1-Amaliy mashg‘ulot
Daryo havzasiga yoqqan o‘rtacha yog‘in qatlamini hisoblash
Ishni bajarish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar
Berilgan:
1) daryo havzasi va unda doimiy kuzatishlar olib boradigan meteorologik stansiyalarning joylashish sxemasi;
2) meteorologik stansiyalarda kuzatilgan o‘rtacha ko‘p yillik yog‘in miqdorlari (1-jadval).
1-jadval
Meteorologik stansiyalarda kuzatilgan
o‘rtacha ko‘p yillik yog‘in miqdorlari, mm
Stansiyalar tartibi
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
Yog‘in miqdori
|
518
|
502
|
492
|
505
|
482
|
487
|
491
|
477
|
471
|
Stansiyalar tartibi
|
10
|
11
|
12
|
13
|
14
|
15
|
16
|
17
|
-
|
Yog‘in miqdori
|
481
|
481
|
467
|
461
|
464
|
459
|
433
|
413
|
-
|
Ishni bajarish maqsadida qo‘yilgan vazifalar
O‘rganilayotgan daryo havzasiga yoqqan yog‘in qatlami:
1) o‘rtacha arifmetik usul;
2) kvadratlar usuli;
3) izogietlar usuli bilan aniqlansin.
4) hisoblashlar natijalari tahlil etilsin.
Ishni bajarish tartibi
1. Daryo havzasiga yoqqan yog‘in qatlamini o‘rtacha arifmetik usul bilan aniqlash.
Bu usul juda oddiy hisoblanib, amalda er yuzasi holati bir jinsli bo‘lgan havzalar uchun qo‘llaniladi. Bu usulda yog‘in qatlamining o‘rtacha qiymatini aniqlash uchun havzada mavjud bo‘lgan meteorologik stansiyalar bo‘yicha aniqlangan yillik yog‘in qatlamlarining yig‘indisi stansiyalar soni(n)ga bo‘linadi, ya’ni:
2. Daryo havzasiga yoqqan yog‘in qatlamini kvadratlar usuli bilan aniqlash.
Bu usulda daryo havzasi ma’lum o‘lchamdagi kvadratlarga bo‘linadi. Ular havza maydonining katta kichikligi va meteorologik stansiyalar soniga bog‘liq holda 0,5; 1,0; 1,5; 2,0 sm2 o‘lchamlarda olinishi mumkin. So‘ng kvadrat markaziga ayni shu kvadratda joylashgan meteorologik stansiyada o‘lchangan yog‘in miqdori yoziladi. Bo‘sh qolgan kvadratlar esa interpolyasiya usuli bilan to‘ldiriladi. Agarda stansiya kvadratlar chegarasiga tushib qolsa, unda kuzatilgan yog‘in miqdori har ikki qo‘shni kvadratga tegishli bo‘ladi. Ba’zan bitta kvadratga ikki yoki undan ko‘p stansiyalar tushib qolishi mumkin. U holda kvadrat markaziga ularning o‘rtacha arifmetik qiymati yoziladi. Hamma kvadratlar markazlaridagi yog‘in miqdorlarining yig‘indisi ni kvadratlar soni(N)ga bo‘lib, daryo havzasiga yoqqan yog‘in qatlamini aniqlaymiz:
Hisoblashlarning aniqligini tekshirish maqsadida kvadratlar o‘lchami o‘zgartirilib, hisoblashlar takrorlanadi. Ularning farqi 5% dan ortmasligi lozim.
3. Daryo havzasiga yoqqan yog‘in qatlamini izogietlar usuli bilan aniqlash.
Izogietlar-bir xil qiymatdagi yog‘in miqdorlarini tutashtiradigan chiziq. Daryo havzasida yog‘in miqdorining qayd etilgan amplitudasiga bog‘liq holda izogietlar qadami 5, 10, 20, 25, 50, 100 mm qiymatlarda qabul qilinishi mumkin. Biz ko‘rayotgan misolda yog‘in miqdori 413 mm dan 518 mm gacha ortadi. SHuni e’tiborga olib, qadamni 20 mm dan belgilab, izogietlarni 420, 440, 460, 480 va 500 mm larda o‘tkazamiz. Izogietlarni o‘tkazishda interpolyasiya usulidan foydalanamiz. Bunda har ikki qo‘shni meteorologik stansiyalar oralig‘ida yog‘in miqdorining o‘zgarishi bir tekis deb qabul qilinadi. Izogietlarni o‘tkazishda interpolyasiya usulining analitik yoki grafik yo‘lini qo‘llash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |