Internet (ingl. Internet) — axborotlarni saqlash, uzatish va foydalanish uchun mo`ljallangan jahon bo`yicha umumlashtirilgan kompyuter tarmoqlari majmuasidir.
Tarmoq – kompyuterlar, terminallar va boshqa qurilmalarning ma’lumot almashishni ta`minlaydigan, aloqa kanallari bilan o`zaro bog`langan majmui. Kompyuterlararo ma’lumotlarnihg almashishni ta`minlab beruvchi bunday tarmoqlar kompyuter tarmoqlari deb ataladi.
Kompyuterlarning tarmoqqa birlashishi qimmatbaho asbob-uskunalar - katta hajmli disk, printerlar, asosiy xotiradan birgalikda foydalanish, umumiy dasturli vositaga va ma’lumotga ega bo`lish imkonini beradi. Tarmoqning asosiy vazifasi foydalanuvchining taqsimlangan umumtarmoq resurslariga oddiy, qulay va ishonchli himoyalangan holda axborotdan jamoa bo`lib foydalanishni tashkil etish. Shuningdek, foydalanuvchilar o`rtasida ma’lumotlarni uzatishning qulay va ishonchli vositasini ta`minlashdir.
Tarmoq orqali axborotlarni uzoq masofalarga uzatish imkoniyati vujudga keldi. Axborotlarni uzatish, alohida foydalanilayotgan kompyuterlarni birgalikda ishlashini tashkil qilish, bitta masalani bir nechta kompyuter yordamida yechish imkoniyatlarini beradi. Bundan tashqari, har bir kompyuterni ma’lum bir vazifani bajarishga ixtisoslashtirish va kompyuterlarning resurslaridan (ma’lumotlari, xotirasi) birgalikda foydalanish hamda butun dunyo kompyuterlarini o`zida birlashtirgan Internet tarmog`iga bog`lanish mumkin.
1957- yilda sobiq Sovet Ittifoqi Yerning birinchi sun’iy yo`ldoshini fazoga chiqargandan so`ng AQSH mudofaa Vazirligi axborot uzatishning ishonchli tizimi zarurligini sezdi. Mashhur RAND Corparation Amerika ilmiy markazi mamlakatni boshqarishning strategik muammosi ustida ishlay boshladi. Axborotlarni qanday qilib talofatlarsiz uzatish asosiy masala bo`lib qoldi. 1964 yil firma axborotlarni uzatishning yangi sistemasini yaratish bo`yicha quyidagi takliflarni berdi:
Bu sistema markazlashgan boshqaruv asosida bo`lishi kerak.
Sistema alohida segmentlardan iborat va xar bir tugun bir-biriga bog`lik bo`lmagan holda mustaqil qabul qilish va uzatish qobiliyatiga ega bo`lishi kerak.
Mazkur tarmoq asosida paketlar kommutatsiyasi prinsipi yotadi. Bunda xar qanday xabar manzil bilan ta`minlangan bo`laklardan iborat bo`ladi. Paketlar tarmoqlar orqali manzil tugunida uzatiladi va yig`iladi xamda boshlang`ich ma’lumotlar shakllanadi. Paketlarning manzilga bormay qolish vaziyatlari ham bo`lishi mumkin, lekin xabar uni topish imkoniyatiga ega. Tarmoqdagi xabarni turli aloqa vositalari - radio, telefon va boshka turli kanallar orqali uzatish mumkin.
Su’niy yo`ldoshning uchirilishi AQSH Prezidenti Duayt Eyzenxauerning mudofaa yo`nalishida ilmiy-tekshirish istiqbolli ishlanmalar ustida ish olib boruvchi ARPA agentligi haqidagi hujjatga imzo chekishiga sabab bo`ldi. Bu agentlikka AQSH xukumati tomonidan axborot almashinish imkonini beruvchi tarmoq ishlab chiqish vazifasi topshirildi. Shuningdek bunday vazifa Kaliforniya universitetiga (Los-Andjeles), Stenford ilmiy tekshirish markaziga, Yuta Universitetiga, Kaliforniya shtatidagi Santa-Barbara Universitetlariga ham yuklatildi.
1962 yil avgustida Massachusets texnologik institutdan Dj. Liklayder o`zaro bog`langan kompyuterlarning global tarmog`i haqidagi konsepsiyasini nashr ettirdi. U tarmoq yordamida istalgan kompyuterning axborot va dasturlaridan tezlik bilan foydalanish mumkinligini oldindan ko`ra bildi. 1962 yilo oktabrida Liklayder bu kompyuter loyihasining birinchi raxbari etib tayinlandi. U izdoshlari bo`lgan Ivan Sazerlend, Bob Taylor va Lourens Robertsga tarmoq konsepsiyasining barcha imkoniyatlari va zaruriyatlarini isbot qilib berdi.
Massachusets texnologik institutidan Leonard Kleynrok paketli kommutatsiya nazariyasi haqidagi birinchi maqolasini 1961 yil avgustida nashr ettirgan bo`lsa, birinchi kitobini esa, 1964 yilda chiqardi. U hamkasblarini paketli kommutatsiya nazariyasining xususiyatlariga ishontira oldi va bu kompyuter tarmoqlarini yaratishga bo`lgan asosiy qadamlardan birinchisi bo`ldi.
Ikkinchi asosiy qadam mavjud kompyuterlararo aloqani tashkil etish masalasi edi. Bu masalani urganish uchun Lourens Roberts Tomas Merrill bilan birgalikda 1965 yili Massachusetsda joylashgan TX-2 kompyuterini Kaliforniyadagi Q-32 EHMlari bilan bog`ladi.
Bog`lanish telefon yo`llari orqali amalga oshirilib, dunyo tarixida birinchi kompyuter tarmog`i bo`ldi. Bu texnologiya bilan AQSH Mudofaa Vazirligining „ARPA“ – Ilg`or mudofaa tadqiqot loyihalari agentligi qiziqib, ularga harbiy qo`shinlarni bir tarmoqqa birlashtirish g`oyasini takif qildi.
Lourens Roberts o`zining tarmoqlar haqidagi maqolasini e`lon qilgan bo`lsa, xuddi shu konferensiyada paketli kommutatsiya konsepsiyasi haqidagi maqola ham berildi. Uning avtorlari Milliy fizika laboratoriyasidan ingliz olimlari Donald Devis va Rodjer Skentlebur edi. Shuningdek RAND Corporation – strategik ilmiy tadqiqot va ishlab chiqarishlar bilan shug`ullanuvchi amerikaning notijorat tashkiloti xodimi bo`lgan Pol Beren ham bu sohada ishlar olib bordi.
1964 yilda RAND kompaniyasi bir gurux xodimlari harbiy tizimlardagi tarmoqlar bo`yicha ishonchli ovozli kommunikatsiya uchun paketli kommutatsiya haqidagi maqolasini yozishdi. MIT (1961-1967), RAND (1962-1965) va NPL (1964-1967) bir biridan bexabar holda parallel ravishda ish olib borishganligi aniqlanadi.
Paketli kommutatsiyaning qo`llanilishi loyihalanayotgan ARPANET tarmog`i kanallarida ma’lumot uzatish tezligini 2,4 Kb/s dan 50 Kb/s gacha oshirish imkonini berdi.
BBN komandasi xabarlarning interfeys protsessor (server)lari ustida ish olib borishdi va Bob Kan ARPANET arxitekturasini ishlab chiqishda faol ishtirok etdi. Roberts Xovard Frenk Network Analysis Corporation dagi guruhi bilan birgalikda tarmoq topologiyasini loyihalash va optimallashtirish ustida ishladi, Kleynrokning Los-Andjeles Kaliforniya universitetdagi (UCLA) guruhi tarmoq xarakteristikasi o`zgarish tizimini tayyorlashdi.
Loyihaning boshqa faol ishtirokchilaridan Vint Serf, Stiv Kroker va John Postel bo`lsa, keyinroq ularga Devid Kroker qo`shildi. Elektron pochta protokollarini hujjatlashtirishda uning ishtiroki ahamiyatli bo`lgan. Robert Breyden esa IBM meynfreymlari uchun NCP va TCP protokollarini ishlab chiqdi.
Kleynrok paketli kommutatsiya avtori bo`lganligi uchun uning UCLA dagi tarmoq markazi ARPANETning birinchi tuguni sifatida olingan.
1969 yil 2 sentabrida, BBN kompaniyasi Kaliforniya universitetida (Los-Andjeles) birinchi xabarlarning interfeys protsessorini (serverni) o`rnatdi va unga birinchi kompyuterni uladi. Honeywell DP-516 deb nomlangan kompyuterning operativ xotirasi 24 Kb edi.
Ikkinchi tugun Stenford ilmiy tadqiqot institutidagi Duga Engelbertning «Inson intellektini rivojlantirish»loyihasi bazasida tashkil etildi. Bu erda Stenford ilmiy tadqiqot institutida tarmoq axborot markazini tashkil etishdi va uni Elizabet [Jake] Feinler boshqardi. Kompyuterlar manzili va nomlarining mos kelish jadvalini qo`llash, taklif va izohlarga so`rovlar katalogiga xizmat ko`rsatish markazning vazifalariga kirardi.
Bir oydan keyin SRI ARPANETga ulangach, Kleynrok laboratoriyasidan birinchi kompyuterlararo xabar uzatildi.
1969 yilning 29 oktabrida soat 21:00 ARPANET tarmog`ining ikki bo`g`ini – bir biridan 640 km masofada joylashgan Los-Andjelesdagi Kaliforniya universiteti (UCLA) va Stenford ilmiy tekshirish instituti (SRI) o`rtasida aloqa seansi o`tkazildi. Charli Klayn (Charley Kline) Los-Andjelesdan turib uzoq masofadagi, ya`ni Stenforddagi kompyuterga ulanmoqchi bo`ldi. Uning hamkasbi Bill Dyuvall Stenforddan telefon orqali har bir kiritilgan belgini tasdiqlab bordi.
Aloqa past tezlikdagi telefon liniyalari oriali amalga oshirildi. Birinchi urinishda faqatgina uchta belgi «LOG» jo`natildi. Shundan keyin aloqa tarmog`i ishlamay qoldi. LOG so`zi aslida LOGIN bo`lishi kerak edi (sistemaga kirishga ruxsat beruvchi buyruq).
Soat 22:30 sistema qaytadan ishga tushirildi va keyingi urinish muvaffaqiyatli yakunlandi. Mana shu kun Internetning tug`ilgan kuni hisoblanadi.
Shu tahlit kichkina bo`lsa ham birinchi lokal bo`lmagan kompyuter tarmog`i yaratildi. Bu tadqiqotning natijasida kopyuterlar vaqt bo`yicha ajratilsa ham birgalikda muvaffaqiyatli ishlashi mumkinligi isbotlandi va shu bilan birga kommutatsiyali telefon tarmog`i kompyuter tarmoqlari uchun qulaymasligi bilindi. Kleynrokning paketli kommutatsiya haqidagi fikrlari yana bir bor isbotini topdi.
ARPANETning keyingi tugunlari Kaliforniya universiteti, Santa-Barbara (UCSB) shahridagi va Yuta shtati universiteti (UTAN) bo`ldi.
Bu universitetlarda amaliy vizualizatsiyalash bo`yicha loyihalar rivojlantirildi. UCSBdan Glen Galler va Burton Fried tarmoq bo`yicha tasvirlarning qayta ifodalanishi muammolarini bartaraf etishga imkon beruvchi matematik funksiyalarning xotiradan displeyeylar yordamida tasvirlanishlari usullari usti ishlashdi. issleддаовали методы отображения математических функций с использованием дисплеев с памятью, позволяющих справиться с проблемой перерисовки изображения по сети.
Yutada Robert Teylor va Ivan Sazerlend tarmoqda uch o`lchovli ko`rinishlarni chizish usullari bilan ishlashdi.
Shu taxlit 1969 yil oxirida ARPANET ning birinchi boshlang`ich konfiguratsiyasi, to`rtta kompyuter birlashtirildi.
1969 yilning dekabrida mana shu 4 ta tugundan iborat birinchi kompyuter tarmog`i yaratildi.
Barcha ishlar AQSH Mudofaa Vazirligi tomonidan moliyalashtirildi.
Ilk bor bu tarmoq 1971 yilda namoyish etildi. U 40 ta kompyuterdan iborat bo`lib, asosiy tuzilish prinsipi tarmoqdagi barcha kompyuterlarning teng huquqli bo`lishi edi.
Bu tarmoq yordamida vazirlikning bo`limlari bir birlari bilan ma’lumotlarni almashishlari mumkin edi. Unix operasion sistemasida ishlar edi.
Internetning paydo bo`lishini turli xalqlarning yozuvchilari va olimlari asrlar davomida o`z asarlarida bashorat qilib kelishgan edi. Masalan XIX asr rus yozuvchisi, faylasuf, jamoat arbobi Vladimir Odoyevskiy «4338-yil» (1837), Nikola Tesla 1908 yilda, ingliz yozuvchisi Edvard Morgan Forster «Mashina to`xtamoqda» (1909), Myurrey Leynster «Djo ismli mantiqshunos» (1946), Andrey Saxarov «Jahon yarim asrdan so`ng» (1974) asarlarida internetning qanday bo`lishi xaqidagi tasavvurlarini yozib qoldirganlar. Bu ro`yxatni uzoq davom ettirish mumkin.
ARPANET tarmog`i rivojlanib kengayib bordi. Bora-bora undan fanning turli sohalarida faoliyat yurituvchi olimlar foydalanishni boshladilar.
Advanced Research Projects Agency (ARPA) o`z nomini 1971 yilda Defence Advanced Research Projects Agency (DARPA) ga o`zgartirdi va 1993 yilda yana ARPA nomini oldi, va nihoyat 1996 yilda DARPA deb nomlandi.
1970 yilning dekabrida S.Kroker boshchiligidagi Tarmoq ishchi guruhi (Network Working Group, NWG) tarmoqni boshqaruvchi protokol (Network Control Protocol, NCP) ning birinchi versiyasi ustida ishlarini tugatishdi. 1971-1972 yillarda NCPni ARPANET tarmog`ida qo`llanilishi bo`yicha ishlar yakunlangach, ilovalar ishlab chiqarila boshlandi.
1971 yilda birinchi qaynoq ilova – elektron pochta paydo bo`ldi. Martda Ray Tomlinson, BBN xodimi, ARPANET tarmog`i ishlab chiqaruvchilari uchun elektron xabarlarni uzatish va o`qish uchun mshljallangan dastur yozdi. Bu dastur tez orada mashhur bo`lib ketdi.Keyinroi Roberts bu dasturga xabarlar rshyxatini berish, tanlab shiish, fayllarda saqlash, javoblarni tayyorlash va jshnatish imkoniyatlarini ishshdi. Elektron pochta xizmati boshlan-ich shn yillar davomida eng asosiy tarmoi ilovalaridan bshlib ioldi. 1970 – yillarda tarmoq orqali asosan elektron pochta jo`natilar edi. Turli texnik tuzilishga ega bo`lgan boshqa tarmoqlar bilan aloqa o`rnatishning imkoniyati yo`q edi. 1970 yillarning ohiriga kelib axborot uzatishning yangi protokollari rivojlana boshladi. Bu masalada Djon Postelning xizmati katta bo`ldi.
1973 yilda aloqa tarmog`iga Atlantika okeanining tubidan o`tgan telefon kabeli orqali Buyukbritaniya va Norvegiya tashkilotlari ham qo`shildi va u xalqaro tarmoq maqomini oldi.
1974 – yili tarmoq rivojlanish tarixida TCP/IP (Transmission Control Protokol/Internet Protokol) tarmoqlararo protokol ishlab chiqarilishi natijasida keskin yuksalish sodir bo`ldi. Bu kashfiyotning mualliflari – Robert Kan va Stenford universitetining professori Vinton Serf edi.
Leonard Kleynrok, Robert Kan va Vinton Serfni to`g`risida gap borganda, ularni internetning otasi deb atashadi.
1975 yil ARPANettajriba tarmog`i maqomini harakatdagi (amaliy) tarmoq maqomiga o`zgartirdi. Uning afzalligi – tarkibida turli turdagi kompyuterlari bor tarmoq bilan ishlash qobiliyatiga egaligidir. Keyinchalik boshqa kompyuter tarmoqlari bilan birlashtirilib, Internetning qismi sifatida ishlatila boshlandi.
1977 – yil tarmoqlar tarixida yana bir muhim voqea sodir boldi. Chiqagolik ikki student Uord Kristensen va Rendi Syuess modem qurilmasi yordamida, telefon orqali bir – biriga ma’lumot jo`natish tizimini joriy qilishdi. Bu jasoratning asosiy sababi Chiqagoning sovuq qishi edi. Shaharning bir joyidan boshqa joyiga dasturlarni olib borish ularning jonlariga tegdi. Natijada, butun dunyoga ajoyib ixtironi sovg`a qilishdi. 1979 – yil XModem – protoqoli yaratilib, fayllarni to`g`ridan to`g`ri host tizimisiz kompyuterlarga uzatish imkoniyati paydo bo`ldi.
80-yillarda kompyuter tarmoqlari keng tarqala boshladi. Xar xil AQSh universitetlari ham o`z kompyuter tarmoqlarini yarata boshladilar.
1983 yildan boshlab ARPANET tarmog`i INTERNET ( ichki tarmoq) deb nomlana boshlandi va kompyuter xamda tarmoqlar to`plami sistemasiga aylandi.
ARPANET aloqa tarmog`i NCP protokolidan TCP/IP protokoliga 1983 yilning 1 yanvarida o`tkazildi va shu kungacha muvaffaqiyatli ishlatib kelinyapti. Aynan 1983 yildan boshlab «Internet» atamasi ARPANET aloqa tarmog`igiga aloqador bo`lib qoldi.
Domen nomlarini o`z ichiga olgan sistema 1984 yilda ishlab chiqildi (ingl. Domain Name System, DNS).
1984 yilda ARPANET tarmog`ining jiddiy raqibi paydo bo`ldi: AQSH Milliy ilmiy fondi (NSF) yangi keng universitetlararo tarmoq- NSFNetni (angl. National Science Foundation Network) tashkil etdi . Bu tarmoq kattaroq o`tkazuvchanlik qobiliyatiga ega bo`lib, bir nechta mayda tarmoqlarni birlashtirar edi (Usenet va Bitnet). Bir yil davomida yangi tarmoqqa 10 mingdan ortiq kompyuterlar ulandi va "internet” so`zi asta-sekin NSFNet deb atala boshladi.
1988 yilda Internet Relay Chat (IRC) protokoli ishlab chiqildi va uning yordamida internetda bir vaqtda bir necha nuqtadan muloqot o`rnatish ishlari ancha osonlashdi.
1989 yilda Yevropada yadroviy izlanish Yevropa ittifoqi (SERN) tomonidan ajoyib g`oya – Butunjaxon o`rgimchak to`rini tashkil etish g`oyasi taklif etildi. Uni Britaniyalik mashxur olim Tim Berners-Li taklif etdi va o`zi ikki yil davomida HTTP protokolini, HTML tilini va URL identifikatorini ishlab chiqdi.
Tim Berners-Lining yordamchisi va kasbdoshi, World Wide Web loyihasining maqsad va vazifalarini tushuntirib shunday degan: Barcha buyuk kashfiyotlarning tarixi ulardan oldin shu sohada olib borilgan tadqiqotlarga asoslanadi. Butunjaxon o`rgimchak to`ri misolida (WWW) muvaffaqiyatga erishish omili bo`lgan ikki narsaga to`xtalib o`tish joizdir
gipermatnlarga o`xshash sistemalarning rivojlanish tarixi.
butun jaxon kompyuterlari tarmog`ini xaqiqatga aylantirgan Internet-protokol.
1990 yilda ARPANET aloqa tarmog`i NSFNetga yo`l berib o`z faoliyaini butunlay to`xtatdi. Xuddi shu yili telefon liniyasi orqali internetga ulanishning birinchi xolati qayd etildi.
1991 yilda Butunjaxon o`rgimchak to`riga Internet orqali chiqish xamma uchun mumkin bo`lib qoldi. 1993 yilga kelib mashxur Mosaic deb nomlangan veb- brauzer paydo bo`ldi. Butunjaxon o`rgimchak to`ri ommalashib ketdi. Umuman aytganda, Web tarihida ikkita davrni ko`rsatish mumkin: birinchisi Mark Andrissenning Mosaic brauzeridan oldingi davr va u paydo bo`lgandan keyingi davr.
Aynan Tim Berners-Lining veb- protokoli va Mark Andrissenning Mosaic brauzeri birgalikda Veb ga bo`lgan qiziqishni kuchaytirdi va portlash effektini berdi. 24 oy davomida hech kim tanimaydigan Web olimlar va soha mutaxassislari doirasidan chiqib butun jahonga tarqaldi.
1995 yilda NSFNet yana avvalgi ilmiy izlanishlar vazifasiga qaytarildi, Internet trafigining marshrutlanishi bilan esa avvalgidek Milliy ilmiy fondning superkompyuterlari emas, balki aloqa provayderlari shug`ullana boshladilar.
Xuddi shu 1995 yildan boshlab Butunjaxon o`rgimchak to`ri Internetga axborot yetkazib beruvchi asosiy manbaga aylandi va fayllarni uzatib beruvchi FTP protokoloni trafik bo`yicha quvib o`tdi. Butunjaxon o`rgimchak to`rining (W3C) Konsorsiumi tashkil etildi.
1990-yillarda Internet barcha aloqa tarmoqlarini birlashtirdi (faqatgina Fidonet dan tashqari). Birlashma rahbariyat yo`qligi va texnik standartlarning ochiqligi tufayli jalb etuvchi kuchga ega bo`ldi. U biznesdan va turli hildagi kompaniyalarning ta`siridan xoli bo`lib, 10 milliondan ortiq kompyuterlarni birlashtirdi. 1997 yilga kelib 1 million domen nomlari ro`yxatga olindi. Internet aloqa almashinishning mashhur va qulay vositasiga aylandi.
2011 yilning 3 iyunida BMT tomonidan rezolyutsiya qabul qilinib, unda internetdan foydalanish insonning asosiy xuquqlaridan biri deb qayd etildi. Shunday qilib jahonning qaysidir hududlarida internetning o`chirib qo`yilishi inson huquqlarining buzilish xolati hisoblanadi.
Internet so`zini ham kichik ham katta xarfdan yozish mumkin. Internetning shaxsiy egasi yo`q, chunki u turli hil geografik xududlarda joylashgan tarmoqlar majmuasidir. Internetni birdaniga o`chirish mumkin emas, chunki uni tashqaridan yakka boshqarish tizimi yo`q. Internet butun insoniyatning mulkiga aylandi. Internetning foydali va zararli tomonlari ko`p bo`lib, ulardan manfaatdor bo`lgan shaxslar o`z maqsadlarida foydalanmoqda.
Internet foydalanuvchilarining axborot resurslariga murojaat etishida millati yoki davlatiga nisbatan hech qanday cheklovlar yo`q, lekin til sohasida cheklovlar qo`yilgan. Internet bo`linishining asosiy belgilaridan biri – qaysi tildan foydalanishiga bog`liqdir. Internetning asosiy tili – ingliz tili xisoblanadi.
Internet avvalo axborotlarni saqlovchi va tarqatuvchi vositadir. Shifrlanmagan axborot manzili tomon yo`nalishi davomida o`g`irlanishi va o`qilishi mumkin. Internet xar bir kompyuterni telefon kabi boshqa kompyuterga ulab berishi mumkin.
Internetda axborotning tarqalish tezligi hayotdagiga o`hshaydi. Agar axborot qiziqarli va shov-shuvli bo`lsa – tez tarqaladi, qiziqish uyg`otmaydigan axborot sekin tarqaladi.
Internet orqali taqiqlangan axborotlarni, tuxmatlarni, davlat sirlarini tarqatish man etiladi. Bu axborot qaysi davlatdan kelgan bo`lsa, o`sha davlat qonunlariga binoan jazolanadi.
Hozirgi kunda internetga aloqa yo`ldoshlari, radio kanallar, kabel televideniyesi, telefon, uyali aloqa, elektr simlari orqali ulanish mumkin. WWW dunyo halqlari hayotining ajralmas qismiga aylanib qoldi.. Internet tarmog`i mashhurlikka juda tezlik bilan yerishdi. 5 yil davomida 50 million foydalanuvchilarga ega bo`ldi, zero, radio uchun 38, televideniyega 13, kabel televideniyesiga 10 yil kerak bo`lgan edi mashhurlikka yerishishlari uchun.
2010 yilning 22 yanvaridan boshlab Xalqaro kosmik stansiyasi ekipaji ham Internetga ulanish imkoniyatiga ega bo`ldi.
Yildan yilga gazeta va boshqa qog`ozli nashrlarni o`qiydiganlar soni kamayib bormoqda. Tarmoqlarning rivojlanishi natijasida bir kunda chiqariladigan gazetalarning nashri tushib ketmoqda.
Elektron kutubxonalar yildan yilga boyib bormoqda. Oddiy kutubxonalarda topilmaydigan kitoblarni Internet tarmoqlari orqali topish mumkin. Ko`pchilik yozuvchi va shoirlar, xatto eng taniqlilari ham o`z asarlarini internet tarmog`i orqali chop etishmoqda.
Internetning eng ommabop va mashhur hizmatlarini eslatib o`tamiz: Butunjaxon o`rgimchak to`ri, Veb-forum, Bloglar, Viki-loyihalari (masalan Vikipediya), Internet-magazinlar, Internet-auksionlari (kim oshdi savdosi), Ijtimoiy tarmoqlar, elektron manzillari va jo`natish ro`yxati, yangiliklar guruhi (Usenet), faylalmashinuvchi tarmoqlar, elektron to`lovlar xizmati sistemalari, Internet-radio, internet-televideniyesi IPTV, IP-telefoniya, messendjerlar, FTP-serverlari, IRC (web-chatlar), izlash sistemalari, internet-reklama, masofadagi terminallar, masofadan boshqarish, o`yinlar.
Internetning mashhurligi ortgani sayin, uning salbiy tomonlari ham ko`rinib qoldi. Hususan ba`zi insonlar kompyuter yonida kuniga 18 soatdan o`tirib, haqiqiy hayotdan voz kechishmoqda. Psixologik asosga ega bo`lgan internet – tobe`lik fiziologik asosga ega bo`lgan narkotik tobe`ligi bilan solishtirila boshlandi. Bunday insonlar hayolida faqat tezroq internetga ulanib kompyuter yonida o`tirishdan boshqa maqsadi qolmayapti. Turli tekshirishlar dunyo bo`ylab internet – foydalanuvchilarining 10% internet tobe`ligiga uchraganligi ta`kidlanmoqda.