№ 1. Amaliy mashg’ulot
Xom ashyoni suyuqlik bilan ishlov beruvchi apparptlarinning ishlash prinsipini о‘rganish.
Ishning maqsadi:
Mo'ynali xom ashyolarni suyuqlik bilan ishlov beruvchi apparatlarining ishlash printsipi, texnik tavsiflari va ishlash usullarini o'rganish.
Kerakli uskunalar: chan – barkas, barkas, virtual stend.
Mo'yna va charm sanoatida xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlarni suyuqliklar bilan qayta ishlash jarayonlarda amalga oshiriladi. Ular quyidagilar: ivitish, yuvish, sochlarini tozalash, kullash, tozalash, yumshatish, pekellsh, oshlash va boshqalar.
Suyuqlik bilan ishlov berish jarayonining mohiyati xom ashyo, yarim tayyor charm mahsulotining qalinligiga kimyoviy moddalarning bir xil diffuziyalanishi va fizik - kimyoviy xususiyatlarini o'zgartirishdir. Jarayonning tezligi apparat vannasining shakli va holatiga, ishchi eritmani aralashtirish tezligi, yarim tayyor mahsulotga mexanik ta'sir darajasiga va suyuqlik koeffitsientiga bog'liq.
Xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlarni suyuqlik bilan qayta ishlash uchun apparatlar konstruktiv xususiyatlariga ko'ra ikki guruhga bo'linadi.
Birinchi guruhga qo'zg'almas korpusli apparatlar kiradi: chanlar, chan-barkaslar, barkaslar, barabanlar. Ko'pincha bunday qurilmalar harakatlanuvchi ichki elementlar bilan ta'minlanadi.
Ikkinchi guruhga harakatlanuvchi korpusli qurilmalar kiradi: osma barabanlar, shnekli apparatlar va boshqalar.
Ishlash tartibi:
1. Talabalarni asbob-uskunalarda ishlashda texnika xavfsizlik qoidalari bilan tanishtirish
2. Chan-barkas konstruksiyasi bilan tanishish
3. Chan-barkaslarni ishlash tartibi bilan tanishish.
4. Apparatni yoqish va ishlashi bilan tanishish
5. Chan-barkaslarga mo'ynali xom ashyoni avtomatik yoki qo'lda yuklash.
6. Apparatga kimyoviy materiallar va suv etkazib berish.
7. Jarayonni apparatda o'tkazish.
8. Texnologik jarayon tugagandan so'ng chan-barkaslarni to'xtatish.
9. Tayyor yarim tayyor mahsulotni kasetkalarga tushirish
|
1-rasm. Chan – barkas
1-relisni mustahkamlab turuvchi tayanch, 2-relisga o’rnatilgan parrakning ushlab turgich, 3- relisga o’rnatilgan parrakning muozanatini saqlab turuvchi qarshi og’irlik, 4- relisni ushlab turuvchi tayanch, 5-6-metal kassetka, 7-parrak, 8- elektr motoridan roliklarning aylanishini ta’minlovchi.
|
2-rasm. Barkas. Yuk tushirish moslamasi bilan barkasning ko'ndalang (a) va bo'ylama (b) qismlari
|
1 - vanna; 2 - qopqoq; 3 - parrak; 4 - lyuk; 5 – pastki setka; 6 - lyuk; 7 - kassetka uchun qabul qiluvchi; 8 - kassetka; 9 - drenaj tubi
|
Barkasning texnik xarakteristikasi
Barkas vannasini gabarit o’lchamlari
|
2500x2000x1600
|
Vannani foydali sig’imi, m3
|
6
|
Yuklanadigan xom ashyo yoki terining og'irligi, kg
|
1500-1700
|
Aralashtirgich uzunligi, mm
|
2320
|
Aralashtirgich diametri, mm
|
1300
|
Aralashtirgich pichoqlar soni
|
6
|
Elektr dvigatel quvvati, kVt
|
2,8
|
Chan barkasni gabarit o’lchamlari
|
3300x2200x1600
|
Nazorat savollari:
1. Chan-barkaslar nima uchun ishlatiladi?
2. Chan-barkaslarning texnik xususiyatlarini tushuntiring.
3. Chan-barkaslarning korpusi qanday materiallardan yasalgan?
4. Chan-barkaslard ishlash ketma-ketligini tushuntiring?.
5. Chan-barkaslarda qanday jarayonlar amalga oshiriladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |