2. Shovqinning zararli ta’siri, me’yorlari.
Spektr bo‘yicha shovqinlar tonal tovushlar (elektr arraning tovushi) va keng polosali (reaktiv dvigatel tovushi) bo‘lishi mumkin. Vaqt bo‘yicha tavsifiga esa uning doimiyligi (8 soat davomida 5 dBA gacha o‘zgarsa) va o‘zgaruvchanligi (8 soat davomida 5 dBA dan ortiq o‘zgarca) isobga olinadi. o‘zgaruvchan shovqinlar o‘z navbatida vaqt birligida uzluksiz (impuls) bo‘lishi mumkin.
Shovqinning normalarini belgilaganda ikki usuldan foydalaniladi (5.1 jadval):
1) Shovqinni chegara spektri asosida normalash;
2) Shovqinni dBA tovush darajasi orqali normalash.
Shovqinga qarshi kurash chora-tadbirlari quyidagi usullarda olib boriladi.
1) Shovqinni ajralib chiqayotgan manbaida kamaytirish;
2) Shovqinning tarqalish yo‘nalishini o‘zgartirish;
Z) Sanoat korxonalari va sexlarini oqilona planlashtirish;
4) Sanoat korxonalari xonalariga akustik ishlov berish;
5) Shovqinni tarqalish yo‘lida kamaytirish.
Shovqinga qarshi kurashning ajralib chiqayotgan manbaida kamaytirish eng samarali usul hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |