4. Tahlil metodining o‘ziga xos xususiyatlari, uning boshqa fanlardan farqli jihatlari nimalardan iborat?
Moliyaviy tahlil metodining muhim xususiyati shundaki, unda faqat o‘zgarish, rivojlanishning o‘zigina emas, balki uning sabab-oqibat bog‘lanishlari ham o‘rganiladi. Ko‘rsatkichlar va ularning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi birliklarni aniqlashga muhim ahamiyat qaratiladi.
Moliyaviy tahlil metodining yana bir muhim xususiyati shundaki, ko‘rsatkichning nafaqat sabab-oqibat bog‘lanishlaridagi natijalari balki ularning kelgusidagi kutilishlarini prognozlash imkoni ham tug‘iladi. Ya’ni, moliyaviy tahlilda nafaqat real holat, balki uning kutilayotgan natijalari haqida ham ogoh bo‘linadi.
Moliyaviy tahlil metodining yana bir o‘ziga xos tomoni o‘rganilayotgan ko‘rsatkichlarni o‘zaro ta’sirini va bog‘liqligini aniq hisoblab ko‘rsatib berishdir.
Xulosa qilib aytish mumkinki, tahlil metodining muhim xususiyati o‘rganiladigan muayyan iqtisodiy ko‘rsatkich alohida tarzda, boshqa omillardan ajratilgan holda tahlil qilinmaydi. Ularning o‘zaro bog‘liqligi doimo e’tiborda tutiladi.
Tahlilning usullari to‘g‘ri tanlansa, ulardan ilmiy, ijodiy foydalanilsa, tahlil muvaffaqiyatli chiqadi. Bu esa o‘rganilayotgan obyektga dialektik yondashuvni talab etadi.
Tahlil qilishda dialektik usuldan foydalanish, korxona xo‘jalik faoliyatini o‘rganib chiqishda barcha bog‘liq tomonlarini hisobga olinishini talab etadi.
Moliyaviy tahlilning o‘ziga xos xususiyatlarida moliyaviy analitiklar quyidagi muhim jihatlarga ahamiyat berishlari lozim:
- operatsion jarayonning tashkil etilishiga;
- naqd mablag‘larning harakatiga;
- boshqaruvning maqsadliligiga;
- tarmoq risklarini baholashga;
- bozorni o‘rganishga;
- faoliyat ko‘lamini o‘rganishga;
- yuridik maqomini o‘rganishga.
Tahlilning asosiy (umumiy) usullari sifatida quyidagilarni tarkiblash lozim. Taqqoslash usuli.
Taqqoslash – tahlilda eng ko‘p qo‘llaniladigan usul hisoblanadi. Uning gorizontal, vertikal, trendli usullari tarkiblanadi.
Amalda taqqoslashning muhim shartlariga amal etish talab etiladi. Ular qatoriga o‘lchov birligi (hajm, qiymat, miqdor ko‘rsatkichlar), davriy oraliqlari, faoliyat shakli, ishlab chiqarish sharoitlari, ishbilarmonlik muhiti bir xilligi, hisob-kitoblarning metodik jihatdan yagonaligini kiritish mumkin.
Taqqoslashning mazmuni – qiyoslashdan iborat. Taqqoslash asosida o‘rganilayotgan obyektdagi o‘zgarishlar, ularning rivojlanish tendensiyalari va qonuniyatlari o‘rganiladi.
Qiyosiy tahlil quyidagi turlarga ajratib o‘rganiladi: gorizontal, vertikal, trend va shuningdek bir o‘lchamli va ko‘p o‘lchamli tahlillar.
Gorizontal tahlil tayanch (bazaviy) ko‘rsatkichi (reja, o‘tgan yil, o‘rtacha, ilg‘or xo‘jaliklar ko‘rsatkichi)dan haqiqiy ko‘rsatkichning mutlaq va nisbiy o‘zgarishlarini aniqlash va baholash uchun qo‘llaniladi.
Vertikal tahlil iqtisodiy hodisalar tuzilmasini o‘rganish maqsadida uning alohida qismlarini jamidagi salmog‘ini hisoblash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Trend tahlili ko‘rsatkichlarni bir qator yillar mobaynida nisbiy miqdorlarda o‘sish va qo‘shimcha o‘sish sur’atlarini o‘rganishda qo‘llanadi.
Bir o‘lchamli tahlilda taqqoslash bir obyektning bitta yoki bir nechta ko‘rsatkichlarini, yoki bir nechta obyektni bitta ko‘rsatkichini taqqoslash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Ko‘p o‘lchamli tahlilda bir nechta korxonalarni katta spektrdagi ko‘rsatkichlari taqqoslab o‘rganiladi. Bu tahlil korxonalar va ularning bo‘linmalari faoliyatini kompleks baholashda keng qo‘llaniladi.
Taqqoslashda real voqelikning, haqiqatdagi ko‘rsatkichlarning reja, o‘tgan yillar, bazis yili, o‘rtacha tarmoq, ilg‘or, qoloq, xorij ko‘rsatkichlariga nisbatan o‘zgarishlariga, ularning dinamikasiga, mutlaq va nisbiy ifodalarda baho beriladi.
Korxona mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan sof tushum rejaga qiyosan 800 mln so‘mga kam bo‘lgan. Bu esa mahsulot (ish, xizmat)larni sotish rejasi 99.18 foizga bajarildi degani. Choraklar bo‘yicha birinchi va to‘rtinchi choraklar bo‘yicha tushum rejasi bajarilmagan. Ikkinchi va uchinchi choraklar bo‘yicha reja nisbiy ifodada 102.9 va 107.1 foizga bajarilgan.
Iqtisodiy tahlilda o‘rganiladigan hodisa va jarayonlar miqdoriy o‘lchamga ega bo‘lib, ular mutlaq va nisbiy miqdorlar bilan ifodalanadi.
Mutlaq miqdorlar iqtisodiy hodisa va jarayonlarni hajmi, miqdori, o‘lchami va darajasini ifodalaydi.
Nisbiy miqdorlar bir mutlaq miqdorni ikkinchi mutlaq miqdorga bo‘lish natijasida olingan hosilani ifodalaydi. Nisbiy miqdorlar turli shaklda: koeffitsiyentlarda (taqqoslash bazasi 1), foizlarda (taqqoslash bazasi 100), promillarda (taqqoslash bazasi 1000) va promillarda (taqqoslash bazasi 10000) ifodalanishi mumkin.
Tahlil jarayonida nisbiy miqdorlarning quyidagi turlari keng qo‘llanadi: reja vazifalarining nisbiy miqdorlari; rejani bajarishning nisbiy miqdorlari; dinamika nisbiy miqdorlari; tuzilmaviy nisbiy miqdorlar; koordinatsiya nisbiy miqdorlari; intensiv nisbiy miqdorlar; obyektlararo va hududiy taqqoslash nisbiy miqdorlari; samaradorlik nisbiy miqdorlari.
O‘rtacha miqdorlar.
Mutlaq va nisbiy miqdorlarning hodisa va jarayonlarni o‘rganish, baholash va tahlil etishdagi ustunliklari, ijobiy tomonlari bilan bir qatorda, ularning qator kamchiliklari ham mavjud. Ya’ni ular 30 o‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarga umumlashtirib ta’rif bera olmaydi. Bu vazifani o‘rtacha miqdorlar bajaradi.
O‘rtacha miqdorlardan rejalashtirish, boshqarish, ilmiy-tadqiqot ishlarida keng qo‘llaniladi.
O‘rtacha miqdorlar deb, bir xildagi va bir turdagi hodisalarni o‘zgaruvchan belgilari asosida umumlashtirib xarakterlovchi, ta’riflovchi miqdorlarga aytiladi.
Moliyaviy tahlil jarayonida o‘rtacha miqdorlarning qator turlaridan foydalaniladi: o‘rtacha arifmetik miqdorlar; o‘rtacha garmonik miqdorlar; o‘rtacha geometrik miqdorlar; o‘rtacha xronologik miqdorlar; o‘rtacha kvadratik miqdorlar.
O‘rtacha miqdorlarning sodda va amaliyotda keng qo‘llaniladigan turi bu o‘rtacha arifmetik miqdordir. O‘rtacha arifmetik miqdor o‘z navbatida oddiy va tortilgan ko‘rinishga bo‘linadi.
Xulosa
Moliyaviy tahlilning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi va ular o‘rtasida tutgan o‘rni g‘oyatda muhimdir. Moliyaviy tahlil quyidagi fanlar bilan uzviy bog‘liqlikka va aloqadorlikka ega: - buxgalteriya hisobi, moliyaviy hisobot, audit, iqtisodiyot nazariyasi, makro va mikro iqtisodiyot, investitsiya, moliya bozori va qimmatli qog‘ozlar, moliya matematikasi fanlari bilan uzviy bog‘liq fan sifatida ko‘rishimiz mumkin.
Umumiy qilib aytadigan bo‘lsak tahlil fanining statistika fani bilan bog‘liqligi Statatistk ko‘rsatkichlarni hisoblashda tahliliy materallardan keng foydalanilishini ko‘rishimiz mumkin. Misol qilib aytadigan bo‘lsak demagrafik ko‘rsatkichni tahlil qilganimizda aholi soni misolida oladigan bo‘lsak o‘tgan yilga nisbatan aholi soni yoki bo‘lmasan 2010 yilga nisbatan aholi sonini tahliliy jadvallarda aks etirib ko‘rishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |