1. Amaliyot o’tash joyi, korxona faoliyati va buxgalteriya faoliyati bilan tanishuv



Download 26,75 Kb.
bet1/4
Sana10.06.2022
Hajmi26,75 Kb.
#650967
  1   2   3   4
Bog'liq
Amalityot Salimov Temurmalik


Reja:

Kirish

1. Amaliyot o’tash joyi, korxona faoliyati va buxgalteriya faoliyati bilan tanishuv.

2. Korxonaning faoliyatida elektron tijorat texnologiyalar bilan bog’likligini o’rganish.


3.Korxonada elektron tijorat instrumentlaridan foydalanishdagi muammolar va yechimlar.


Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
Men Salimov Temurmalik Jaxonbek o’g’li 2021-yilning 6-dekabrdan 2022-yilning 19-martgacha “MAX VENT SERVIS” MChJ da amaliyot o’tadim. Amaliyot davomida joriy ish faoliyatim ya’ni korxona rahbarligini davom ettirdim.


Barchamizga ma’lumki, so’nggi yillarda yurtimizda elektorn tijorat faoliyatini rivojlantirish, mavjud infratuzilmani yaxshilash va innovatsion g’oyalarni amalga tadbiq etish borasida salmoqli ishlar olib borilmoqda. Joriy ishlab chiqarish amaliyotidan asosiy maqsad ham ayan shu tashabbuslar, imtiyozlar va rejalarni amaldagi holati va bajarilishini ko’rish edi. Hozirda barcha turdagi ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish faoliyati bilan shug’ullanuvchi biznes egalari ilg’or elektron tijorat texnologiyalaridan doimiy foydalanib kelishmoqda. Xususan men amaliyot o’tagan korxona ham buxgalteriya bo’limi, sotuv bo’limi va marketing bo’limini avtomatlashtigan. Elektron tijorat instrumentlaridan faol foydalanib kelmoqda.
Ushbu ishlab chiqarish amaliyotidan ham asosiy maqsad biznes egalari elektron tijorat texnologiyalaridan samarali foydalanayotganini o’rganish, mavjud holatni tahlil qilish va infratuzilmani yaxshilash uchun xulosa va takliflar berish edi. Amaliyot davomida darslarda o’tilgan bilimlar amalda o’rganildi, guvoh bo’lindi va holat bilan tanishib chiqildi. Kerakli ko’nikmalar hosil qilinib xulosa va takliflar berildi.


1. Amaliyot o’tash joyi, korxona faoliyati va buxgalteriya faoliyati bilan tanishuv.
Axborot texnologiyalarining tez rivojlanishi iqtisodda ham o’z aksini topmasdan qolmaydi. Hozirgi kunda iqtisodda, ayniqsa tadbirkorlik sohasida erishilayotgan yutuqlar negizida aynan axborot texnologiyalari turli segmentlarining yuqori darajada rivojlanganligi va samarali qo’llanishi yotadi. O’zbekiston iqtisodiyoti ham bundan mustasno emas albatta. Yaqqol misol sifatida axborot texnologiyalarining bir qator segmentlari masalan, ma’lumotlar yetkazish tarmoqlari, axborot internet-resurslari va ular orasidagi elektron hujjat almashuv, biznes va tijoratning barqaror rivojlanayotganini keltirish mumkin. O’zbekiston uchun axborot texnologiyalarini rivojlantirish yangi iqtisodiy aloqalarni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin bu jarayon, axborot texnologiyalari sohasida ta’lim standartlarining oshishi, milliy telekommunikatsiya tarmoqlarining modernizatsiyalashuvi, huquqiy bazaning shakllanishi oqibatida vujudga keladigan jamiyatning ma’lum darajadagi informatsion tayorligi mavjud bo’lgan holatdagina sodir bo’ladi.
O’zbekiston buxgalteriya hisobi va hisoboti tizimiga MHXSni qabul qilish bo’yicha tutgan o’rni ijobiy, biroq MHXS ni amaliyotda qo’llashni jadallashtirish va integratsiya jaroyonida faol ishtirok etishini maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Fikrimizni korporativ buxgalteriya hisobi va hisoboti haqida davom ettiradigan bo’lsak, buxgalteriya hisobi Moliya vazirligi tomonidan tartibga solinib kelinmoqda. O’z navbatida xo’jalik subyektlari o’rtasida raqobat va sog’lom muhitni shakllantirish, yalpi ichki mahsulotda xususiy mulk, jumladan, chet el kapitali ishtirokidagi ulushini oshirish, moliya faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish uchun ma’lum hisobotlar talab qilinadi. Ushbu hisobotlar faqatgina xo’jalik subyektining sog’lom faoliyatini nazorat qilishga yo’naltirilganligi bois, ushbu hisobotni statistik hisobot sifatida tasniflash mumkin.
Huddi shu kabi Davlat Soliq Idoralariga ham soliqlarni to’g’ri hisoblanishi va o’z vaqtida to’lanilishini nazoratga olish uchun hisobotlar talab qilinadi, ushbu hisobot foydalanuvchi va foydalanish qamrovi tor doirada bo’lganligi sababli ushbu hisobotni to’la qonli moliyaviy hisobot sifatida tasniflash maqsadga muvofiq emas. Xojalik yurituvchi subyektlar tomonidan taqdim etilayotgan hisobotlar keng qamrovli bo’lib, undan foydalanuvchilar: aksiyadorlar, investorlar, xaridorlar, bank, mol yetkazib beruvchilar, mulk egalari, auditorlar va boshqa yuqori tashkilotlar, subyektning faoliyatidagi raqobatchilar va boshqa yuqori tashkilotlar, subyektning faoliyatidagi raqobatchilari va hamkorlari ushbu hisobot ma’lumotlariga tayangan holda moliyaviy, boshqaruv va boshqa sohalardagi qarorlarni qabul qiladi. Shu bois, moliyaviy hisobotlar bu subyektning yuzi va reklama vositasi hisoblanadi. Biroq hisobotda faqat yutuqlar emas, balki qaror qabul qilishda ta’sir qiladigan barcha holatlar o’z ifodasini topishi lozim.
O‘zbekistonda buxgalteriya hisobini me‘yoriy tartibga solish tizimi va uning asosiy elementlarini to‘rt pog‘onaga bo‘lish mumkin. Asosiy element pog‘onalariga to‘xtaladigan bo‘lsak, ular bir – biriga ta‘sir qiluvchi biri ikkinchisini qamrab oluvchi tushunchalardir.
Pog‘onalar:
1) O‘zbekiston Respublikasi ―Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun
2) O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standartlari
3) Buxgalteriya hisobining alohida bo‘limlari bo‘yicha hisob yuritish tartibini belgilaydigan ―Uslubiy ko‘rsatmalar, yo‘riqnomalar, tavsiyanomalar va boshqalar
4) Korxonaning hisob siyosati ya‘ni korxonaning hisob yuritish va hisobot tuzishga doir ichki tashkiliy-uslubiy hujjatlar to‘plami. Bu tizim elementlari yuqoridan pastga qarab bir –biriga asosan tuziladi. Buxgalteriya hisobining milliy standartlari, O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunga asosan, shu qonunga zid bo‘lmagan holda tuziladi. O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standartlari esa Buxgalteriya hisobining alohida bo‘limlari bo‘yicha hisob yuritish tartibini belgilaydigan ―”Uslubiy ko‘rsatmalar, yo‘riqnomalar va boshqa hujjatlar” ishlab chiqarishning huquqiy – me‘yoriy va uslubiy asosi hisoblanadi.So‘ngra yuqoridagi uchta pog‘onaning mantiqiy davomi Korxonaning hisob siyosati ya‘ni korxonalarning hisob yuritish va hisobot tuzishga doir ichki hujjatlar to‘plami shakllantiriladi. BHMSlar quyidagi qismlardan tashkil topgan. Standart nomi, umumiy qoidalar, standartning maqsadi, amal qilish sohasi, qo‘shimcha axborot, asosiy tamoyillar, standart tarkibiga kiruvchi tushunchalar. BHMSlarning qo‘llanilishidan asosiy maqsad Buxgalteriya hisobini yuritish usullarini to‘liq va haqqoniy qo‘llanilishi va ularni yuritishda yuz beradigan kamchiliklar ichiga kirib borish, o‘z navbatida ushbu kamchiliklarni bartaraf etishdir. BHMSlar asosida olib boriladigan korxona siyosati nechog‘lik aniq va lo‘nda tuzilsagina xo‘jalik yurutuvchi sub‘ekt faoliyati ustidan nazorat o‘rnatish, shunchalik aniq bo‘ladi. BHMSning ahamiyati shundaki, buxgalteriyada sodir bo‘ladigan har bir muomala standartlardan chetda qolmaydi, bu muomalalarni hisobga olishda tegishli standartlardan foydalaniladi, qolaversa korxona faoliyatining ko‘zgusi bo‘lgan moliyaviy hisobotni tayyorlashda va uni tekshirishda tegishli xulosalar yoziladi, undagi ma‘lumotlarni tahlil qilishda foydalaniladi.
Ikkinchi pog‘ona O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan buxgalteriya hisobining milliy standartlarini o‘z ichiga olib, ulardan hisob yuritishning asosiy tamoyillari va qoidalari mujassamlashgan shu vaqtgacha tasdiqlangan va amaliyotda qo‘llanilayotgan buxgalteriya hisobi standartlari 24 ta standartdan tashkil topgan. BHMSlar tegishli huquqiy maqomga ega bo‘lib, mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalarning moliyaviy hisobotiga bo‘lgan ishonchni ta‘minlovchi respublikamizdagi buxgalteriya hisobining sifati va ishonchliligini xalqaro miqyosida tan olinishining asosiy shartidir. BHMS standartlaridan 1-son Hisob siyosati va moliyaviy hisobot deb nomlanib, boshqa standartlar bilan birgalikda qo‘llaniladi. Xo‘jalik sub’yektining hisob siyosati bajarilishi lozim bo‘lgan ta‘moyil va qoidalar yig‘indisi asosida tartibga solinib turadi. Bunday tamoyil va qoidalarning mavjudligi bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobining muhimligi, korxonalarning mulkiy va moliyaviy holati haqida to‘la va haqqoniy ma‘lumotlar shakllantirilishiga qaratilishi, tadbirkorlarning o‘zaro bir – biri bilan muomala qilishi usuli bo‘lishi, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimining muhim elementi bo‘lib hisoblanishi bilan izohlanadi. Shunday qilib,korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirishning muhim shartlaridan biri moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga to‘liq o‘tish va Buxgalteriya hisobi milliy tizimini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish lozim.
O‘zbekiston iqtisodiy makonida qaror topgan tushuncha va atamalariga mos malakali tarjimasi zarur.Shu bilan birga moliyaviy hisobot xalqaro standartlariga mutaxassislar tomonidan malakali sharhlar ishlab chiqilishi maqsadga muvofiq.

Download 26,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish