yo). Yong’inni boshlang’ich fazasida o’chirishda qo’llaniladigan vositalar:
bularga brezent, kigiz, qum, tuproq va boshqalar kiradi.
ye). Yong’inni o’chirish moddalarini tanlash. Yong’in turiga qarab
yong’inni o’chirish moddalari tanlanadi. Hozirgi vaqtda barcha yong’inlar besh
turga bo’linadi – A, V, S, D va Ye. Quyidagi -jadvalda yong’in turlari va mos
ravishda ularni o’chirishda qo’llaniladigan moddalar turlari keltirilgan.
9.2.Yong’inni o’chiruvchi moddalarning xususiyatlari.
Insonlarni, moddiy va tabiat boyliklarini yong’indan saqlash uchunishlatiladigan texnika vositalari odatda yong’in o’chirish texnikasi deb ataladi.
Yong’in o’chirish texnikasiga statsionar yong’in o’chirish qurilmalari, yong’insignalizatsiyalari, o’t o’chirgichlar, o’t o’chirish gidrantlari va boshqa o’t o’chirishjihozlari kiradi.
Asosiy, maxsus va yordamchi o’t o’chirish mashinalari bo’ladi. Asosiylariavtotsisternalar, avtonasoslar, nasos stansiyalari, nasos-shlangli, gaz-suvli, havo-ko’pikliva kukunli hamda boshqa turdagi mashinalar bo’lib, ularning asosiyvazifasi o’t o’chirish vositalarini yong’in bo’layotgan joyga keltirishdan iborat.Maxsuslariga texnik xizmat ko’rsatib, aloqa o’rnatadigan va boshqa turdagilarikiradi. Texnik xizmat ko’rsatuvchi mashinlar yong’in tushgan joyga muhimuskunalarni olib borish, binoni va qulagan qismlarni ajratish, devor va orayopmalarini teshish ishlarini bajaradi va avariya ostida qolgan kishilarni tashishuchun xizmat qiladi.
Yordamchi mashinalar kuchli yong’in bo’lganda o’chirish texnikasininguzluksiz ishlashini ta’minlaydi. Ulardan aholi orasida yong’inning oldini olishgaqaratilgan targ’ibot ishlari olib borishda ham foydalaniladi. Barcha o’t o’chirishmashinalari qizil rangga bo’yaladi va tovush signalli "sirena" bilan jihozlanadi.
Har qanday korxona ma’lum bir u yoki bu turdagi turdagi yong’innio’chirish texnikasi bilan jihozlangan yoki ta’minlangan bo’lishi kerak.Kichik hajmdagi yonishlarni o’chirish uchun yong’inni o’chirishningbirlamchi vositalari qo’llaniladi. O’t uchirgichlardan yong’inning boshlangichbosqichida o’t o’chirish uchun foydalanilgan.
O’t uchirish moddalariga qarab o’t o’chirgichlar quyidagi turlarga bo’linadi:
havo ko’pikli, kimyoviy ko’pikli, suyuklikli, uglekislotali, aerozolli vakukunli.
Hajmiga karab o’t uchirgichlar kam litrajli (5 l gacha), ishlab chiqarishdaqo’lda ishlatiladigan (10 l gacha) va harakatlanuvchi (10 l dan yukori) largaturlanadi. O’t o’chirgichlar turiga qarab harflar bilan hajmini ko’rsatish uchun va 1ta yoki 3 ta raqam bilan belgilanadi.
Kimyoviy ko’pikli o’t o’chirgichlardan OXP-10, OP-M va OP-9MM lar engko’p tarqalgan edi, lekin hozirda ular ishlab chiqarishdan olib tashlangan. Ularning o’rnini boshqa turdagi o’t o’chirgichlar egallayapdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |