271. Motorning yakori ν=1500 ayl/min chastota bilan aylanmoqda. Agar motor N=500 W quvvatga erishsa, aylantiruvchi kuch momenti M topilsin.
272. Maxovik tenglamaga bo‘ysungan holda aylanmoqda. Bunda A = 2 rad, B = 16 rad/s, C = -2 rad/s2. Maxovikning inertsiya momenti J = 50 kg·m2. Vaqt 6 s ga teng bo‘lganda quvvat qancha bo‘ladi?
273. Massasi 280 kg, radiusi 1 m platforma chekkasida massasi 60 kg odam turibdi. Platormani harakatga keltiruvchi dvigatelni foydali quvvati 190W. Platformani chastotasi ν = 1,2ayl/s bo‘lishi uchun qancha vaqt ketadi?
274. Remenli uzatish N=9 kW quvvatni uzatayapti. Uzatish shkivining diametri 0,48m va u ν=240 ayl/min bilan ailanmoqda. Remen tortiladigan qismining tarangligi qaytib keladigan tomonning tarangligidan ikki barobar kattadir. Remenning har ikala tomonining tarangligi topilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |