65 Buxoro savdo ko'chalari, timlari va toqlari arxitekturasi haqida umumiy ma'lumot bering. Sxematik chizmalar bilan ma'lumotlarni to'ldiring.
Buxoro qadimgi va me’moriy jihatdan beqiyos shaharlardan biridir. 1997-yilda uning 2500 yillik yubileyi nishonlandi. Buxoro zardushtiylar davrida Buxxor — «ilmlar markazi» sifatida mashhur bo‘ lgan. Islomiyat davrida u «Buxoroyi Sharif» deb ulug‘ langan, «Qubbatil islom» unvoni bilan sharaflangan. YUNESKO tomonidan jahon madaniyat merosi xazinasiga kiritilgan. Buxoro zaminida Abu Nasr ibn Muhammad Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Abdullo Jafar Rudakiy, imom Buxoriy, Bahouddin Naqshbandiy singari buyuk allomalar, jahonga mashhur ko‘plab insonlarga beshik bo‘lgan.Buxoro Markaziy Osiyodagi Buyuk ipak yo‘lida joylashgan va iahon madaniyatida, tarixida o‘ziga xos qiyofasi, madaniy meros obyektlari arxitektura yodgorliklari bilan ajralib turadigan eng qadimiy shaharlardan biridir. Buxoro shahri osmon ostidagi ulkan muzey, tirik kitobdir. Buxoro shahrining m e’morchilik tarixi uning g ‘arb tomonidan sharq tomoniga qarab davom etadi. Shahar obidalari tarixi g ‘arbda Ark madaniy meros obyekti va Ismoil Somoniy maqbarasidan boshlansa, Poyi Kalon me’moriy ansabli, savdo rastalari - «toq» va «tim» lar, Labi hovuz arxitekturaviy ansambli va boshqalar orqali borib Chor Minor madrasasiga taqaladi. XVII asrga kelib Buxoro tarixiy shahar sifatida, asosan shakllanib bo’ldi. Shayboniylar sulolasi hukumronligi davrida Buxoro shahristoni kengaytirilib, ark uning ichida qolib ketgan. Abdullaxon shahar devorlari, darvozalari va fasllarni qayta qurdirgan18. XVI asrda Joybor shayxlariga tegishli bo’lgan shaharning janubi g’arbidagi hudud ham qo’rg’on devor bilan o’ralib, shahar tarkibiga kiritiladi. Bu bilan shaharning so’nggi, eng kengaygan holatdagi ko’rinishini oldi. Bu davrda shaharda o’n bir darvoza bo’lib, ulardan biri – Shayx Jalol darvozasi nisbatan yaxshi saqlanib qolgan. Shahar tarxida uning oldingi tizimi o’z izini qoldirgan. Buxoroning tarixiy qiyofasini ko’p jihatidan bir qancha shahar ichidagi va tashqarisidagi majmualar belgilaydi. Buxoro markazi yaxlit, ulkan majmua ko’rinishiga ega. U asosan, ilk o’rta asrlardagi shahristonning g’arbiy va janubiy ko’chalarini egallagan. Markaz g’arb tarafidan Poyi Kalon majmuasidan boshlangan. Toqi zargaron chorsusi shahristonning markazini ifodalaydi. Undan sharqda, ko’chaning ikki tarafidan Ulug’bek va Abdulazizxon madrasalari o’rin olgan. Zargarlar chorsusining janubida Abdullaxon timi joylashgan. XX asr boshlarida bu yerlarda karvonsaroylar va do’konlar bir birlariga tutashib, zich turishgan edi. Ular bizgacha yetib kelmagan. Shahristonni ilk o’rta asrlardagi darvoza, keyinchalik darvoza o’rnida hosil bo’lgan nursimon ko’chalar tugunini Toqi telpakfurushon mustahkamlaydi. Zargarlar chorsusi chorrahani shaharsozlik jihatidan mustahkamlash masalasi hal etilgan bo'lsa, telpakfurushlar toqisida ancha murakkab muommo- olti ko'cha tarqatadigan bino barpo etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |