Akvapark nomi
|
Dam olish vaqti
|
Kattalar uchun
|
Bolalar uchun
|
1
|
“Akvapark” (mo‘ljal: “Tashkentlend”, teleminora)
|
3 soat
|
40 000
|
20 000
3 dan 11 yoshgacha
|
2
|
Aqualand (“Chinobod” sanatoriysi)
|
3 soat
|
30 000
|
15 000
3 dan 10 yoshgacha
|
3
|
Fun food village (Chirchiq shahri, Navoiy ko‘chasi)
|
kun bo‘yi
|
50 000
|
25 000 (80−120 sm)
|
4
|
“Solnechniy gorod” (Sirg‘ali dahasi)
|
kun bo‘yi
|
50 000
|
30 000
3 dan 12 yoshgacha
|
5
|
Limpopo (Furqat nomidagi istirohat bog‘i)
|
1 soat
2 soat
3 soat
|
20 000
25 000
30 000
|
10 000
13 000
15 000
3 dan 12 yoshgacha
|
6
|
“Oazis” (Yangiyo‘l shahri)
|
kun bo‘yi
|
33 000
|
16 000
3 dan 12 yoshgacha
|
7
|
Water Park (Yunusoboddagi “Zenit” zavodi)
|
3 soat
|
26 000
|
14 000
3 dan 11 yoshgacha
|
8
|
Atlantic (Sirg‘ali dahasi)
|
kun bo‘yi
juma, shanba, yakshanba
ish kunlari
|
50 000
30 000
|
3 dan 12 yoshgacha 25 000
15 000
|
10-Modul. Turli kategoriyadagi turistlar bilan ishlash.
Reja:
1. Turistlar klassifikatsiyasi va turli kategoriyadagi turistlar bilan ishlash.
2. Turistlarning turli yosh guruhlari bilan ishlash.
3. Dam olish faoliyatiga munosabati bo’yicha turistlar turlari.
4. Mehmonxonalarda bolalar uchun animatsiya.
5. Turistlarning etnik tasnifi.
1. Turistlar klassifikatsiyasi va turli kategoriyadagi turistlar bilan ishlash
Turistlarning qiziqishlari ko’plab omillarga bog’liq: yoshi, jinsi, millati, ta'lim darajasi, daromad darajasi, xizmat manfaatlari va boshqalar.
Masalan, daromad darajasining ortishi bilan bir qatorda dam olish faoliyatiga qilinadigan harajatlar ham ortadi. Oilaning qanchalik darajada yaxshiroq va qiziqarliroq dam olishlari uchun imkoniyatlari yuqori daromadi bilan belgilanadi. Turistik faoliyat, shuningdek, bo’lajak iste’molchilarning ta'lim darajasiga ham bevosita bog’liq. O'rta ta'lim olgann kishilar ko'proq aktiv turizm bilan shug’ullanishni afzal ko’rishadi. Oliy ma'lumotli odamlar ko’proq intellektual dam olishga moyil bo’lishadi. Albatta, animatsiya xizmati iste'molchilari aniq daromad guruhiga mansub bo’lishlari, yoshi, jinsi va mashg’uloti jihatidan bo’linishlari talab etilmaydi, siz buni faqat shartli ravishda qabul qilishingiz mumkin.
Misol uchun, ayrim ishchilar nisbatan yuqori daromad olishi mumkin, lekin ularning dam olish ehtiyojlari ma'muriy xodimlar yoki katta biznes vakillari talablaridan ancha farq qilishi mumkin. Shu bilan birga, animator turistlarni tasnifini bilishi va mijozlarning manfaatlarini hisobga olgan holda dasturlarini rejalashtirishi kerak, zotan, ushbu dastur guruhdagi turistlarning barchasi uchun mos tushishi lozim.
Animatsion taklif barchani rozi qilishi uchun animator juda ko’p narsalarni bilishi lozim. Turistik guruh vakillari talabalar, keksalar, ekstremal turistlar, quyoshda toblanishni yoqtiruvchilar va boshqalar bo’lishi mumkin.
Shu bilan birga, qisqa muddat ichida turistlarning sayohat davomida nimani kutayotganligini bilish qiyinchilik tug’diradi. Quyidagi qoidalariga rioya qilinsa, bu vaziyatdan chiqib ketish imkoniyati mavjud bo’ladi:
- Xizmatning barcha bosqichlari (yo’llanmani olayotgan vaqtda, mehmonxonaga joylashgan vaqtda, suhbat jarayonida)da sayyohlar haqida (yoshi, jinsi, millati, faoliyat darajasi, sevimli dam olish faoliyati) ma'lumot olish.
- Animatsion dasturni to’g’ri tanlash uchun turistlarning klassifikatsiyasini aniqlash va bilish.
- Turli toifadagi turistlar uchun mo'ljallangan dasturlarni zahirada saqlash.
Turanimator animatsion dasturlarni ishlab chiqishda turistlarning yosh xususiyatlarini hisobga olishi kerak. Bu sizga ular bilan ishlashning to'g'ri shaklini tanlashga imkon beradi, dam olish qiziqarli va to’liq amalga oshishi uchun eng samarali usul aktiv va passiv dam olishni umumlashtirishdir.
Turistlarni etnik tomonidan tasniflash mumkin. Turli millat va elat vakillari uchun animatsiya dasturlarini tuzishda odamlarning tasodifan hafa qilib qo’ymaslik uchun ayniqsa, ehtiyot bo'lish kerak, ularning milliy an'analarini bilish va uni hisobga olish muhim.
Turli xil dasturlarni barcha jinsdagi turistlar uchun taklif qilkish mumkin. Yoki dasturlar faqat ayollarga hamda faqat erkaklarga mo’ljallangan bo’lishi mumkin.
Biroq, eng asosiysi, turistlarning yosh jihatdan tasniflashdir:
0-2 yosh – go’daklar (emizikli bolalar)
3-8 yosh - maktabgacha bolalar
9-18 yosh – maktab o'smirlari
18-25 yosh - yoshlar, talabalar
26-64 yosh – yoshi katta insonlar
65 va undan katta - keksa va nafaqaxo’rlar.
Mehmonxonalarda dam oluvchilarning asosini yoshlar yoshlar tashkil etishmoqda /30 yoshgacha bo’lgan yoshlar/. Bular maktab o'quvchilari, talabalar hamda sport jamoalaridir. Ular juda faol odamlar va ular uchun asosiy narsa - bu o’zlarining dam olishlarini qiziqarli va zavqli o’tkazishdir. Shuning uchun animatsiya faoliyatini amalga oshiruvchi animatsiya jamoasi birinchi navbatda aynan ushbu turistik turkumga kiruvchilarga e’tibor qaratmoqda.
Yoshlarni ikki yosh toifasiga ajratsa bo'ladi: 18 yoshdan 24 yoshgacha va 25 yoshdan 34 yoshgacha. Bu toifadagi turistlarning imkoniyati yuqori bo’lishadi va yetarlicha ta’sir o’tkaza olishadi. Ushbu toifada ham turli xildagi turistlar guruhi vakillari bo’lishi mimkin: nisbatan turmush qurish, oilada birinchi farzandning dunyoga kelishi, katta bo’lmagan uy xo’jaligi, kar’yerani ustun qo’yish kabilar oilaning katta a’zolari uchun muhim bo’lishi mumkin.
Turistik bozorda yoshlar guruhining ikkita umumiy guruhlari mavjud: yolg’iz yoshlar va farzandsiz yosh oilalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |