288. Uzunligi 2 m va balandligi 10 cm qiya tekislikdan g‘ildirak ishqalanishsiz qancha vaqt dumalab tushadi?
289. Sirpanishsiz dumalab ketayotgan disk, qiyalik burchagi 30o qiya tekislikka parallel υ = 7 m/s boshlang‘ich tezlikka ega bo‘lsa, u qancha masofani o‘tadi?
290. Bir jinsli to‘liq disk gorizontal tekislikdan 10 m/s tezlik bilan dumalab ketayapti. Disk o‘z holicha dumalasa, to‘xtaguncha qancha yo‘l bosadi? Ishqalanish koeffitsiyenti 0,02.
291. Agarda dumalab ketayotgan diskni aylanma harakatini e’tiborga olmasa, kinetik energiyani hisoblashda qanday nisbiy hatolikka yo‘l qo‘yamiz?
292. Massalari bir xil bo‘lgan va sirpanishsiz dumalab ketayotgan g‘ildirak va diskni chiziqli tezliklari bir xildir. G‘ildirakning kinetik energiyasi W= 40 J. Diskning kinetik energiyasi topilsin.
293. Balandligi 1 m bo‘lgan qiya tekislikdan sirpanishsiz dumalab ketayotgan sharning markazi qanday chiziqli tezlikka ega bo‘ladi?
294. Har xil balandlikda qiya tekislikdan sirpanishsiz dumalab ketayotgan sharning markazi qanday chiziqli tezlikka ega bo‘ladi?
295. Uzunligi 175 cm qiya tekislikdan g‘ildirak sirpanishsiz dumalab tushmoqda. Qiya tekislikning yuqorigi nuqtasi pastki qismiga nisbatan 20 cm baland. Bu nuqtada g‘ildirak tezligi nolga teng. G‘ildirakning tushish vaqti hisoblansin. Ishqalanish kuchini yengish uchun sarf bo‘lgan energiyani kamayishi e’tiborga olinmasin.
296. Sirpanishsiz dumalab ketayotgan silindr 0,081 N kuch bilan to‘xtatildi. Silindr massasi 2 kg, tormozlanish masofasi 0,5 m. silindrning tormozlangunga qadar bo‘lgan tezligi topilsin.
297. Massasi 2 kg va tashqi radiusi 5 cm halqa, uzunligi 2 m va qiyalik burchagi 30o qiya tekislikdan dumalab tushayapti. Agarda qiya tekislik oxirida halqaning tezligi 3,3 m/s bo‘lsa, aylanish o‘qiga nisbatan inertsiya momenti topilsin.
298. Uzunligi 1 m bo‘lgan ipni uchiga bog‘langan massasi 0,1 kg sharcha gorizontal tekislikka tayanib, 1 s-1 chastota bilan aylanmoqda. Ip aylanish jarayonida qisqara borib aylanish o‘qidan 0,5 m gacha yaqinlashadi. Tashqi kuch ipni qisqartira borib qanday ish bajaradi? Sharchaning tekislikdagi ishqalanishi hisobga olinmasin.
299. Radiusi 0,1 m bo‘lgan shar misdan iborat. U markazdan o‘tuvchi o‘q atrofida ν = 2 s-1 chastota bilan aylanmoqda. Sharning burchakli tezligini ikki marta oshirish uchun qanday ish bajarish kerak?
300. Uzunligi L va massasi M bo‘lgan taxta uchida massasi m ga teng bo‘lgan qurbaqa turibdi. Gorizontga nisbatan burchakni tashkil qilgan holda qurbaqa taxta bo‘yicha sakradi. Qurbaqa sakrab taxtani ikkinchi uchida bo‘lishi uchun qanday boshlang‘ich υo tezlikka ega bo‘lishi kerak?
Do'stlaringiz bilan baham: |