3. Yangi animatsiya dasturlarni ishlab chiqish jarayoni
Mutaxassis-animatorlar guruhi shu narsani doimo yodda tutishi kerakki, animatsiya dasturlari ma’lum hayot siklimi bosib o’tadi. Madaniy ko’ngilochar va dam olish xizmatlari bozorida jon saqlab qolish uchun, doimo yangi animatsiya dasturlari ishlab chiqish, original bayram namoyishlarini tashkil etish, teatrlashtirilgan tomoshalar yaratish lozim bo’ladi. Bu ishlar muayyan bosqichlarda amalga oshiriladi:
G'oyalar. Yangi animatsiya dasturlarini yaratish bo’yicha mutaxassis-animatorlar, rejissyorlar, yozuvchi va boshqalarning g'oyalari va fikrlari.
G'oyani saralash. G’oyalarning maqsadi, o'ziga xosligi, dolzarbligi, originalligi, dolzarbligiga qarab yangi g'oyalarni ajratish.
Sinovdagi animatsiya dasturlarini rivojlantirish. Animatsiya dasturini yangi o'yin elementlari, musiqiy va adabiy kompozitsiyalar, teatr, liboslar bilan bezash va to’ldirish. Tayyorgarlik mashg'ulotlari faqatgina sinov dasturlaridan keyin o'tkazilinadi.
Animatsiya dasturini tahlil qilish. Sinov muddatidan keyin mijozlarning ehtiyojini qondirish darajasini aniqlash uchun sahnada animatsiya dasturini o’tkazuvchi animatorlarning ishini tahlil qilish zarur.
Animatsiya dasturini realizatsiya qilish. Yangi dastur ko'ngilochar xizmatlar bozoriga joriy etiladi. Mutaxassis-animatorlar muntazam ravishda bildirilgan fikrlar asosida animatsion dasturni rivojlantirishi, yangi o'yin elementlarini joriy etishi lozim bo’ladi.
4. Animatsion dasturning asosiy xususiyatlari
Animatsion dasturning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1. Idrokning mavjudligi animatsiya dasturining sayyohlar turli yosh guruhlariga, ularning ijtimoiy mavqeiga, yilning vaqtiga, joyiga mo’ljallanganligini idrok nuqtai nazaridan ko'rsatadi.
2. Idrok muhiti. Animatsiya dasturi turistning kayfiyati va hissiy holati, taassurotlari orqali idrok qilinadi.
3. Turistlar va mutaxassis-animatorlarning o'zaro ta’siri. Mutaxassis-animatorlar xizmat ko’rsatish tizimida asosiy rolni egallaydi, ular animatsiya dasturining boshlanishidan to tugashigacha bo’lgan barcha jarayonlarni diqqat bilan o’rganishi lozim, barcha jarayonda tomoshabinlar ishtirok etishini unutmaslik kerak.
4. Animatsiya dasturida ishtirok etish jarayonida turistlar o'rtasidagi o'zaro ta’sir. Turistlar dasturni nafaqat tomosha qilishadi, balki ular voqealar rivojida faol qatnashib, o’zaro munosabatlarga kirishishadi hamda tashabbus ko’rsatishadi.
5. Dasturda ishtirok etuvchi turistlarning bevosita his-tuyg’ulari ta’siri. Dastur namoyishi hamda unda turistlarning ishtiroki o’zi xos kayfiyatni yuzaga keltiradi hamda yaxshi kayfiyat va hissiy o’sish kuzatiladi.
Animatsiya faoliyatining muhim tamoyillaridan biri turistlarning animatsiya tadbirlarida faol ishtiroki bilan ta`riflanadi, ular nafaqat tomoshabin sifatida, balki ishtirokchilar, tashkilotchilar, tashabbuskor faollar sifatida ishtirok etishi lozim. Turistik korxona va agentliklar turistlar bilan aloqani yaxshi yo’lga qo’ysa, ularning tashabbus, qiziqishlarini hisobga olsa muvaffaqiyat qozonishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |