1. Қасддан одам ўлдириш жиноятининг оғирлаштирувчи ҳолатларини таҳлил қилинг



Download 77,48 Kb.
bet31/36
Sana08.07.2022
Hajmi77,48 Kb.
#758252
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
Jinoyat tayyor nazariy

Bosqinchilik
Bosqinchilikning bevosita asosiy obyekti sifatida o‘zganing molmulkini muhofaza qilishni ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlar, bevosita qo‘shimcha obyekti sifatida esa, fuqarolarning hayoti yoki sog‘lig‘i xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy munosabatlar namoyon bo‘ladi.
Obyektiv tomondan bosqinchilik o‘zganing mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida shu mulkning egallanishiga qarshilik ko‘rsatgan shaxsning hayoti yoki sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatish yoxud shunday zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib hujum qilishda ifodalanadi.
O‘zganing mol-mulkini egallash yoki saqlab qolish maqsadida zo‘rlikning ishlatilishi jinoyatning zaruriy belgisi hisoblanadi. Agar zo‘rlik boshqa maqsadda, masalan, sodir etilgan o‘g‘irlikdan keyin qo‘lga tushishdan qutulib qolish maqsadida ishlatilgan bo‘lsa, bunday qilmishni bosqinchilik deb hisoblash mumkin emas, aybdorning harakatlari o‘g‘rilik (JK 169-moddasi) va shaxsga yoki boshqaruv tartibiga qarshi jinoyat deb hisoblanadi.
Bosqinchilik hayot yoki sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatib yoxud shunday zo‘rlikni ishlatish bilan qo‘rqitib hujum qilingan paytdan e’tiboran, aybdor o‘zganing mol-mulkini egallagan yoki egallamaganidan qat’i nazar, tugallangan jinoyat deb hisoblanadi.
qoida tariqasida bosqinchilikka suiqasd qilish holati yuz bermaydi.
Jinoyatning subyekti 14 yoshga to‘lgan, aqli raso jismoniy shaxsdir.

Tovlamachilik

Tovlamachilikning bevosita asosiy obyekti talon-toroj qilinayotgan mol-mulkni tartibga solishga qaratilgan ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi. Bevosita qo‘shimcha obyekti tovlamachilik natijasida tajovuz qaratilgan jabrlanuvchining qonun bilan qo‘riqlanadigan shaxsiy huquqlari hisoblanadi.


Obyektiv tomondan tovlamachilik jabrlanuvchi yoki uning yaqin kishilariga zo‘rlik ishlatish, mulkka shikast yetkazish yoki uni nobud qilish yoxud jabrlanuvchi uchun sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor qilish bilan qo‘rqitib o‘zgadan mulkni yoki mulkiy huquqni topshirishni, mulkiy manfaatlar berishni yoxud mulkiy yo‘sindagi harakatlar sodir etishni talab qilish yoxud jabrlanuvchini o‘z mulki yoki mulkka bo‘lgan huquqini berishga majbur qiladigan sharoitga solib qo‘yishda ifodalanadi.
Tovlamachi tomonidan qo‘yiladigan talablar ruhiy zo‘rlik — qo‘rqitish bilan doimo bog‘liq bo‘lishi kerak. Ko‘rqitish bilan amalga oshirilmagan talab tovlamachilik jinoyati tarkibini tashkil etmaydi.
Shuni nazarda tutish kerakki, bosqinchilik va talonchilikda zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish mulkni egallab olish yoki talon-toroj qilinganidan so‘ng uni ushlab qolish vositasi bo‘lib xizmat qilsa, tovlamachilikda ushbu qo‘rqitish jabrlanuvchining irodasini so‘ndirish va uni tovlamachining talablarini bajarishga majbur etish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Tovlamachilikni sodir etishda o‘ldirish bilan qo‘rqitishni ham JK 165-moddasi o‘z ichiga oladi
Jinoyatni sodir etishdan maqsad — g‘arazdir.Jinoyatning subyekti 14 yoshga to‘lgan, aqli raso jismoniy shaxsdir.

Download 77,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish