1 аmаliy mashg’ulot



Download 3,74 Mb.
bet13/31
Sana22.06.2022
Hajmi3,74 Mb.
#690599
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31
Bog'liq
mexanizatsiya Amaliy mashg\'ulot

Amaliy mashg‘ulot-11-12


5- АMАLIY MASHG’ULOT
Mavzu:Suv.Suvning anomaliyalari,umumiy xossalari.
Suv ob’ektlariga zararli moddalarni chiqarib tashlaydigan manbalar ham tabiiy, ham antropogen xususiyatga ega bo„lishi mumkin.
Daryolar, kanallar, kollektorlar, suv oqiziluvchi muvaqqat o„zanlar, ko„llar, suv omborlari, muvaqqat suv havzalari yuza suv ob‟ektlari hisoblanadilar.
Tabiiy ta‟sirlar manbasi sifatida yuza yoki erosti suv oqimlarining shakllanish sharoitlari, turli tabiiy hodisalar, o„simlik va hayvonlarning yo„q bo„lib, emirilishi natijasida organik moddalarning yig„ilishi kabi holatlarni misol qilish mumkin, antropogen ta‟sirlarning asosiy manbasi, bu – insonlarning tabiatni o„zgartirishga qaratilgan faoliyatidir.
Industriya, sanoat va kommunal qurilish, transport, insonning xo„jalik va maishiy faoliyatining rivojlanishi oqibatida suv muhiti va uning sifatining yomonlashadi.
Suv ob‟ektlarining holatiga kimyoviy, fizikaviy va biologik ta‟sir ko„rsatilishi mumkin.
Kimyoviy ta‟sir suv tarkibida noorganik (mineral tuzlar, kislotalar, ishqorlar, loyli zarrachalari) va organik (neft va neft mahsulotlari, organik qoldiqlar, yuza-faol moddalar, pestitsidlar va h.k.) tabiatga ega bo„lgan zararli qo„shimchalarning miqdori ortishida namoyon bo„ladi.
Suv ob‟ektlariga kimyoviy ta‟sirning asosiy sababi, bu sanoat korxonalari, kommunal va qishloq xo„jaligining tozalanmagan yoki zarur darajada tozalanmagan oqindi suvlarini suv havzalariga oqizilishidir.
Fizikaviy tabiatga ega bo„lgan ta‟sir suv muhitining fizikaviy parametrlarining o„zgarishi bilan bog„liq bo„lib, suv tarkibidagi issiqlik, mexanik va radioaktiv qo„shimchalar bilan belgilanadi. Issiqlik ta‟siri, asosan, IES, AES yoki ishlab chiqarishda hosil bo„lgan issiq suvlarni suv havzalariga oqizilishi sababli bo„ladi. Tabiiy suv havzalarini radioaktiv moddalar bilan zaharlanishining asosiy sababchilari, bu radiaktiv xomashyo qazib oluvchi korxonalar, radioaktiv rudalarni boyituvchi fabrikalar, atom elektrostansiyalari, o„z ish faoliyatlarida radionukleidlardan foydalanuvchi korxona va muassasalar hisoblanadi.
Biologik ta‟sir tashqaridan keltirilgan va muayyan suv muhitiga xos bo„lmagan mikroorganizm, o„simlik va hayvonlar (bakteriya, zamburug„, chuvalchang va boshqalar) miqdorining ko„payishi sababli yuzaga keladi.
Tabiiy suvlardagi bakterial va biologik ta‟sirlar, asosan, maishiy oqindilar (oshxona, hojatxona, kir yuvish korxonalari va kasalxonalarning oqindi suvlari) va ayrim sanoat korxonalari oqindi suvlarining tabiiy suv havzalariga oqizilishi tufayli vujudga keladi.
Tabiiy suvlarga tushadigan barcha ifloslantiruvchi moddalar quyida sanab o„tilgan turli sifatiy o„zgarishlarga sabab bo„lishi mumkin:

  • fizikaviy xossalar o„zgaradi (dastlabki shaffoflik va rangning buzilishi, noxush hid va ta‟m paydo bo„lishi va hk.);

kimyoviy tarkib o„zgaradi, xususan, suvda zararli moddalarning paydo bo„ladi; suv yuzasida suzib yuruvchi moddalar va suv tubida cho„kindilarning vujudga
keladi;
suv tarkibida, suv havzasiga kelib tushayotgan zararli organik moddalarni oksidlanishi tufayli eritilgan kislorod miqdorining kamayib ketadi;
yangi, shu jumladan kasallik qo„zg„atuvchi bakteriyalarning paydo bo„ladi.
Tabiiy suvlar sifatini baholashda suv tarkibidagi zararli moddalar bo„yicha normativlardan foydalaniladi. Suv sifatini me‟yorlash, bu aholi salomatligi, suvdan foydalanish uchun maqbul sharoitlar va suv ob‟ektining ekologiyasini ishonchli tarzda ta‟minlovchi chegarada suv ob‟ektlaridagi suv tarkibi va xossalari bo„yicha ruxsat etilgan kattaliklar majmuasini belgilashdan iborat.
Suv tarkibidagi moddalarning suvdan foydalanishning bir yoki bir nechta turi uchun suvni yaroqsiz holatiga sabab bo„luvchi konsentratsiyasi ushbu moddalarning chegaraviy joiz konsentratsiyasi (CHJK) deb ataladi.
Suvdan foydalanishning quyidagi turlari mavjud: xo„jalik-ichimlik maqsadida foydalanish; kommunal-maishiy maqsadda foydalanish;
davolash, kurort va sog„lomlashtirish maqsadida foydalanish; qishloq xo„jaligida foydalanish;
sug„orish; sanoat; gidroenergetika;
suv transporti va yog„och oqizish; baliqchilik;
oqindi suvlarni oqizish;
YUza suvlari uchun xo„jalik-ichimlik, kommunal-maishiy va baliqchilik maqsadida foydalanish shartlari uchun sanitariya ruxsatnomalari va boshqa normalar belgilangan. Suv ob‟ektlaridagi suv uchun moddalar me‟yorlanishining (joiz) ruxsat etilgan chegaraviy konsentratsiyalari (CHJK - PDK) ro„yxati Jadvalda keltirilgan.....
Suvdan xo„jalik-ichimlik maqsadlardan foydalanish – suv ob‟ektlari yoki ularning uchastkalaridan xo„jalik-ichimlik suv ta‟minoti, shuningdek oziq-ovqat sanoati korxonalarining suv ta‟minoti manbasi sifatida foydalanish.
Suvdan kommunal-maishiy maqsadda foydalanish – suv ob‟ektlaridan cho„milish, sport va aholi hordiq chiqarishi, shuningdek aholi punktlari chegarasidagi suv ob‟ektlaridan boshqa maqsadlardan foydalanish.
Baliqchilik maqsadida foydalanish – suv ob‟ektlaridan baliq va boshqa suvda yashovchi organizmlarning yashashi, ko„payishi va migratsiyasi maqsadida foydalanish. Doimiy faoliyat ko„rsatuvchi daryolar, kanallar va kollektorlar baliqchilikka mo„ljallangan suv havzalar qatoriga kiritiladi. O„zbekiston
Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo„mitasining maxsus ko„rsatmasiga binoan qurib qoluvchi va daryo tizimlari bilan bog„lanmagan suv havzalari madaniy-maishiy suv havzalari toifasiga mansub hisoblanadi.
Suvdan irrigatsiya maqsadlaridan foydalanish – suv ob‟ektlaridan faqat qishloq xo„jaligi ekinlarini sug„orishda foydalaniladi.
Erosti suvlari sifatining normalari suvdan xo„jalik-ichimlik, kommunal-maishiy maqsadlarda foydalanishga mo„ljallab belgilanadi.
Zararli moddalarning ro„yxati muttasil kengayib bormoqda, PDK me‟yoriy ko„rsatkichlariga esa doimiy ravishda aniqlik va tuzatishlar kiritilayapti.
Suvning sifati suv sifatining mezoni deb ataluvchi alomat yoki alomatlar majmuasi bo„yicha baholanadi. Mezonlarning quyidagi turlari mavjud: gigienik, baliqchilik, ekologik va iqtisodiy.
Gigienik mezon – toksikologiya, epidemiologiya, radiaktiv xavfsizligi hamda hozir yashayotgan va keyingi avlodlar salomatligi uchun maqbul xossalarning mavjudligini hisobga oluvchi suvning sifatiy mezon.
Baliq xo„jaligi mezoni – ovlanadigan baliqlar va suv organizmlari yashashi va rivojlanishi uchun yaroqli bo„lishini hisobga oluvchi suvning sifatiy mezoni.
Iqtisodiy mezon – suv ob‟ektidagi suvdan foydalanish samarasini hisobga oluvchi mezon.
Yuza suvlarni oqindi suvlardan muhofaza qilish qoidalariga ko„ra, agar ishlab chiqarish faoliyati va aholi tomonidan maishiy maqsadlarda foydalanishning bevosita yoki bilvosita ta‟siri ostida foydalanish turlarining biri uchun qisman yoki to„liq yaroqsiz holatga kelgan suv havzalari ifloslangan hisoblanadi.
Organoleptik xossalari o„zgarishi tufayli suv sifatining yomonlashishi va uning tarkibida odam, qushlar, baliqlar, em va ovlanadigan organizmlar uchun zararli moddalarning vujudga kelishi, shuningdek, suv organizmlarining me‟yoriy faoliyati uchun zarur sharoitlarni o„zgartiruvchi suv haroratining ko„tarilishi ifloslanganlik mezoni bo„lib xizmat qiladi. YUza suvlarining xo„jalik-ichimlik, madaniy-maishiy va baliqchilik maqsadlari uchun yaroqliligi ana shu suvlarning yuza suvlarni oqindi suvlardan muhofaza qilish qoidalarida belgilangan talab va normativlarga muvofiqligi bilan aniqlanadi.
Suv ob‟ekti yoki uning bir qismidan bir vaqtning o„zida xalq xo„jaligining turli ehtiyojlari uchun foydalanilganida yuza suvlar sifati uchun qat‟iyroq normativlarga rioya qilish zarur bo„ladi.

Download 3,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish