosiy maqsadga erishish va xulosa taqdim etish uchun auditor quyidagi masalalar bo’yicha o’z fikrini shakllantirishi lozim:
-hisobotning umumiy qabul qilinishga mumkinligi, hisobot o’ziga nisbatan talab qilinadigan barcha shartlarga umuman muvofiqligi va bir biriga zid bo’lgan ma'lumotlar mavjud emasligi;
-asoslanganligi (ko’rsatilgan summalar asoslangan ravishda hisobotga kiritilganligi);
-yakunlanganligi (barcha kyerakli bo’lgan summalar hisobotga kiritilganligi, xususan aktivlar va passivlarning barchasi ushbu kompaniyaga tyegishli bo’lganligi);
-baholash (barcha tabaqalar to’g’ri baholanganligi va xatosiz hisoblanganligi);
-tabaqalashtirish (hisobvaraqda yozilgan summa asoslangan holda unda qayd etilganligi);
-ajratish (balans tuzilgan sanadan oldinroq yoki byevosita ushbu sanadan kyeyin amalga oshirilgan opyeratsiyalar amalga oshirilgan davrda to’g’ri aks etilganligi);
-batartiblik (alohida opyeratsiyalar bo’yicha summalar tahliliy hisob daftar va kitoblarida qayd etilganlarga muvofiqligi, ular to’g’ri raqamlanganligi, yakuniy summalar Bosh kitobda qayd etilgan summalarga muvofiqligi);
-oshkoralik (barcha tabaqalashtirilgan ma'lumotlar moliyaviy hisobotga kiritilganligi hamda hisobot va uning ilovalarida to’g’ri aks etilganligi).
Auditorlik faoliyati va auditorlik kasbining ta'rifi O’zbyekiston Ryespublikasining ―Auditorlik faoliyati to’g’risida‖gi qonunda quyidagicha ifodalangan, ―Auditorlik faoliyati dyeganda auditorlik tashkilotlarininig auditorlik tyekshiruvlarini o’tkazish va ushbu Qonunningda beigilangan turdosh xizmatlar ko’rsatish borasidagi tadbirkorlik faoliyati tushuniladi.
Qonunning 5-bobi “Auditorlik tashkiloti tomonidan xizmatlar ko‘rsatish” deb nomlanib, uning moddalarida quyidagilar belgilangan:

Download 80,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish