O‘zbekistonning yuqori tezlik liniyasi va yuqori tezlik harakat tarkibi
Sun’iy inshootlar mamlakatimiz transport tizimining ajralmas va muhim tarkibiy qismidir. Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasidagi ko‘priklarda poyezdlar harakatining tezlik rejimlarini aniqlashga oid aniq tavsiyalar berilmagan. Temir yo‘l ko‘priklari “to‘siqli” ob’ektdir, bu esa eksplutatsiya xizmatlarini tegishli ravishda tezlik miqdorini cheklashga, va shu bilan birga, yuk va yo‘lovchi tashish hajmini ham kamaytirishga majburlaydi. Bu muammo ayniqsa o‘rta va yirik ko‘priklar uchun o‘ta jiddiydir.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasida poyezdlar tezligini oshirishga qaratilgan qator davlat dastur va loyihalari qo‘llanilmoqda. Tezyurar va yuqori tezlik harakati Konsepsiyasini joriy etilishi bo‘yicha eng muhim choralarni amalga oshirilishining quyidagi asosiy bosqichlari belgilangan:
birinchi bosqich (2010 – 2015 yy.). Bu Toshkent–Samarqand stansiyalari yo‘nalishi bo‘yicha “Talgo-250” (Afrosiyob) elektr poyezdini yuqori tezlik harakatini tayyorlash va ishga tushirish bilan bog‘liq bo‘lgan dastlabki bosqich;
ikkinchi bosqich (2016 – 2020 yy.). Toshkent–Samarqand– Qarshi temir yo‘l yo‘nalishi bo‘yicha tezyurar harakati ekspluatatsiya mintaqasini kengaytirish. Maroqand–Qarshi uchastkasida temir yo‘llarni elektrifikatsiyalash ishlari tugatiladi. Texnik talablarga asosan dastlab rekonstruksiyalanishi kerak bo‘lgan
mavjud yo‘lda tezyurar yo‘lovchi poyezdlar tezligini 160 km/s gacha ko‘tarish ko‘zda tutilgan;
uchinchi bosqich (2021 – 2025 yy.). Ushbu bosqichda tezyurar va yuqori tezlik harakati doirasi quyidagi yo‘nalishlar hisobiga kengaytiriladi:
o Maroqand–Navoiy–Buxoro temir yo‘l poligonini elektrifikatsiyalash bilan Toshkent–Buxoro uchastkasida yuqori tezlik harakati;
o temir yo‘l uchastkasi poligonini elektrifikatsiyalash bilan Toshkent–Buxoro uchastkasida yuqori tezlik harakati;
o Toshkent–Chinor va Toshkent–Angren shahar oldi harakat yo‘nalishlarida – tezyurar harakat.
to‘rtinchi bosqich (2035 yilgacha). Bu bosqich – Toshkent– Navoiy–Urgench (Nukus), Toshkent–Andijon poligonlarida tezyurar harakatni yanada rivojlantirish hamda Navoi–Uchkuduk–Urgench (Nukus) liniyasini eliktrifikatsiyalashtirish bilan rekonstruksiya qilish bosqichidir [22, 23].
1-Prezidentimiz I.A. Karimovning 2009 yil may oyida Ispaniyaga qilgan tashrifi vaqtida O‘zbekistonda yuqori tezlik poyezdlar harakatini joriy etish loyihasini amalga oshirish haqida kelishilgan edi. 2009 yil noyabr oyida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va “Patentes Talgo S.L.” kompaniyasi orasida umumiy bahosi 38 million yevroga teng ikkita “Talgo 250” yuqori tezlik elektr poyezdlarini sotib olish haqida kontrakt tuzildi. Hozirgi kunda loyihani kengaytirilishi sababli kompaniya Ispaniyaning “Patentes Talgo S.L.” kompaniyasidan ikkitadan to‘rttagacha tezyurar poyezdlarini sotib oldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |