1. Analizatorlarning umumiy tuzilishi va ahamiyati. Analizatorlarning turlari


Organizmning gumoral boshqaruvida garmonlarning tutgan o’rni



Download 382,42 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/29
Sana19.03.2022
Hajmi382,42 Kb.
#501402
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29
Bog'liq
2-MA’RUZA Analizatorlar va ichki sekretsiya bezlarining yosh xususiyatlari. Tayanch-xarakat apparatining yosh xususiyatlari va gigienasi. (1)

Organizmning gumoral boshqaruvida garmonlarning tutgan o’rni.
Gumoral boshqarilish
– boshqarilishning eng qadimgi shaklidir. Organizmda uning 
hayot faoliyati davomida hosil bo’ladigan ximiyaviy moddalar qonga va 
to’qimalararo suyuqliklarga tushadi. Kimyoviy moddalar organizm suyuqliklari 
bilan tashilib uning organlari faoliyatiga ta’sir etadi, ularning o’zaro aloqasini 
ta’minlaydi. Tananing barcha qismlarini kelishgan faoliyati tufayli organizmni 
yaxlitligi ta’minlanadi, o’zgaruvchan tashqi muhit sharoitiga moslashadi va o’zining 
hayotini ta’min etadi.
Organizm funksiyalarining o’zaro munosabatining koordinasiyasi uning ichki 
hayoti va tashqi xulq-atvorining murakkab boshqarish tizimining uzluksiz ishi bilan 
ta’minlanadi. Odamlarda yuqori darajada takomillashgan qo’zg’atuvchilarga 
beriladigan javob reaksiyalari ancha tez va aniqroq bajarilishini asab tizimi 
boshqaradi. Evolyusiya jarayoni davomida hayot jarayonlarini boshqaruvchi juda 
faol kimyoviy moddalar ishlab chiquvchi ixtisoslashgan organlar tizimi hosil 
bo’lgan. Yuqorida aytilganidek bular ichki sekretsiya bezlaridan ishlab chiqiluvchi 
– gormonlardir.
Kimyoviy moddalarning bunday organizmning funksiyalariga muhim va har 
tomonlama ta’siriga qaramasdan shuni qayd qilish kerakki, boshqarishning bu shakli 


o’zining bajarilishi uchun nisbatan uzoq muddat talab qiladi va organizmning ichki 
va tashqi muhit qo’zg’atuvchilariga tez va aniq reaksiyasini ta’minlay olmaydi.
Umuman olganda, organizmning asab va gumoral mexanizmlari uzviy holda 
ta’sir ko’rsatadi. Organizmda hosil bo’luvchi kimyoviy boshqaruvchilar asab 
hujayralariga ta’sir ko’rsatib uning holatini o’zgartiradi. Asab tizimining holatiga 
ichki sekretsiya bezlaridan ajraladigan gormonlar ham ta’sir ko’rsatadi. Lekin, 
endokrin bezlar funksiyalarini asab tizimi boshqaradi. Unga organizmda asosiy bosh 
rol beriladi.
Gumoral omillar
 
– neyrogumoral boshqarilishining bitta zvenosi hisoblanadi. 
Misol sifatida chanqoqlik paytida qonning osmotik bosimini boshqarilishini ko’rib 
chiqamiz. Suv taqchilligi tufayli organizmning ichki muhitida osmotik bosim 
ko’tariladi, bu esa osmoreseptorlarni qo’zg’atilishiga olib keladi. Yuzaga kelgan 
qo’zg’alish asab yo’llari orqali markaziy asab tizimiga keladi. Bu yerdan impulslar 
ichki sekresiya bezlariga –gipofaza kelib gipofizning antidiurtek gormonini qonga 
chiqarilishini stimullaydi. Bu gormon, qonga tushganidan keyin buyrakning 
egribugri kanalchalariga keladi va hosil bo’lgan birlamchi siydikni tarkibidan suvni 
yana qonga qayta surilishini tezlashtiradi. Shunday qilib, organizmdagi buzilgan 
osmotik bosimi tiklanadi.
Qon tarkibida qandning miqdori me’yoridan ortib ketganida asab tizimi 
me’daosti bezining ichki sekretor qismini funksiyasini stimullaydi. Natijada, qonga 
ko’p miqdorda insulin tushadi va ortiqcha miqdordagi qand, gormon ta’sirida jigar 
va muskullarda glikogenga aylanadi.
Jadal muskulli ish bajarilganida organizmni qandga bo’lgan talabi ortganida 
va uning miqdori qonda yetarli bo’lmaganida buyrakusti bezining faoliyati 
tezlashadi. Buyrakusti bezining gormoni adrenalin glikogenni qandga aylanishini 
ta’minlaydi.
Shunday qilib, asab tizimi ichki sekretsiya bezlar faoliyatiga, ular tomonidan 
gormonlar ishlab chiqilishiga ta’sir ko’rsatadi. Juda ko’plab endokrin kasalliklar 
(qandli diabet, Bazedov kasalligi, jinsiy bezlar funksiyalarining buzilishi) asab 
tizimining buzilishi natijasida rivojlanadi. Asab tizimining ta’siri sekretor nervlar 
orqali bajariladi. Bundan tashqari nervlar endokrin bezlarining qon tomirlariga ham 
keladi, tomirlarni yuzasini o’zgartirib, bu bezlarning faoliyatiga ta’sir ko’rsatadi. 
Nihoyat, endokrin bezlarda markaziy asab tizimini endokrin bezlar holati haqidagi 
ma’lumotlar bilan signal beruvchi markazga intiluvchi nervlarning sezuvchi uchlari 
joylashgan. 

Download 382,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish