1. Asab tizimining homila ichida rivojlanishi Shartli reflektor faoliyatni tekshirish usullari



Download 54,42 Kb.
bet1/2
Sana11.07.2022
Hajmi54,42 Kb.
#775609
  1   2
Bog'liq
mustaqil ish Ro\'ziboyeva Sarvinoz[1][1]


REJA:

Kirish

1. Asab tizimining homila ichida rivojlanishi

2. Shartli - reflektor faoliyatni tekshirish usullari

3. Bolalar psixik-asab tizimi kasalliklari.

4. Nevroz — rivojlanish sabablari va mexanizmlari

5. Asab tizimi kasalliklarining asosiy simptomlarini tekshirish usullari

Xulosa



Kirish
Bolalarda emotsional stresslarni oldini olish
Stress- (ing. stress— bosim, kuchlanish, tanglik) - odam va hayvonlarda kuchli tasirotlar natijasida sodir bo’ladigan o’ta hayajonlanish, asabiylik xrlati. Organizmda har xil taasurotlarga nisbatan rivojlanadigan nomaxsus neyrogormonal reaksiya. "S." terminini kanadalik patolog G. Selye ta’riflab, tibbiyotga kiritgan (1936). Olim S holatiga olib keluvchi omilni stressorlar deb, ular ta’sirida organizmda ro’y beradigan o’zgarishlarni moslashish (adaptatsiya) sindromi deb atadi. Fizik (issiq, sovuq, shikastlanish va boshqalar) va psixik (qo’rquv, qattiq tovush, o’ta xursandchilik) stressorlarajratiladi. Organizmda bu omillar ta’sirini yengishga qaratilgan moslashuvchi biokimyoviy va fiziologik o’zgarishlar rivojlanadi, bu stressorning kuchi, ta’sir etish muddati, odam yoki hayvonning fiziologik sistemasi va ruhiy holatiga bog’liq. Nerv sistemasi yuqori rivojlangan odam va hayvonlarda, his-tuyg’u kopincha stressor vazifasini o‘taydi va u fizik stressor ta‘siriga zamin tug‘diradi. Odamda bir xil kuchdagi S. ham xavfli, ham ijobiy bo’lishi mumkin. Shuning uchun ma’lum bir darajadagi S. larsiz faol hayot kechiri bo'lmaydi, chunki S.lar bo’lmasligi bu o’lim bilan barobar degan edi G. Selye. Demak, S.lar nafaqat xavfli, balki organizm uchun foydali ham bo’lishi mumkin(eustress), bu holat organizm imkoniyatlarini ishga soladi, salbiy ta’sirotlarga chidamliligini oshadi. Stress — bu oddiy va ko’p uchrovchi holat. Qattik bezovta bo’lish, hayajon va uyqusizlikdan biz hammami uni sezamiz. Ozginastresslarning ziyoni bo’lmasligi mumkin. Shuning uchun har bir rahbar yoki xodim yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan va haddan tashqari asabiylashganlik darajasini bilmog’ilozim. Nol holatdagi asabiylashishning bo’lishi mumkin emas. Ya’ni, asabiylashmaydigan kishi mutlaqo yo’q. Tanida joni bor har qanday kishi u yoki bu darajadagi asabiylik holatiga tushadi.Ammo: Stressga duchor bo ‗lmaslik uchun xayrli ishlarni, masalan, mahalla, qarindosh-ypyg‗ va boshqalar uchun yaxshi ishlarni ko‗proq qilish kerak. Sabr- qanoatli bo’lish, har qanday mushkul vaziyatga tayyor bo‗lish, o‗zini chalg‗itish lozim. Mashakqatli mehnatni yaxshi dam bilan birga olib borish, hech bo’lmasa bir oz oro olish, tinchlanish kerak. Ishda xushfe’l, tavozelik bo‗lish, o’zaro hurmat va xushmuomalali inson bo‗lish lozim.
Asab tizimining homila ichida rivojlanishi. Asab tizimining taraqqiy etishi homila ichi rivojlanishining juda erta - birinchi haftasida yuz beradi. 3-4 haftalarida bosh va orqa miyaning shakllanishi boshlanadi. Ayniqsa nerv hujayralarining bir muncha tez bo' linishi homilaning 10-haftaligidan to 18-haftaligigacha markaziy nerv tizimining shakllanishining qalti davriga to'g‗ri keladi. Homiladorlik va normal tug' ruq vaqtida zararli omillarning yo' qligi bolaning sog‗lom nerv tizimi bilan tug' ilishiga imkon beradi. Agar homila rivojlanishiga patologik omillar ta'sir etgan bo'lsa, bu holatda bola normal kechgantug’ruq jarayonini ham qiyin o'tkazadi (antenatal shikastlanish). Bundan tashqar tug‗ruqning qiyin o'tishi miya to' qimalarining shikastlanishiga ham olib keladi (intranatal shikastlanish).
Asosiy xavfli antenatal omillar:
-onaning turli xil surunkali kasalliklari (anemiya, gipertoniya, surunkali glomerulonefrit, yurak nuqsonlari, qandli diabet, toksoplazmoz, revmatik isitma va boshqalar); homiladorlik davrida onaning o'tkir infeksion kasalliklari, shu bilan birga tibbiy dori vositalarini iste'mol qilishi.
- homila ichidagi infeksiya;
-genetik nuqsonla (aqli zaif ota-onalardan nosog‗lom bolalarning tug'ilish ehtimoli sog‗lom ota-onalarga nisbatan 2 marta yuqori);
- ota-onaning zararli odatlari (alkogol, chekish)
- kasbiy zararliklar (og‗ir jismoniy mehnat, tebranish, silkinish);
- tashqi teratogen omillar (yuqori radiatsiya, kimyoviy moddalar va boshqalar);
- xavfli akusherlik anamnezi (16-18 yoshdan ilgariyoki 30 yoshdan keyin birinchi bolaning tug‗ilishi, tug‗ruq orasidagi interval 2 yildan kam bo' lishi, homila tushish xavfi, stress holatlar);
-muddatidan o' tgan homiladorlik, ko' p homilalik, yangi tug‗ilgan chaqaloqlarning gipotrofiyasi;
- Rh-omil va AVO tizim bo' yicha kelishmovchilik.
Bolalarda asab tizimining anatomo-fiziologik xususiyatlari.
Tug‗ilish davriga kelib bosh miya o’zining o’lcham bo’yicha eng rivojlangan a'zolardan hisoblanadi. Ammo uning barcha tuzilishlar va egriliklarining funksional imkoniyatlari past. Bu davrda tana og‗irligiga nisbatan bosh miya og‗irligi kattaroq. Yangi tug‗ilgan chaqaloq miyasi tana vaznini 1/8-1/9 qismini, 1 yillikni oxirlarida 2 marta kattalashib, tana massasining 1/11-1/12 qismini, 5 yoshda 1\14, 18-20 yoshda 1/40 qismini tashkil etadi. Chaqaloqlarda miya to’qimasi qon bilan yaxshi ta'minlanadi, ayniqsa kulrang modda, lekinqonning qaytishi kuchsiz. Shuning uchun unga toksik moddalar tez to' planadi. Nerv hujayralari boshqa somatik hujayralarga qaraganda 22 marta ko'p kislorod talab qiladi. Shuning uchun kop kasalliklarda nerv hujayralari kislorod yetishmovchiligidan nobud bo'lishi, gipoksik ensefalopatiya sifatida namoyon bo' ladi.
Miya to' qimalari oqsil moddalariga boy. 1 gr oqsil 17 gr suvni ushlab qoladi, bu esa bosh miyada shishlarni tez rivojlanishiga zami tayyorlaydi. Oqsillar miqdori bola o'sib borgan sari 46%dan 27%gacha kamayadi. Bir yarim yilda miya to'qimalarida suvning miqdori ortadi va kattalarniki bilan tenglashadi. Yangi tug’ilgan chqaloqlar bosh miyasining barcha beshta qismi anatomik tuzilishi jihatdan kattalarniki bilan bir xil. Yangi tug‗ilgan chaqaloqlarda bosh miya po' stlog‗i hali yetilmagan bo' ladi. U oliy nerv faoliyati shakllanishini ta'minlaydi v barcha miya ismlaridan kechroq, 5-6 yoshgakelib shakllanadi. Nerv tolalarining miyelinizasiyasi nerv hujayralarinin tanasidan boshlab, periferik qismi tomon asta sekin rivojlanadi va 3-5 yoshga kelib tugallanadi. Nerv tizimining asosiy hujayrasi- neyrotsit. Kattalarda bunday hujayralar 16 mlrd. Biroq, tarqoq holatdagi diffuz joylashgan yetuk neyrotsitlar hujayralarning umumiy miqdorin faqat 25%ini tug‗ilish davrida tashkil qiladi. Agar katta kishilardagi bosh miyasining hujayralar soni 100% deb olinsa, 6 oylikda 66%, 1 yoshda - 90-95% shakllangan bo'ladi. Shu sabab, bolalarning asab tizimidagi kasalliklari 1,5 yoshgacha aniqlanishi zarur, chunki kech qolib davolash yaxshi natija bermaydi. Yetilgan hujayralarning miqdoriy tarkibida tashqari, yangitug‗ilgan bolad gistologikyetilmaganligi ham ahamiyatga ega. Ular shakli jihatidan ovalsimon, bitta aksonli, yadrosi donador, dentritlari yo' q bo' ladi.
Orq miya suyuqligi. Chaqaloqlarda orqa miya suyuqligi kam miqdorda va bosimi past bo'ladi (normada bosim 100- 12ml. suv ustuni). Yangi tug‗ilgan chaqaloqlarda miqdori 20 - 30 ml, ko'krak yoshidag bolalarda 40 - 60ml, kattabolalarda150 - 200 ml. Yangi tug‗ilgan chaqaloqlarda orqa miya suyuqligi sarg‗ish yoki sarg‗ish yashil rangga bo' yalgan, bu rangli bilirubin borligi xisobiga va fiziologikksantoxromiya deyiladi. Chaqaloqlarda gemato-entsefalitik barer sustliginatijasidayuzaga keladi. Orqa miya suyuqligi tarkibida oqsilning yuqoriligi (Pandi reaktsiyasi musbat) ham gemato-entsefalitik barersustligi bilan tushuntiriladi, hujayralar soni ham yuqori va qand bir oz kam bo' ladi.
Asab - ruhiy rivojlanishni baholash
Asab - ruhiy rivojlanishni (ARR) baholash me'zonlariga kiradi:
- motorika;
- statika;
- shartli - reflektor faoliyat (1 signal sistema);
- nutq (2 signal sistema);
- oliy nerv faoliyati.
Motorika (harakat) — bu bolaning maqsadga yunaltirilgan, manipulativ faoliyati. Yangi tug‗ilgan sog‗lom chaqaloq uchun tinchholatda mushaklarnin fiziologiik gipertonusi xarakterli vashu sabab qo' l oyoqlar bukilgan ko' rinishda. Mushaklarning gipertonusi barcha holatlarda simmetrik tasvirlangan: qorinda, yelka yotganda, yon va ti ushlab turilganda. qo'llari barcha bo' g‗imlarda bukilgan, kokrak qafasig keltirilgan. Kaftlari yarim mush holatida, bosh barmo kaftga qarabbukilgan. Oyoklar xam barcha bo’g‗imlarda bukilga va so soxasida engil ochilgan, oyoqkafti orqa tomondan bukilgan (1 rasm). Xattoki uyku vaqtida ham mushaklari bo' shashmaydi. Yangi tug‗ilgan chaqaloqlarnin harakat chegaralangan, xaotik (angl. chaos), tartibsiz (angl. disorderly), atetososimon titroq (angl. trempling). Bola hayotining birinchi oyidan keyin mushaklarning fiziologik gipertonusi va tremori yo' qolib boradi.
Shartli - reflektor faoliyatni tekshirish usullari
Shartli - reflektor faoliyat bu - shaxsiy extiyojlar va atrof - muxitning ta'sir etuvchi omillariga bolaning adekvat (to' g‗ri) reaktsiyasi. Yangi tug’ilgan chaqaloqlarning asosiy refleksi ovkatlanish dominantasi xisoblanadi. Ovkatlanish vaqti keldi, bolaning qorni ochdi va u yig‗laydi - bu to' g‗ri reaktsiya. Onasini ko' kragini emgandan so' ng tinchlandi va uxladi. Asab-ruhiy rivojlanishni tekshirishdagi umumiy qoidalar: Bolalarni ko' rigi 24°S dan kam bo' lmagan iliq xona haroratida ovqatlanganiga 1 soatdan kam bo' lmagan holatda va to' q qoringa amalga oshiriladi. Tekshiruv natijalarini to' g‗ri baholash uchun bolani tabiiy yoritilgan joyda tekshirgan ma'qul. Bola yo'rgaklash stolchasida yoki krovatchasida, katta bolalar kushetkada ko' riladi. Shifokorning qo'llari iliq bo' lishi kerak, aks xolda bola bilan o' zaro aloqa buziladi, tekshirish jarayonini murakkablashtiradi.
Asab tizimi holatini baholashda filogenetik mustaxkamlangan shartsiz reflekslarni ifodalanishinianiqlash zarur. Barcha shartsiz reflekslar rivojlanish davriga qarab 3 ta guruhga bo' linadi:
- o' zgarmas (hayoti bo' yicha avtomatik);
- tranzitor (yo' qolib boruvchi);
- o' rnatilgan (paydo bo' ladigan).
O' zgarmas reflekslar butun hayot mobaynida mavjud:
- yutish va halqum refleksi;
- oyoq-qo' llarning pay refleksi (masalan - tizza qopqog‗idan pastroqda sonning to' rt boshli mushagining payiga urilganda, oyoklar tizza bo' g‗imida yoziladi).
- shoxsimon yoki korneal refleks - (yumshoq qog‗oz yoki paxta bilan ko' zning shox pardasiga tegilsa qovoqlarning yumilishi kuzatiladi);
- kon'yunktival (yuqoridagidek kon'yuktivalar bilan chaqiradi);
- orbikulopalpebral refleks - barmoq bilan orbitani yuqori yoyiga urib ko' rilganda, ikkala tomon qovoqlari yumiladi.
Tranzitor reflekslar - tug‗ilgandan keyin paydo bo' ladi, ammo ma'lum yoshga kelib asta sekinlik bilan yo‘qolodi. Ularning qatoriga kiradi:
- og‗iz-ustun reflekslari (uzunchoq miyada yoy tugallanadi);
- spinal reflekslar (orqa miyada yoy tugallanadi);
- mieloentsefal pozotonik reflekslar (uzunchoq va o' rta miya markazlari tomonidan tartibga solinadi);
Shartsiz reflekslarni tekshirish natijalarini baholash
Bolaning yoshini inobatga olib refleksning paydo bo' lish va yo' qolish vaqti, simmetrik ekanliginiinobatga olish zarur. Me'yoriy asab-ruhiy rivojlanayotgan bolada shartsiz reflekslo' z vaqtida paydo bo' lib, o' z vaqtida yo‘qolodi. Tekshiruvlardagi reflekslarning buzilishi quyidagilardan iborat:
1) ma'lum yoshda reflekslarning bo' lmasligi asab-ruhiy rivojlanishni kyechikish belgilaridan xisoblanadi;
2) agar bolada shu yoshida mavjud bo' lmasligi kerak bo' lgan reflekslar aniqlangan bo' lsa, ular patologik xisoblanadi. Shuning uchun ifodalangan barcha me'zonlarni baholagandan so' ng, shartsiz reflekslarni namoyon bo' lishi bola yoshiga mosligi bilan solishtirilishi kerak.
Bolalar psixik-asab tizimi kasalliklari.
Nevrozlar. Nevrozlar 3 turda bo`ladi: nevrosteniya, isteriya, psixosteniya.
Nevrosteniya nevrozi. Bu kasallik ko`pincha zehnli, o`ta ishchan, qobiliyatli o`smirlarda aqliy zo`riqish tufayli kelib chiqadi.O`smir injiq, serjahlli bo`lib qoladi, boshi og`riydi, uyqusi buziladi, tez charchaydi, xotirasi pasayadi, o`zining bilim va qobiliyatiga ishonchsizlik paydo bo`ladi, bajargan ishini qayta-qayta ko`zdan kechiradi, natijada aqliy va jismoniy charchash-zo`riqish toboro kuchayaveradi.
Isteriya nevrozi. Bu kasallik fikrash qobiliyati uncha rivojlanmagan, oilada tarbiyasi noto`g`ri bo`lgan, erkatoy, fe`l-atvorida xudbinlik, o`jarlik nuqsonlari bo`lgan bolalar va o`smirlarning ruhiy zo`riqishi natijasida yuzaga keladi. Bola, o`smir ota-onasi, o`qituvchisi, atrofdagilarning aytganlarini o`jarlik bilan teskarisini qiladi. Maktabga o`z vaqtida borish, darslarga faol qatnashish kabi taklifga baqirish, yig`lash, qo`l-oyoqlarini tipirchilatib talvasa qilish, qornida, yuragida og`riq paydo bo`ldi, deb bahona qilish yoki ko`rpaga o`ralib, hech kim bilan gaplashmasdan yotib olish kabi yoqimsiz fe`l-atvorlar bilan ajralib turadi. Kuzatuvlarga qaraganda bunday o`smirlar ulg`ayganida o`jar, urushqoq, qonunbuzar, har xil bahonalar bilan o`zini kasallikka solib shifoxona xodimlarining ham asabini egovlaydigan bo`ladilar.
Psixasteniya nevrozi. Aksariyat hollarda bu kasallik tinch-totuvligi bo`lmagan, vahimalar bilan yashaydigan oilalarning bolalarida uchraydi.Bunday bola-o`smirda hayajonlanish kuchli bo`ladi. Masalan, o`qituvchi doska oldiga chaqirib, o`tilgan mavzuni so`raganida hovliqib, qo`rqib o`zini yo`qotibquyadi.Bu kasallikka uchragan ayrim o`smirlar o`ta oriyatli bo`lib qoladi. Shu sababli ular tinimsiz aqliy mehnat bilan shug`ullanadi.Buning natijasida ruhiy charchash tobora kuchayib boradi, o`ta charchash tufayli xotirasi pasaya boradi.Buning oqibatida u o`zini noqulay his etib, maktabga bormay qo`yadi.U ko`chalarda daydib yuradi, kechalari ko`rpaga o`ralib yig`laydi.O`zidagi kechinmalarni ota-onasiga aytishdan xijolat tortadi.
Tibbiy yordam. Nevrosteniya, isteriya, psixasteniya nevrzlarining belgilari nomoyon bo`lgan bolalar va o`smirlarning ota-onalari poliklinikaning asab-ruhiy kasalliklari shifokoriga ko`rsatishlari kerak. Ularga tinchlantiruvchi dorilar, vitaminlar, fiziterapiya muolajalari tavsiya qilinadi. Eng muhimi kun tartibini gigiyena qoidalari asosida tashkil etish, ko`proq ochiq havoda sayr qilish, jismoniy tarbiya va yengil sport mashg`ulotlari bilan shug`ullanish kabilarga e`tiborni kuchaytirish lozim. Duduqlanish. Bolalarda ucharydigan nevrozning bir ko`rinishi bo`lib, aksariyat hollarda 1-3 va 7-8 yoshdagi bolalarda uchraydi.
Sababi. Qo`rqish, shikastlanish.
Belgilari: Gapirgan paytda bolaning yuz, jag` muskullari tirishib, gapirishi qiyinlashib, duduqlanib qoladi, shu bois u gapirmaslikka intiladi.Bunday bolaga baqirganda, qo`pol muomula qilganda duduqlanish holati yanada kuchayadi.
Tibbiy yordam.
Bunday bolalar poliklinakaning logoped mutaxassisi nazoratida bo`lishlari kerak. Ularga tinchlantiruvchi dorilar: brom, valerianaa, vitaminlar tavsiya etiladi.Ularga logoped tomonidanmaxsus mashg`ulotlar o`tkaziladi.Bunday bolalarga yaxshi muomala qilish, oilada janjallarni bartaraf etish lozim.
Bolalarda psixik-asab buzilishlarining oldini olish.
1.Bolalarni yoshligidan oilada, bog`chada, maktabda gigiyena talabi asosida tuzilgan kun tartibiga mal qilishga odatlantirish.
2.Bolaga va uning yaqinida baqirmaslik, kattalar bir-birlari bilan janjallashmasliklari kerak.
3.Bolaning fe`l-atvorida sodir bo`layotgan har bir o`zgarishni ota-ona, murabbiy va o`qituvchilar tomonidan sinchkovlik bilan nazorat qilish, ularni bartaraf etishga qaratilgan tibbiy-pedagogik chora-tadbirlarni amalga oshirish.
4.Bolani shikastlanishlardan saqlash.
5.Bolada gripp, angina, tish, quloq, gijja, xoreya, ichak va boshqa kasalliklarning belgilari sezilishi bilanoq mutaxassis shifokorlarga ko`rsatish va davolatish.
Nevroz — rivojlanish sabablari va mexanizmlari
Nevroz, psixonevroz, nevrotik buzilish, nevroz kasalligi (qadimgi yunon. νεῦρον «asab» dan yangi lot. neurosis) — uzoq davom etadigan funktsional psixogen buzilishlar majmuasi. Bunday buzilishlarning klinik tasviri astenik, o‘rnashib qoladigan fikrlar yoki jazava belgilari, shuningdek, aqliy va jismoniy mehnat qobiliyatining vaqtinchalik pasayishi bilan ta‘riflanadi. Barcha hollarda psixogen omillar bu nizolar (ichki yoki tashqi), psixologik travmaga olib keladigan vaziyatlar ta‘siri, stress yoki uzoq vaqt mobaynida psixika hissiy va aqliy sferasining zo‘riqishi bo‘ladi.
«Nevroz» tushunchasi tibbiyotga 1776-yilda shotlandiyalik shifokor Uilyam Kallen tomonidan kiritilgan. Terminning mazmuni qayta-qayta boshqatdan ko‘rib chiqilgan, lekin hozirgacha uning umume‘tirof qilingan ta‘rifi yo‘q. Shuni ham ta‘kidlab o‘tish kerakki, tibbiyot va biologiyada oliy asab faoliyatining turli funktsional buzilishlari ham «nevroz» deb nomlanadi.«Nevroz» termini hozirda Amerika Qo‘shma Shtatlarida professional psixiatrik hamjamiyat tomonidan ishlatilmaydi. Amerika psixik buzilishlar diagnostik va statistik qo‘llanmasining 1980 yilda DSM-III uchinchi nashridan boshlab «nevrozlar» bo‘limi bekor qilindi. Misol uchun, depressiv nevroz o‘rniga distimik buzilish, obessiv-kompulsiv nevroz o‘rniga obessiv-kompulsiv buzilish, ipoxondrik nevroz o‘rniga ipoxondriya kiritildi. I. P. Pavlov o‘zining fiziologik ta‘limoti doirasida nevrozni noadekvat kuch va tashqi qo‘z‘g‘atuvchilar ta‘siri tufayli miya po‘stlog‘ida o‘ta zo‘riqish natijasida oliy nerv faoliyatining surunkali uzoq vaqt buzilishi deb belgilangan. XX asr boshlarida «nevroz» klinik atamasini nafaqat odamlarga, balki hayvonlarga nisbatan ham qo‘llash ko‘p bahs-munozaralarga olib keldi. Psixoanalitik nazariyalar nevrozni va uning alomatlarini asosan chuqur psixologik nizo natijasi sifatida ifodalaydi. Bunday nizo insonning asosiy ehtiyojlarini qondirishga to‘sqinlik qiladigan va uning kelajagiga tahdid soladigan, inson unga qarshi kurashadigan, lekin yenga olmaydigan uzoq vaqt saqlanadigan ijtimoiy vaziyatlar sharoitida shakllanadi deb taxmin qilinadi.
Zigmund Freyd bunday nizolarni «Id»ning instinktiv talablarni jamiyatdagi odob-axloq va me‘yorlarni nazarda tutadigan «Super-Ego» tomonidan bostirilishidagi fundamental qarshiliklarda ko‘rgan. Karen Xorni hisoblashicha, nevrozning fundamental nizosi — shaxsning mos kelmaydigan himoya tendentsiyalari o‘rtasidagi qarama-qarshilikning natijasidir. Xorlik, ijtimoiy izolyatsiya, ota-onalarning mutlaq boshqaruvchi mehr-muhabbati, beparvo va tajovuzkor munosabat kabi noqulay ijtimoiy omillardan himoyalanish uchun, bola «odamlar tomon», «odamlarga qarshi» va «odamlardan nari» yo‘nalishlarga asoslangan himoya usullarini shakllantiradi.
Odamlar tomon harakat qilish, asosan, bo‘ysunish, sevish, himoya qilishni ifodalaydi. Odamlarga qarshi harakatlar odamlar ustidan hokimiyat o‘rnatishga, shuhratga, tan olinishga,muvaffaqiyatga, kuchli bo‘lishga va hayot bilan kurashishga intilishni ifodalaydi. Odamlardan nari harakati mustaqillik, erkinlik, odamlardan holi bo‘lish zaruriyatini ifodalaydi.Nevrotik bemor bir vaqtning o‘zida barcha uch tendentsiyalarga ham moyil bo‘ladi, lekin ulardan biri ustunroq bo‘ladi, shuning ustun nevrotiklarni «bo‘ysunuvchi», «tajovuzkor» va «ajralgan» turlarga tasniflash mumkin. Karen Xorni himoya tendentsiyalari o‘rtasidagi qarama-qarshiliklarning sababi bo‘lgan muammolarga katta e‘tibor bergan. Umuman olganda, bugungi kunda ham psixologik omillar (shaxsning xususiyatlari, uning kamolotga yetishi va tarbiya topishi sharoitlari, jamiyat bilan aloqalarni o‘rnatish shartlari, intilishi darajasi), ham biologik omillar (muayyan psixogen ta‘sirlarga nisbatan zaifroq qiladigan ma‘lum neyromediator yoki neyrofiziologik tizimlarning funktsional tanqisligi) nevroz rivojlanishiga turtki bo‘ladigan omillar sifatida qaralmoqda.
NEVROZNING BOSHQA KASALLIKLAR VA ALOMATLAR BILAN ALOQASI
Bosh og’rig’i
Bosh og‘rig‘i turli xil aqliy holatlarda va kasalliklarda uchraydi. Odatda u emotsional zo‘riqish yoki o‘z his-tuyg‘ularni bostirish (masalan g‘azabni) hollarida paydo bo‘ladi. Bundan tashqari, bosh og‘rig‘i gallyutsinator (psixalgiya) bo‘lishi mumkin.
Vegetotomirli distoniya
Vegetotomirli distoniya — bu vegetativ asab tizimi faoliyatining buzilishidir. Aqlga bo‘ysunadigan va mushaklarni boshqaradigan somatik nerv tizimidan farqli o‘laroq, vegetativ asab tizimi avtomatik ravishda ishlaydi va organizmning a‘zolari va tizimlari faoliyatini ta‘minlaydi. Xavf tug‘ilganda vegetativ asab tizimi xavfni yengish uchun organizmning kuchlarini safarbar qiladi (masalan, qon bosimini oshiradi). Agar odam tez-tez xavfli deb hisoblangan vaziyatga faol javob qaytara olmasa (masalan, ijtimoiy omillar tufayli) va o‘zining xavotirini bostirishga majbur bo‘lsa, shuningdek, xavfli bo‘lmagan ko‘p vaziyatlar unda qo‘rquv hissini uyg‘otsa (yoki u panik xujumlardan aziyat chekayotgan bo‘lsa), avtonom asab tizimi noto‘g‘ri ishlay boshlaydi, xatolar to‘planib boradi va muvozanatning yo‘qolishi yuzaga keladi, bu VTDning bevosita belgilari bilan bir qatorda turli a‘zolar ishining buzilishiga sabab bo‘ladi.
Panik buzilishlar, fobiya, tashvish hissi Turli xavotirli buzilishlar (panik xujumlar, fobiya, doimiy tashvish) odatda nevroz bilan birga kechadi.
Nevroz kasalligini davolash
Nevrozlarni davolashning ko‘p usullari va nazariyalari mavjud. Nevrozni davosi antidepressantlar va trankvilizatorlar yordamida psixoterapiya va medikamentoz terapiyaga asoslanadi. Nevroz va nevrotik reaktsiyalarni davolashning asosiy usuli psixoterapiya hisoblanadi. Hozirgi vaqtda psixoterapevtik yordamning ko‘plab yo‘nalishlari va usullari mavjud. Ular patogenik (nevrozning sabablari va uni shaxsda ushlanib turishi jarayoniga ta‘sir ko‘rsatadigan) va simptomatik yoki yordamchi (ular faqat patogenik uslublar bilan birgalikdagina samarali bo‘lib, o‘zlari faqat alomatlarni yengillashtiruvchi vaqtinchalik ta‘sir ko‘rsatadi) turlarga bo‘linadi. Patogenetik uslubi psixodinamik, ekzistentsial, interpersonal, kognitiv, tizimli, integrativ, geshtalt-terapiyani o‘z ichiga oladi. Simptomatik usublarga esa xulq-atvor, gipnoz, tana-yo‘naltirilgan, ekspozitsion terapiya, nafas olish mashqlari, art-terapiya, musiqa terapiyasi va boshqalar kiradi. Nevroz insonning tiklanadigan holati bo‘lib, psixoterapevtik davolanishiga yaxshi bo‘ysunadi. hech qanday holatda nevrozni davolashning asosiy shakli sifatida qaralmaydi.
Asab
Download 54,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish