lokal tarmoq - LAN (Local Area Network);
mintaqaviy tarmoq - MAN (Metropolitan Area Network);
global tarmoq - WAN (Wide Area Network).
Lokal tarmoq - bir binoda yoki bir-biriga yaqin binolarda joylashgan kompyuterlarda o`zaro axborot almashish imkonini beruvchi tarmoqdir.
Lokal kompyuter tarmog`i uncha katta bo`lmagan hudud chegarasida joylashgan abonentlarni birlashtiradi.
Masalan, korxonalar, tashkilotlar, firmalar, banklar, ofislar miqyosidagi kompyuterlarni o`zaro birlashtiruvchi tarmoqlar lokal kompyuter tarmog`i turkumiga kiradi. Hozirgi vaqtda lokal hisoblash tarmoqlari abonentlarining hududiy joylashuvi bo`yicha qat`iy cheklashlar yo`q. Odatda bunday tarmoqlarning doirasida 22,5 km bilan cheklanadi.
Mahalliy tarmoq uchun mavjud standartlar (tеgishlicha Ethernet va ARCNET) 2,5 km dan 6 km gacha bo`lgan masofadagi kompyutеrlar orasida aloqani ta`minlaydi.
U kompyutеrlar va pеrifеriya qurilmalari (printеrlar, disk kontrollеrlari va boshqalar)ning bog`lanishini ta`minlaydigan va ularga umumiy disk xotirasidan, pеrifеriya qurilmalaridan birgalikda foydalanishga, ma’lumotlar bilan almashishga imkon bеradigan apparat vositalari va algoritmlar to`plamidir.
Mintaqaviy tarmoq – bir – biridan ancha uzoq masofada joylashgan kompyuterlarni va lokal kompyuter tarmoqlarini o`zaro bog`laydi. U katta shahar, iqtisodiy mintaqa va alohida mamlakat doirasidagi abonentlarni o`z ichiga olishi mumkin. Odatda, mintaqaviy hisoblash tarmog`i abonentlari o`rtasida masofa 10 – 1000 kilometrni tashkil etadi.
Global tarmoq - butun dunyo bo`yicha hamma abonеntlarni, lokal va mintaqaviy tarmoqlarni o`ziga tеlеfon yoki su`niy yo`ldosh aloqa tarmog`i orqali ko`pincha bir-biridan 10 – 15 ming kilometr uzoqlikdagi EHM va aloqa tarmoqlari uzellarini birlashtirish imkoniga ega bo`lgan tarmoq. Mazkur tarmoq abonentlari o`rtasida telefon, radio, optokabel yoki kosmik radioliniya aloqa tizimi negizida amalga oshiriladi.
Ko`plab lokal tarmoq va millionlab turli xildagi EHMlarni dunyo bo`yicha birlashtiradi.
Global, mintaqaviy va lokal kompyuter tarmoqlarining birlashuvi ko`p tarmoqli iyerarxiyani tashkil etib, umum jahon axborot resurslarini birlashtirish va ko`pchilikning hamkorlikda foydalanishlari uchun imkoniyatlar yaratadi.
Kompyuter tarmog`ida agar hamma foydalanuvchilar birgalikda ishlatishi uchun maxsus kompyuter ajratilgan bo`lsa, u fayllar serveri deb yuritiladi. Kompyuter tarmog`ida maxsus ajratilgan kompyuter bo`lmasa va hamma kompyuterlar uzaro ma’lumotlarni bir-biriga teng huquqli uzatishga moslashtirilgan bo`lsa, u holda bunday tarmoqga bir rangli tarmoq deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |