1. Analizatorlarning umumiy tuzilishi va ahamiyati. Analizatorlarning turlari


Bosh va qo’l-oyoq skeletining o’sishi va rivojlanishi



Download 382,42 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/29
Sana19.03.2022
Hajmi382,42 Kb.
#501402
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29
Bog'liq
2-MA’RUZA Analizatorlar va ichki sekretsiya bezlarining yosh xususiyatlari. Tayanch-xarakat apparatining yosh xususiyatlari va gigienasi. (1)

 
Bosh va qo’l-oyoq skeletining o’sishi va rivojlanishi.
Bosh skeleti.
Bosh skeleti funksiyasi va rivojlanish xususiyatlariga ko'ra 2 
qismga: miya qutisi suyaklari va yuz suyaklariga bo'linadi.
Miya qutisi suyaklariga: ensa suyagi, peshona suyagi, asosiy suyak, 
ponasimon suyak, tepa suyaklari, chakka suyagi, burunning pastki chanoq suyagi, 
ko'z yoshi suyagi, burun suyagi kiradi. Yuz suyaklarigà pastki jag‘ suyagi va til osti 
suyagi kabi toq suyaklar kiradi va yuqori jag‘ suyagi, tanglay suyagi, yonoq suyagi 
kabi juft suyaklari kiradi. Bolalarning bosh skeleti o‘lchami, tanaga nisbatan 
proporsiyasi, birikishi bilan kattalarnikidan farq qiladi.
Bolalarda bosh skeletning yuz qismi miya qutisi qismiga nisbatan kichikroq 
bo‘lib, yosh ortishi bilan bu farq yo‘qola boradi. Bosh skeleti bolaning 2 yoshigacha 
bir tekis o‘sadi. Ensa suyagi bo'rtib chiqadi va tepa suyaklari bilan birga tez o‘sa 
boshlaydi. Yangi tug‘ilgan bola kalla suyaklarining suyaklanish jarayoni 15 
oylikkacha davom etadi. Uning kalla suyaklari bir-biri bilan biriktiruvchi to‘qima 
yordamida tutashadi, bular hqildoq deb ataladi. Liqildoqlar peshonada, ensada, 
chakkada bo'lib, 1,5 yoshda kalla suyaklaridagi liqildoqlar suyaklanib bo‘ladi, 4 
yoshda esa miya qutisining choklari hosil bo‘ladi.
13-14 yoshdan peshona suyagi jadal o‘sadi. Bosh skeletining o‘sishi va 
rivojlanishi 20 yoshdan 30 yoihgacha davom etadi. Maktab yoshidagi bolalarda bosh 
hajmi juda sekin o‘sadi. Qiz bolalarda 13-14 yoshda, o‘g‘il bolalarda 13-15 yoshdan 
tez o‘sa boshlaydi.


Kalla suyaklari choklar yordamida birikadi. Ular uch xil: tishsimon
tangasimon va tekis chok hosil qihb birikadi.
Qo’l skeleti.
Qo’l skeletiga yelka kamarining suyaklari (kurak va o‘mrov 
suyaklari), erkin qo’l suyaklari (elka suyagi, bilak va tirsak suyaklari, panja 
suyaklari) kiradi. Yuqorigi kamar va qo’l suyaklari embrionning uch haftaligidan 
boshlab hosil bo’la boshlaydi. O‘mrov suyagi ontogenezda kam o‘zgaradi. Yangi 
tug’ilgan bolada o‘mrov suyagi faqat to‘sh uchining ozgina qismi tog’ayli, qolgan 
qismi suyakli bo’ladi. To'sh uchida suyaklanish yadrosi 16-18 yoshda hosil bo’ladi. 
Kurak suyagi 21- 25 yoshda, tirsak suyagi 21-24 yoshda, kaft usti suyaklari 19-13 
yoshda, kaft suyaklari 12 yoshda, barmoq falangasi suyaklari 9-11 yoshda 
suyaklanib bo’ladi. Yelka kamari va qo’l suyaklarining suyaklanishi erkaklarga 
qaraganda ayollarda 2 yil oldin tugaydi.
Oyoq skeleti.
Oyoq skeletiga chanoq kamari suyaklari (nomsiz suyaklar) va 
oyoqning erkin suyaklari (son, boldir va panja suyaklari) kiradi. Chanoq kamariga 
ikkita chanoq suyagi kiradi. Chanoq suyagi yonbosh suyagi, quymich suyagi va qov 
suyagidan iborat. Bular suyaklanish natijasida 16-18 yoshda bitta chanoq suyagiga 
birlashadi. Yonbosh, quymich va qov suyaklari quymich kosasi sohasida o‘zaro 
birlashadi. Quymich kosasiga son suyagining yumaloq boshchasi birikib, tos-son 
bo‘g‘imini hosil qiladi. Chanoq suyaklari bir-biri bilan qov birikmasini hosil qiladi. 
Dumg‘aza esa dumg‘aza-yonbosh bo'gimi, shuningdek, boylamlarni birlashtirib, 
chanoq hosil qiladi. Katta va kichik chanoq farq qilinadi. Ayollar chanog‘i shakli va 
kattaligi jihatidan erkaldarnikidan farq qiladi. Ayollar chanog’i serbarroq va 
kaltaroq, suyaklari yupqa va silliq bo’ladi. Kichik chanoq ayollarda kengroq
erkaklarda torroq. Chanoqning kirish teshigi ayollarda kattaroq bo‘ladi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloq bolaning chanog‘i varonkasimon bo‘lib, kichik 
chanoq yaxshi rivojlanmagan, chanoq suyagi tog‘ay qatlami bilan tutashib, uchta 
alohida suyaklardan tashkil topgan bo‘ladi. Uch yoshgacha chanoq suyaklari jadal 
o'sadi. Uch yoshda uning orqa qismi pastga tushib, oldingi qismi ko‘tariladi, natijada 
chanoq gorizontal holatda bo‘ladi. 7-8 yoshda qov va quymich suyaklari tutashadi, 
14-16 yoshda chanoqning 3 ta suyagi quymich kosasida o‘sib, bir butun chanoq 
suyagini hosil qiladi. 20-25 yoshda chanoq suyaklari bir-biri bilan tutashadi. Ana 
shu davrda jismoniy mehnat va jismoniy tarbiyada buni e’tiborga olish kerak. Uzoq 
vaqt noto‘g‘ri o‘tirish yoki tik turish, og‘ir yuk tashish, yaxshi ovqatlanmaslik va 
boshqa noqulay sharoit natijasida chanoq suyaklari noto‘g‘ri birikadi, o‘sishdan 
orqada qoladi.
Oyoqning erkin suyaklaridan son, katta va kichik boldir'suyaklari erkaklarda 
20-24 yoshda, oyoq kaft suyaklari 17-21 yoshda, ayollarda 11-19 yoshda, oyoq 
panjasi falanplari erkaklarda 15-21 yoshda, ayollarda 13-17 yoshda butunlay 
suyaklanib bo'ladi. Oyoq panjasining tagi gumbaz shaklida tuzilgan bo‘lib, u tik 
yurish tufayli hosil bo‘lgan. Odam tik turganda og‘irligi oyoq panjasi gumbazining 
chetlariga tushadi. Oyoq panjasining gumbazi uning boylam apparati va muskullari 
bilan mustahkamlangan. Oyoq panjasi gumbaz shaklida bo‘lganidan odam yurganda 
tana to‘rtkilarini yengillashtiradi, nerv sistemasini silkinishdan saqlaydi. 

Download 382,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish