FONETIKA
1. Asosi til oldi, jarangsiz undoshlardan iborat bo‘lgan so‘zni toping.
A) tushlik B) kurak
C) sanoqsiz D) ishtirokchi
2. Quyidagi berilgan gapda necha o‘rinda til oldi jarangsiz undoshlar
qatnashgan?
Baxtli qiladigan ham shu, baxtsiz qiladigan ham shu.
A) 11 ta
B) 15 ta
C) 5 ta
D) 21 ta
3. Qaysi javobda berilgan so‘zlarning ma’nolarini farqlovchi undosh
tovushlar ham jarangli yoki jarangsizligiga ko‘ra, ham til
qismlarining harakatiga ko‘ra o‘zaro bir turga mansub?
A) talaba – g‘alaba
B) burun – butun
C) do‘ppi – lo‘ppi
D) qovun – sovun
4. Matnda jami nechta fonetik hodisa kuzatiladi?
Meni beayov qiynadi bular: yorimdan ayrildim; qanotlarim
qayrildi, yuzlarim sarg‘aydi. Bir boshga shuncha azob, sanoqsiz
kulfat kammi?
A) 8 ta
B) 9 ta
C) 10 ta
D) 11 ta
5. Hayotimizda kitobning ahamiyati beqiyosdir. Ushbu gapdagi tagiga
chizilga so‘z tarkibida qatnashgan undoshlar haqidagi to‘g‘ri ma’lumotni
toping.
A) Jarangsiz lab-lab undoshi qatnashgan.
B) Jarangli til orqa undoshi 2 o‘rinda qatnashgan.
C) Jarangsiz til orqa undoshi qatnashgan.
D) Jarangli til oldi undoshi 2 o‘rinda qatnashgan.
6. Tarkibida unli tovushlar bilan birga faqat jarangsiz undoshlar ishtirok
etgan so‘zlar berilgan qatorni belgilang.
A) bigiz, kuchuk, joziba
B) alifbe, andisha, dahshat
C) bayon, vazmin, go‘zal
D) puchuq, hiqichoq, xohish
7. Qaysi qatorda “ng” bir tovushni ifodalagan?
A) Torga tor dunyo, kengga keng dunyo.
B) Qo‘liga uch tanga berib, bolani rozi qilib jo‘natibdi.
C) Ish ishtaha ochar, dangasa ishdan qochar.
D) hammasida “ng” bir tovushni bildiradi
8. Qaysi so‘zlarda jarangli undosh jarangsiz juftiga almashtirilsa yangi
so‘zlar hosil bo‘ladi?
A) bir, bol, tong, sut
B) bayt, band, dori, dog‘
C) dil, dor, ozod, bob
D) darz, sud, a’zo, yod
9. Yopiq bo‘g‘inlaridan biri faqat jarangli undoshlardan tashkil topgan so‘zni
belgilang.
A) g‘alla B) kitob
C) po’lat D) toshloq
10. Asos va qo‘shimchaga ajratish bilan bo‘g‘inga ajratish teng kelgan
so‘zlarni toping.
1) o‘yna; 2) o‘yla; 3) sabrsizlikdan; 4) bargi; 5) suvsizlik; 6) ko‘nglim; 7)
tongga.
A) 2, 3, 5, 7
B) 1, 2, 3, 6, 7
C) 1, 2, 5, 7
D) 1, 2, 4, 7
11. Berilgan qaysi so‘zlarda qo‘sh undosh bir undosh sifatida talaffuz
qilinadi?
1) chaqqon; 2) million; 3) metall.
A) 2, 3
B) 1, 2, 3
C) 2
D) 3
12. Qaysi maqoldagi so‘zlar tarkibida chuqur til orqa undoshlari ishtirok
etmagan?
A) Maqtanma, g‘oz, hunaring oz!
B) Sinamagan otning sirtidan o‘tma!
C) Aybsiz do‘st axtargan do‘stsiz qolar.
D) O‘ylamay qilingan ish boshga keltirar tashvish.
13. Mehnat mamnuniyat va madaniyat manbayidir.
Ushbu gapning ochiq bo‘g‘inida nechta jarangli undosh mavjud?
A) 5 ta B) 6 ta
C) 7 ta D) 8 ta
14. 1) taroqqa; 2) buloqqa; 3) so‘roqqa; 4) ilikka; 5) kurakka; 6) terakka.
Jo‘nalish kelishigidagi ushbu so‘zlarning qaysi birida so‘zning ham asos,
ham qo‘shimcha qismida tovush o‘zgarishi yuz bergan?
A) 1, 2, 3
B) 3, 4, 5
C) 1, 3
D) barchasida faqat qo‘shimchada o‘zgarish yuz bergan
15. Buyruq, yasha, qiynoq, yig‘loqi, sayroqi, sanoq. Berilgan so‘zlarning
nechtasida ikkitadan tovush o‘zgarishi sodir bo‘lgan?
A) 1 ta B) 2 ta
C) 3 ta D) 4 ta
16. Qator undoshli so‘zlar berilgan javobni belgilang.
A) traktor, paxta, chaqqon
B) ikki, millon, metal
C) stol, do‘st, daraxt
D) paxta, nimcha, o‘simlik
17. Qaysi so‘z talaffuz qilinganda bir unli aytilmaydi?
A) shior B) muallim
C) soat D) daraxt
18. Millatning dahosi, aqli va ruhiyati maqollaridan bilinadi. Ushbu
gapdagi nechta so‘z tarkibida jarangsiz til oldi undoshi qatnashgan?
A) 5 ta B) 2 ta
C) 3 ta D) 4 ta
19. Tovush tushish hodisasi yuz bergan gapni toping.
A) Maktabda “O‘tkir zehnlilar” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
B) Idoraga bor, senga ham pul berishadi.
C) Hech bo‘lmaganidan kech bo‘lgani yaxshi.
D) Qorong‘i kechada ko‘kka ko‘z tikib, Eng yorug‘ yulduzdan seni
so‘rayman.
20. Berilganlardan qaysi birida so‘z yasovchi urg‘u olgan?
1) terma (ot); 2) olma (fe’l); 3) gapirma ( fe’l); 4) olma (ot); 5) qaynatma
(sifat); 6) tortma (ot).
A) 1, 3, 5, 6
B) 1, 2, 4, 5
C) 1, 5, 6
D) 2, 5, 6
21. Do‘stning senga qanchalik muhabbati borligini bilomoqchi bo‘lsang,
uning eng yaxshi ko‘rgan narsasini so‘ra, shunda hamma narsa ayon
bo‘ladi. Shu ikkalasidan keyin ham u qovog‘ini solmasa, bunday do‘stni
boshga ko‘tarish, shirin jon bilan barobar tutish kerak. Ushbu matnda
fonetik o‘zgarishlar soni haqidagi to‘g‘ri fikrni aniqlang.
A) tovush tushishi – 1, tovush ortishi – 2, tovush almashishi – 2
B) tovush tushishi – 2, tovush ortishi – 1, tovush almashishi – 2
C) tovush tushishi – 1, tovush ortishi – 2, tovush almashishi – 1
D) tovush tushishi – 2, tovush ortishi – 2, tovush almashishi – 1
22. Faqat ochiq bo‘g‘indan iborat bo‘lgan so‘zlar qatorini belgilang.
A) arra, fazo, quyosh
B) nozanin, azamat, ota
C) mazali, go‘yo, keladi
D) mana, ko‘rpa, semiz
23. Berilgan so‘zlarning qaysi biriga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda,
asos qismda fonetik o‘zgarish bo‘lmaydi?
1) idrok; 2) terak; 3) ishtirok; 4) chok; 5) bolalik.
A) 2, 3, 5
B) 1, 3, 4
C) 1, 2, 3, 4
D) 1, 2, 4
24. Qaysi qatordagi so‘zlarda tovush almashishi sodir bo‘lgan?
A) shahri, o‘g’ri, bo’yni
B) so‘rog‘i, keragi, tilagi
C) o‘shanga, bunga, unga
D) o’roqqa, nokim, ishtiroki
25. Sovuqdan dag‘-dag‘ qaltirayotgan cho‘pon uzoqdan miltiqning ovozini
eshitdi.
Ushbu gapda ajratib ko’rsatilgan so‘z tarkibidagi undoshlar haqida
berilgan qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas?
A) Jarangsiz lab undoshi ishtirok etgan.
B) Til oldi undoshi 2 o‘rinda ishtirok etgan.
C) Chuqur til orqa undoshi 2 o‘rinda ishtirok etgan.
D) Jarangli undoshlar ishtirok etgan.
26. Xalqimizning tilagi bitta – tinchlik.
Ushbu gapda fonetik yozuv asosida yozilgan nechta so‘z bor?
A) 1 ta
B) 2 ta
C) 3 ta
D) 4 ta
27. «Chin qushim, chinni qushim,
Chin tеpаgа qo‘ndi qushim,
Tumshug‘ini yеrgа bеrib,
Xаlqqа sаlоm bеrdi qushim». Ushbu topishmoqning javobi tarkibida
jarangsiz juftiga ega bo‘lmagan jarangli undoshlar soni nechta?
A) 1 ta B) 2 ta
C) 3 ta D) 4 ta
28. Bo‘ta qaynoq choyning quruq o‘zini nonsiz ho‘plagancha
o‘rnidan turarkan, birdan yuragi o‘ynab ketdi.
Ushbu gapdagi tovush o‘zgarishlar soni nechta?
A) 4 ta B) 5 ta
C) 6 ta D) 7 ta
29. Qator undoshli so‘zlar berilgan javobni belgilang.
A) metall, gramm
B) tenglama, bodring
C) go‘sht, barvaqt
D) izzat, millat
30. Yuragimda ko‘pdir alamli dardlar,
Mening qizim - sening singling, nomardlar.
Qizing ber, deb mening kо‘nglim bo‘lasan,
Suyagimni yongan о‘tga solasan. Keltirilgan parchadagi so‘zlar
imlosida kuzatilgan fonetik o‘zgarishlar soni va turi to‘g‘ri ko‘rsatilgan
javobni aniqlang.
A) 2 o‘rinda. tovush almashishi va 5 o‘rinda tovush tushishi
B) 3 o‘rinda tovush almashishi va 4 o‘rinda tovush tushishi
C) 3 o‘rinda. tovush ortishi va. 3 o‘rinda tovush tushishi
D) 2 o‘rinda tovush almashishi va 4 o‘rinda tovush ortishi
Do'stlaringiz bilan baham: |