1-Amaliymashg‘ulot. Mavzu: Hayot faoliyati xavfsizligiga oid qonun hujjatlari. Ishdan maqsad


Ishni bajarish tartibi va hisobot tayyorlash



Download 113,12 Kb.
bet24/51
Sana27.07.2021
Hajmi113,12 Kb.
#129989
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   51
Bog'liq
ХФХ амалий

5.2.Ishni bajarish tartibi va hisobot tayyorlash.

I. Ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalarni taftish qilish va hisobga olish Nizomini o‘rganish va nazorat savollariga yozma javob berish (1-ilova).

2. N-1 formasi bo‘yicha dalolatnoma to‘ldirish va o‘qituvchi bergan 2-ilovadagi 15 ta hodisadan birini taftish qilish. Etishmaydigan raqamlarni o‘zingiz mustaqil qabul qiling. To‘ldirilgan N-1 formasidagi dalolatnoma va baxtsiz hodisaning matni pastda keltirilgan.

Og‘ir baxtsiz hodisalarni taftish qilish va hujjatlarini rasmiylashtirish o‘qituvchi ko‘rsatmasiga binoan 2-3 talabaga berilishi mumkin.

Baxtsiz hodisani taftish qilish misolini ko‘rib chiqamiz.

1-voqea. 1999 yil 28-oktyabrda O‘zbekiston paxta tozalash zavodi qoshida joylashgan paxta qabul qilish punktida ishchilar A. Ibragimov va K. Pirmatovlar transportyorni yangi joyga ko‘chirishayotgan ekan.

Buning uchun ular transportyorda joylashgan tugmani bosib elektrodvigatelni o‘chirishdi. Lskin elektrodvigatelni tok bilan ta’minlovchi to‘rt polyusli shtepsel vilkasi razetkadan uzib qo‘yilmagan edi. Transportyorni ko‘chirish vaqtida kabel taranglashib ixota qatlami transportyor qobig‘i oldida yorilib, kuchlanish qobiqqa tegdi va natijada ikki fazali qisqa tutashuv sodir bo‘ldi. Buning natijasida ishchi Pirmatov elektr zarba oldi va chap qo‘li barmoqlari ikkinchi darajali kuyish oldi. Uni vrachlar 5 kunga ishdan ozod qilishdi. Ikkala ishchi havfsizlik texnikasi bo‘yicha yo‘riqnomani 1999 yil 10 aprelda olishgan edi.

Baxtsiz hodisani taftish qilish davomida kabel nol simi elektrodvigatel korpusiga ulanmaganligi ma’lum bo‘ldi.

Paxta qabul qilish punkti mudiri Mamatovning ko‘rsatmasi. «Punkt elektr uskunalarini elektromontyor S. Saidov boshqarar edi. U hozir armiya safida xizmat qilayapti. Menimcha, u kabelning nol simini ulamagan, shuning uchun baxtsiz hodisa ro‘y bergan. SHu bilan birga javobgarlik o‘sha paytda paxta zavodi elektr xo‘jaligi muxandis-elektrigi bo‘lib ishlagan M. Qurbonovning ham zimmasida. Biroq u bundan bir yarim yil muqaddam ishdan bo‘shab ketgan, qaerda yashashi noma’lum. Hozir paxta zavodi bosh energetigi N. Latipovga bunday mas’uliyatsiz-likning qaytarilmasligi uchun elektromontyorlar orasida tushuntirish ishlari olib borishni tavsiya qilish kerak».

Paxta zavodi mehnat muhofazasi muxandisi M. Nazarovning fikri: «Ko‘chma uskunalarni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirilayotganda ta’minlovchi qayishqoq kabelni tok manbaidan uzib qo‘yish kerak, uskunaning o‘zini o‘chirib qo‘yish etarli emas. Jabrlanuvchilar bu talabni bajarmaganlar. Sababi ularga oxirgi marta olti yarim oy oldin yo‘riqnoma o‘tkazilgan. Yo‘riqnoma o‘tkazish muddati 6 oydan oshmasligi kerak. Menimcha, ayb jabrlanuvchilarni bevosita rahbari — tayyorlov punkti mudiri K. Mamatovda».

Zavod kasaba uyushmasidan paxta punkti bo‘yicha mehnat muhofazasi masalalari bo‘yicha biriktirilgan javobgar S. Abdullaevning fikri: «M. Nazarovning fikri to‘g‘ri, lekin bu erda gap ortiqcha 18 kunda emas. Gap shundaki, punktning biror ish joyila havfsizlik texnikasi bo‘yicha yo‘riqnomalar osib qo‘yilmagan, hatto ularni rasmiylashtirish jurnalida ham aniq savollar ko‘rsatilmagan. Jabrlanuvchilarga yuqoridagi talab haqida aytilgan-aytilmaganligi noma’lum.

Zavod kasaba uyushmasi qo‘mitasi a’zosi sifatida, o‘z-o‘zini tanqid nuqtai nazaridan men ham ushbu masalalarni nazorat doirasidan chetda qoldirganligimni tan olaman. Lekin, asosiy ayb paxta qabul qilish punkti mudirida. Yo‘riqnomalarni o‘z vaqtida sifatli o‘tkazish hamda rasmiylashtirish kerak».

Taftishda qatnashgan, paxta tozalash sanoati xodimlari kasaba uyushmasi tsxnik nozimining xulosasi «Qabul punkti mudiridan tashqari, hozirgi elektr xo‘jaligi bo‘yicha javobgar ham aybdor. Ma’lumki, uskunalarni har joriy sozlash vaqtida, bir yildan oshmagan muddatda, ommetr M-372 asbob bilan himoyalovchi nol simlarining qarshiliklari (elsktr qabul qiluvchi bilan magestral orasida) o‘lchab turilishi kerak. Agar bu talab bajarilganda, bir yarim yil avval bo‘shab ketgan elsktr xo‘jaligi rahbarining o‘zgarishi davomida transportyor elektrodvigateli korpusiga nol simining ulanmaganligi sezilgan bo‘lar edi. Zavod bosh energetigi P. Latipovni jazolashni va undan zudlik bilan barcha elektr qabul qiluvchilarning himoyalovchi nol simlarini navbatdan tashqari tekshirib chiqishni tashkil qilishni, bundan tashqari barcha ish joylarida yo‘riqnomalar ko‘rinarli joylarga osib qo‘yilishini taklif qilaman. Qabul qilish punkti mudiridan har bir bo‘limda yo‘riqnomalarni rasmiylashtirish jurnallarini to‘g‘ri olib borishni talab qilaman».


Download 113,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish