1. Arizachi Xamitova Shodiyona Meliboevna sudga ariza bilan murojaat etib, unda farzandi 1988 yilda tug‘ilgan Xamitov Asror Maxkamovichni muomalaga layoqatsiz deb topishni so‘ragan



Download 19,29 Kb.
Sana13.02.2022
Hajmi19,29 Kb.
#446457
Bog'liq
F


KAZUSLAR:
1. Arizachi Xamitova Shodiyona Meliboevna sudga ariza bilan murojaat etib, unda farzandi 1988 yilda tug‘ilgan Xamitov Asror Maxkamovichni muomalaga layoqatsiz deb topishni so‘ragan.
Sud majlisida Sh.Xamitova arizani quvvatlab, farzandi Asror bolalikdan nogironligini, tibbiy shifokorlar tashxisiga ko‘ra, unga aqliy zaiflik tashxisi qo‘yilganligini, 2010 yildan beri mehnatga layoqatsizligini, 2-guruh nogironi ekanligini, o‘zgalar parvarishiga muhtojligini, uni hozirda qarash uchun o‘zidan tashqari hech kimi yo‘qligini, davolash bo‘yicha ko‘rilgan choralar natija bermaganligini bayon qilib, suddan farzandi 1988 yilda tug‘ilgan Xamitov Asror Maxkamovichni muomalaga layoqatsiz deb topishni so‘radi.
Sudga Toshkent shahar Yashnobod tuman Tibbiyot birlashmasi vakili Y.Yaminov o‘zining arizasi bilan murojaat qilib, unda 1988-yilda tug‘ilgan A.Xamitovni muomalaga layoqatsiz deb topish maqsadga muvofiqligini, chunki ekspertiza xulosasiga ko‘ra, u ruhiy kasalligini, o‘zga shaxslarning qaramog‘iga muhtojligini ko‘rsatib, sud majlisini uning ishtirokisiz o‘tkazilishini so‘ragan. Sud ishni Toshkent shahar Yashnobod tuman Tibbiyot birlashmasi vakilining ishtirokisiz ko‘rib chiqdi.
Sud, arizachi, tibbiyot birlashmasi vakilining yozma fikri hamda Yashnobod tuman prokurori yordamchisining arizani qanoatlantirish xaqidagi fikrini tinglab, ish hujjatlarini o‘rganib chiqib, mavjud asoslarga ko‘ra, arizani qanoatlantirishni lozim topdi.
Yuqorida keltirilgan kazusni tahlil qiladigan bo’lsak, berilgan fuqarolik ishi O’zR FPK 293-modda 4-bandiga asosan fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb topish haqidagi ish bo’ganligi sababali alohida ish yuritish tartibida ko’riladigan ishlar tarkibiga kiradi. Bunday vaziyatda berilgan kazusdagi protsessual harakatlar FPKning 31-bobida keltirilgan normalarga asosan amalga oshirilishi lozim. Jumladan, fuqaro Xamitova sudga ariza bilan murojaat etib, unda farzandi 1988 yilda tug‘ilgan Xamitov Asror Maxkamovichni muomalaga layoqatsiz deb topishni so‘ragan. FPK 310-moddasiga muvofiq, muomalaga layoqatsiz deb topish haqidagi ish uning oila a’zolari, vasiylik va homiylik organlari, prokuror, davolash muassasalari va boshqa davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda jamoat birlashmalari bergan arizalar bo‘yicha qo‘zg‘atilishi mumkin. Demak, bunday vaziyatda fuqaro Xamitova farzandini muomalaga layoqatsiz deb topish to’g’risida ariza berishi to’g’ri. Arizaning mazmuni ham FPKning 311-moddasi talablariga to’g’ri keladi, jumladan, arizada farzandi Asror bolalikdan nogironligini, tibbiy shifokorlar tashxisiga ko‘ra, unga aqliy zaiflik tashxisi qo‘yilganligini, 2010 yildan beri mehnatga layoqatsizligini, 2-guruh nogironi ekanligini, o‘zgalar parvarishiga muhtojligini, uni hozirda qarash uchun o‘zidan tashqari hech kimi yo‘qligini, davolash bo‘yicha ko‘rilgan choralar natija bermaganligini bayon qilib, suddan farzandi 1988 yilda tug‘ilgan Xamitov Asror Maxkamovichni muomalaga layoqatsiz deb topishni so‘radi.
O’zR FPK 312-moddasiga muvofiq, sudya arizani olgach, ishni sud muhokamasiga tayyorlash tartibida fuqaroning ruhiy holati buzilganligi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) to‘g‘risida yetarli ma’lumotlar mavjud bo‘lsa, uning ruhiy ahvolini aniqlash uchun sud-psixiatriya ekspertizasini tayinlaydi. Fuqaro sud-psixiatriya ekspertizasini o‘tishdan bosh tortganda sud uni majburiy tarzda ekspertizaga yuborish to‘g‘risida ajrim chiqarishi mumkin. Demak, berilgan kazusga ko’ra, sudya sud-psixatriya ekspertizasini tayinlashi shart bo’lgan, shu sababli sudning bunday protsessual harakatni amalga oshirmaganligi qonunga nomuviq hisoblanadi. Kazusda Toshkent shahar Yashnobod tuman Tibbiyot birlashmasi vakili Y.Yaminov mutaxassis sifatida o‘zining arizasi bilan sudga murojaat qilib, unda 1988-yilda tug‘ilgan A.Xamitovni muomalaga layoqatsiz deb topish maqsadga muvofiqligini, chunki ekspertiza xulosasiga ko‘ra, u ruhiy kasalligini, o‘zga shaxslarning qaramog‘iga muhtojligini hamda sud majlisini uning ishtirokisiz o‘tkazilishini so‘ragan. Fuqaro Y.Yaminov qaysi ekspert xulosasiga ko’ra fuqaro A.Xamitovni muomalaga layoqatsiz deb toppish maqsadga muvofiqligini ta’kidlayapti? Agar ekspert sud tomoniday tayinlangan bo’lsa bunda bu maqsadga muvofiq, agar bunday bo’lmasa bu ekspertning xulosasi hech qanday yuridik ahamiyat kasb etmaydi. Chnuki, bu FPk 312-moddasi talablariga mos emas.
Ana endi fuqaro Y.Yaminovning suddagi ishtiroki masalasiga keladigan bo’lsak, 313-modda 2-qismiga muvofiq sud fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb topish to‘g‘risidagi ishni prokuror hamda vasiylik va homiylik organining vakili ishtirokida ko‘rib chiqadi. Ishi ko‘rib chiqilayotgan fuqaro, agar uning sog‘lig‘i holati imkon bersa, sud majlisiga chaqiriladi. Demak, sud majlisida ariza bergan shaxs – fuqaro Xamitova Shodiyona Meliboevna, prokuror hamda vasiylik va homiylik organining vakili ishtirokida ko’rishi lozim. Ammo Tibbiyot birlashmasi vakilining suddagi ishtiroki shat emas, sud ishni o’zi tayinlagan sud-psixatriya ekspertizasi xulosasiga ko’ra ko’rishi lozim.
Shu o’rinda sudda prokurorning ishtiroki masalasini ham yoritib o’tish maqsadga muvofiq. Prokurorning huquq va majburiyatlari FPK 50-51-moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasining 29.08.2001-yildagi “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonuni normalarida keltirilgan. Prokuror sud protsessining boshqa ishtirokchilari bilan teng huquqlardan foydalanib, sudyalarning mustaqilligi hamda protsessual qonunchilik normalariga qat’iy rioya etish prinsipiga amal qilishi shart. Sudning hukmi, hal qiluv qarori, ajrimi va qarori qonuniy kuchga kirgan har qanday ishni prokuror o‘z vakolatlari doirasida suddan talab qilib olish huquqiga egadir. Prokuror yoki uning topshirig‘iga binoan prokuratura organlarining boshqa xodimlari sudlarda bunday ishlarning har qanday toifasini o‘rganib chiqish huquqiga ega. Prokuror protsessual qonunda belgilangan tartibda o‘z vakolatlari doirasida sudning hukmi, hal qiluv qarori, ajrimi va qaroriga protest keltiri
Download 19,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish