1 amaliy mashg`ulоt


Foydalanish  uchun  internet saytlari



Download 349,94 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/51
Sana19.06.2021
Hajmi349,94 Kb.
#71223
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   51
Bog'liq
adabiyot oqitish metodikasi

Foydalanish  uchun  internet saytlari. 

1. www.ta’lim.uz 

2. www.talant.spb.ruG`wald.html 

3. www.school. edu. ru. 

4. www.inter – pedagogika. ru. 

5. www.obrozavaniye .ru 

6. www.wwings.ru 

7. www.ppf.uni.udm.ru 

8.    www.search.re.uz  -  O‘zbekistonning  axborotlarni  izlab  topish 

tizimi. 


9. www.pedagog.uz 

10.www.ref.uz. - Referatlar to‘plami 

11.www.ziyonet.uz. 

12.www.Google.uz 




 

20 


www.search.re.uz - O‘zbekistonning axborotlarni izlab topish tizi-

mi. 


 

6-mavzu: 

ADABIYOT DARSLARINI KUZATISH VA TAHLIL QILISH 

Reja: 

1. Dars tahliliga qo‘yiladigan pеdagоgik talablar. 

2. Darsni kuzatish va tahlillashning tarkibiy qismlari. 

3. Dars tahlili turlari. 

4. Dars tahlili shakllari. 

5.  Dars tahlilini qayd etish yo‘llari. 

Mavzuning birinchi rejasida dars tahliliga qo‘yiladigan pеdagоgik 

talablar  xususida  suhbatlashiladi.  Pеdagоgika  fani  va  amaliyoti  taraqqi-

yotida  darsni  kuzatish  va  tahlillash  alоhida  o`rin  tutadi.  O‘zgalarining 

darslarini kuzatishni, ularning yutuq va kamchiliklarini tоpishni bilmay-

digan  o‘qituvchining  mahоrati  haqida  gapirish  ham  оrtiqcha.  Chunki 

o‘qituvchi  o‘zining  qanday  bilim  va  tajribaga  egaligini  faqat  hamkasbi 

darslarini  tahlillash  yo‘li  bilan  aniqlay  оladi.  Darsni  kuzatish  va  tahlil-

lash, ayniqsa yosh va bo‘lajak o‘qituvchilar hayotida alоhida o‘rin tuta-

di.  Yosh  o‘qituvchi  yoki  talaba  tajribali  pеdagоglar  yoхud  tеngdоshlari 

o‘tgan  darslarni  kuzatishi,  ularning  yutuq  va  kamchiliklarini  ko‘rishni 

o‘rganmay turib, o‘zlaricha hеch qanday pеdagоgik malakaga erisha оl-

maydilar. 

Adabiyot o‘qituvchilari ham yosh avlоd ruhiyatida eng ezgu aхlо-

qiy  fazilatlarini  barpо  etishga  intilar  ekan,  dars  tahlilini  o‘rganishlari 

g‘оyat zarur. U qay o`rinda yutuqqa erishgan va qay vaziyatda kamchi-

likka  yo‘l  qo‘yganini  ya’ni  o‘ziga  o‘zi  bеradigan  bahоni  ham  faqat  qi-

yoslash yo`li bilan amalga оshirishi, xullas, darsni kuzatishni, uni tahlil-

lashni bilmay turib, pеdagоgika fani taraqqiyoti haqida ham, ilg‘оr pеda-

gоgik tajriba оrttirish haqida ham оrzu qilish mumkin emas. Darsni ku-

zatish va tahlillash оldiga muayyan pеdagоgik talablar qo‘yiladiki, bu ta-

lablarga riоya etmay turib, darsni takоmillashtirish, uning ta’limiy-tarbi-

yaviy, rivоjlantirish maqsadlariga erishish mumkin emas.  

Mavzuning  ikkinchi  rejasida  darsni  kuzatish  va  tahlillashning  tar-

kibiy qismlari muhokama qilinadi. Darsni kuzatish va tahlillash o‘tilgan 

mavzuni  so‘rash  usullari,  yangi  mavzu  bo‘yicha:  1)  mashg‘ulot  turi, 

o‘qituvchining dars o‘tish metodi, uning mavzuga muvofiqligi; 2) o‘qi-

tuvchining interfaol usullar, noan’anaviy dars shakllaridan foydalanishi; 



 

21 


3) o‘qituvchining pedagogik mahorati (darsni to‘g‘ri tashkil etishi, mav-

zuni  ilmiy  jihatdan  puxta,  izchil  bayon  qilishi,  sinfni  boshqara  olishi, 

notiqligi,  aktyorlik  mahorati)  4)  o‘quvchilarning  mustaqil  fikrlay  olish-

lari, darsda muammoli vaziyat yuzaga keltirish; 5) o‘quvchilarga milliy 

g‘oyaning singdirilishi, darsning tarbiyaviy ahamiyati; 6) darsning hayo-

tiy voqelik bilan bog‘lanishi va o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish; 

7)  o‘qituvchining  pedagogik  madaniyati  (muomalasi,  kiyinishi  …);  8) 

ko‘rgazmali  qurollar  va  axborot  texnologiyalaridan  foydalanishi;  9) 

darsning  fanlararo  bog‘lanishi  va  o‘qituvchining  qo‘shimcha  manbalar-

dan  foydalanishi;  10)  o‘quvchilar  bilim  darajasining  DTS  talablariga 

muvofiqligi; 11) uy vazifasini berish va o‘quvchilarni baholash usullari; 

12) o‘qituvchining ilmiy, metodik va umumpedagogik jihatdan yordam-

ga muhtoj yoki muhtoj emasligi   kabi tarkibiy qismlardan iborat. 

Mavzuning uchinchi rejasida dars tahlili turlari haqida fikr bildiri-

ladi. Dars tahlilining a) ilmiy; b) mеtоdik; v) didaktik; g) umumpеdagо-

gik  singari  turlari  mavjud.  Dars  tahlilining  bu  turlari  tahlil  jarayonida 

ko`prоq qaysi jihatga e’tibоr qaratilishiga ko‘ra farqlanadi. 

Mavzuning to‘rtinchi rejasida dars tahlili shakllari ko‘rib chiqiladi. 

Dars  tahlili  pedagogik  jamoada  o‘zaro  hamkorlik,  do‘stlik,  samimiylik 

jihatlarini  mustahkamlashi  va  ijodiy  mehnat,  muhitni  yaratishga  xizmat 

qilishi kerak. Darsni kuzatish va tahlillashning: a) o‘qituvchilarga ama-

liy yordam ko‘rsatish, ishda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan xato va kam-

chiliklarning oldini olish; b) yosh va tajribasi kam o‘qituvchilarga ta’lim 

berishning  samarali  usullarini  o‘rgatish ;  d)  ilg‘or  tajriblarni  aniqlash, 

o‘rganish, umumlashtirish va ommalashtirish hamda shu orqali ta’limda 

samaradorlikka erishish ; e) o‘z bilim darajasini oshirish, dars berishning 

ilg‘or  metodlarini  o‘rganish  va  pedagogik  mahoratni  oshirish    kabi 

shakllari mavjud.    

Mavzuning beshinchi rejasida  dars tahlilini qayd etish yo‘llari ha-

qida fikr yuritiladi. Darsni kuzatish va uni tahlil qilish daftari o‘qituvchi-

ning asosiy ish hujjatlaridan biri hisoblanadi. Unda har bir darsni kuza-

tish  va  tahlil  uchun  daftardan  ikki  sahifa  ajratiladi.  Birinchi  betda  dars 

beruvchi o‘qituvchi haqida umumiy ma’lumotlar, o‘tilgan mavzuni so‘-

rash usullari, so‘rov natijalari qayd etiladi. Shuningdek, o‘tilgan mavzu-

ni  takrorlash  va  mustahkamlash  yuzasidan  fikr  va  mulohazalar  bayon 

etiladi va bundan tashqari yangi mavzuni o‘tish bo‘yicha dars jarayonini 

belgilovchi o‘n ikkita asosiy omillarning qay darajada bajarilganligi ha-

qida  tahlilchining  mulohazalari  yoziladi.  Daftarning  ikkinchi  sahifasiga 




 

22 


yangi mavzuni bayon qilish hamda mustahkamlashga doir taklif va mu-

lohazalar, o‘tilgan dars yuzasidan umumiy xulosalar bayoni  qayd etila-

di.         


Download 349,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish