3-savol: Konflikt shakllari va ularni yoriting?
Konflikt bosqichlari quyidagilar:
YAshirin davri
Konfliktning shakllanishi
Mojaro
Tomonlarning faol harakati
Konflikt yakuni
Konfliktni keltirib chiqaruvchi omillar:
Informatsion – axborot omillari
Munosabatlar omili
Xulq – atvor bilan bog‘liq omillar
Konfliktlar quyidagicha bo‘lishi mumkin:
- konstruktiv - shaxsni o‘z ustida muttasil ishlashga, o‘z xulqini o‘zi tuzatishiga, ikkala tomonga (hech bo‘lmasa,bir tomonga) manfaat, foyda keltirishi mumkin bo‘lgan nizo.
- destruktiv nizoning oqibati esa ko‘pincha salbiy bo‘lib, u shaxslararo antogonizmni keltirib chiqaradi, nizolashuvchi tomonlar bir – birlaridan bezib, ko‘ngilziz bo‘lib qolishlari, xafa bo‘lishlari mukin, oqibatda ikkala tomoning asablari charchab, ular xastalanib qolishi ham mumkin.
4-savol: Nizo va uning turlari qanday tavsiflanadi?
Nizo - istaklari, qiziqishlari, qadriyatlari yoki tushunchalari mos kelmasligi sababli yuzaga keladigan ikki yoki undan ortik sub’ektlar o‘rtasidagi ijtimoiy o‘zaro aloqalar shakli sub’ektlar individ, guruh, o‘z-o‘zi bilan ichki nizolar xolatlarida bo‘ladi.
Nizoning turlari quyidagilar:
SHaxsning ichki ruhiy ziddiyatlari
SHaxslararo nizo
Guruhiy va guruhlararo nizo
Mehnat jamoalarida sodir bo‘ladigan nizolar
Ijtimoiy konfliktlar.
Nizolar xarakteriga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi:
ta’sirning yunalishiga ko‘ra:
nizoni xal qilish usuliga ko‘ra:
antogonistik
kelishuvga olib keladigan nizolar
namoyon bo‘lish darajasiga ko‘ra:
ochiq,
yashirin,
potensial,
asosli
ishtirokchilar soniga ko‘ra:
ichki
shaxsiy,
shaxslararo,
guruxlararo
kelib chiqish tabiatiga ko‘ra:
milliy,
etnik,
millatlararo,
ishlab chikarish,
xissiy-emotsional
SHaxsning ichki ruhiy ziddiyatlari:
YAkkalikdan qo‘rquvchilar. Bundaylar yakka qolib, o‘zini yo‘qotib qo‘yadi, nima qilishini bilmaydi, zerikadi.
O‘ta kamtar, o‘ziga o‘ta baho berishga moyil insonlarda kuzatiladigan ichki ruhiy konflikt.
Doim xadiksirayveradigan, o‘ziga ishonchsiz, tortinchoq, atrofdagilardan yomonlik kutishga moyil yoki ular uni mazax qilayapdi, deb o‘ylaydi.
Ma’lumot malakasi va ko‘nikmasining sustligi ( yoki yo‘qligi) sabali odamlardan o‘zini tortib yuradiganlar.
Ichki yopiqlik, ruhiy karlik, bunday shaxslarning his tuyg‘usi, fikri shunchalik ichkariga “yashiringanki” , ularning o‘zi ham ba’zan o‘zining kimligini tanimasdan qoladi.
O‘ziga sherik topishga qiynaluvchilar, bundaylar “xaqiqiy do‘st, xaqiqiy sevgi, xaqiqiy sherik” topa olmaydilar. Ular “u yaxshi kishi-yu, ammo menga yoqmaydi”, “u ajoyib inson, ammo qiliqlari yoqimsiz va hokazolar” bilan o‘zlarini oqlaydi.
SHaxslararo konflikt - bir yoki bir necha konkret shaxslarning o‘zaro yoki guruh doirasidagi ziddiyatidir. Bu keng tarqalgan nizolardan biri bo‘lib, bunday nizolar odamlarning fel – atvoriga ham, konkret vaziyatlarga ham bog‘liq tarzda kelib chiqishi va vaziyatning xarakteriga bog‘liq holda turlicha kechishi mumkin. Keng tarqalgan shaxslararo nizolar biri bu er va xotin, ota – ona va farzandlar, qaynona – kelin o‘rtasidagi nizolar hisoblanadi. Ularning tabiati ham davom etish muddati ham, hal bo‘lish yo‘llari ham turlicha bo‘lib, har qanday ko‘rinishda ham bari bir bunday nizo ikki va undan ortiq shaxslar o‘rtasidagi psixologik masofani tobora uzoqlashtiradi, samimiyatning kamayishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |